Mavzu: Bozor iqtisodiyotining joriy qilinishi va unga bosqichma-bosqich o’tish tizimi Reja



Download 310,6 Kb.
bet2/8
Sana20.01.2022
Hajmi310,6 Kb.
#392728
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotining joriy qilinishi va unga bosqichma-bosqich o’tish tizimi

Birinchisi, tartibsiz, stixiyali faoliyat yurituvchi bozor iqtisodiyoti. Bunda ishlab chiqaruvchilar va iste’molc hi bozor iqtisodiyoti. Bunda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar tarqoq, o ‘zibo‘larchilik asosida, maqsadi va harakati oldindan kelishilmagan holda faoliyat yuritadilar.
Ikkinchisi, davlat, iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy vositalar
bilan tartibga solinadigan, boshqariladigan bozor iqtisodiyoti.

Uning xususiyatlari:


— tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy erkin bo‘ladilar;
— kishilar mulk egasi bo‘ladi, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot egasi bo‘lib, uni o‘zi xohlaganicha sotishi va sotmay turishi
mumkin;
— tovar oldi-sottisi sotuvchi bilan xaridorning erkin va ixtiyoriy munosabatiga asoslanadi;
— tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda erkin raqobatda
bo‘ladilar;
— bozorda ishlab chiqaruvchi emas, iste’molchi o ‘z shartini qo‘yadi, chunki pul uning qo‘lida bo‘ladi;
— bozorda nimaga talab oshsa, shu narsani ishlab chiqarish
foydali bo‘ladi;
— jamiyat a’zolari o‘z daromadiga ko‘ra tabaqalanadi.

Jahon tarixi tajribasi guvohlik beradiki, insoniyat birdaniga


tartibga solinuvchi bozor iqtisodiyotini yaratolmagan, necha
ming yillar davomida stixiyali bozor iqtisodiyoti sharoitida
yashab, vaqt-vaqti bilan iqtisodiy larzalarni, chuqur iqtisodiy
inqirozlarni boshidan kechirgan. XX asrda jahon sivilizatsiyasi
insoniyat manfaatlari yo‘lida yanada jadal taraqqiy etdi. Bu jarayon iqtisodiy tafakkurga ijobiy ta’sir etib, tartibga solinuvchi bo zor iqtisodiyoti g‘oyasini keltirib chiqardi. Unga amal qilgan davlatlarda iqtisodiyot jadal o‘sa boshladi, aholi turmushi, farovonligi yaxshilanib bordi. Shu tariqa dunyoda tartibga soUnadigan bozor munosabatlari iqtisodiyotning yetakchi shakliga aylanib
bordi.
Sobiq Ittifoqda esa hokimiyat tepasida turgan kommunistlar
mulkni yoppasiga davlat ixtiyoriga olish, resurslarni markazlashtirilgan tarzda m a’muriy-buyruqbozlik, rejalashtirish asosida
boshqarish va taqsimlash yo‘li bilan ijtimoiy adolatni qaror
toptirish va xalq farovonligini oshirishga urinib ko‘rdi. 70 yil davom etgan bu sinov o‘zini oqlamadi, ijtimoiy adolat ham qaror
topm adi, xalq uchun farovon turm ush ham yaratilmadi.
Aksincha, millionlab odamlar qancha-qancha balo-qazolarga
uchradi, bunday g‘ayri-tabiiy yo‘lga qarshi chiqqanlarning umri
xazon bo‘ldi. Oxir oqibatda ma’muriy-buyruqbozlik asosida boshqariladigan o‘ta siyosiylashgan, mafkuralashgan iqtisodiyot
tanazzulga uchradi.

Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekiston iqtisodiyotidagi yangilanish, tub o‘zgarishlarni o ‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo, mustabid sovet tuzu midan bizga qanday iqtisodiyot meros bo‘lib qolganini tushunib,


chuqur anglab yetishimiz lozim.
0 ‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boyliklariga, yer-suv,
o‘rmon va boshqa resurslariga o‘zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy
taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilay olmasdi. Respublika hududida
qurilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar markazga, uning
manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. 0 ‘zbekiston rahbariyati, xalqi
o‘z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotganini, ular qayerda realizatsiya qilinayotganini va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda
qaram edi, o‘zining milliy valutasiga, valuta jamg‘armasiga ega
emasdi.

Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zu g‘um, mutelikdan ozod etdi, o‘z yeri,


y e r ostj boyliklari, suv, o ‘simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy
zaxiralarga to‘la egalik qilish huquqini berdi. 0 ‘z hududimizdagi
barcha mulk, korxonalar 0 ‘zbekiston tasarruflga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o‘z iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilash erkinligi qo‘lga kiritildi.
Iqtisodiy mustaqillik mamlakatimizga mustaqil moliya-kredit,
bank siyosatini yuritish, o‘z davlat budjetini yaratish va unga
to‘la egalik qilish, milliy valuta, oltin zaxirasi va valuta jamg‘armasini tashkil etish va ulardan xalqimiz farovonligi, yurtimiz obodonligi yo'lida mustaqil foydalanish imkoniyatini yaratdi.
Iqtisodiy mustaqillik tufayli ishlab chiqarish munosabatlarini
ma’muriy-buyruqbozlik, markaziy rejalashtiruvchi mexanizmdan erkin, bozor iqtisodiyoti sharoitlariga o‘tkazish, jahon
xo‘jaligi aloqalari tizimiga kirish mumkin bo‘ldi.
Davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, 0 ‘zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta yoiiga tushib oldi. 0 ‘zbe kiston bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy an’analarga
asoslangan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Chunki turli mamlakatlardagi bozor iqtisodiyoti, u xoh Amerika yoki Germaniyada bo‘lsin, xoh Yaponiya yoki Janubiy Koreyada bo‘lsin,
baribir umumiy qonunlar bo‘yicha rivojlanib borgan holda har
bin o‘zining o‘ziga xos xususiyatlariga ham ega bo‘lgan. Bu xususiyatlar xo‘jalikning tuzilishi va shart-sharoitlari, tabiati va iqlimi, milliy rasm-rusumlari, an’analari va milliy xarakteri orqali
belgilanadi.
0 ‘zbekistonda bozor munosabatlariga ‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chi
qildi. Bu yoining asosiy qoidalari Pre
zident Islom Karimovning „0 ‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li“ nomli asarida, Respublika parlamentida qilgan ma’ruza va
nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul qilgan qonunlarda
bayon etib berilgan. Bu yo‘lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos
qilib olindi. Ikkinchidan, Respublikamiz xo‘jalik imkoniyatlari,
shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi.

Bu yo‘l va andaza iqtisodiyoti bozor munosabatlari


asosiga qurilgan rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik
tajribasiga, shuningdek 0 ‘zbekiston xalqining milliytarixiy merosi, turmush tarzi, an’analari va ruhiyati
xususiyatlariga tayanishi lozim“.



Download 310,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish