Doimiy rivojlanib va boyib boruvchi ta'limot.
O'zbekiston Prezidenti yaratgan bozor iqtisodiyotiga o'tish ilmiy ta'limoti boshqa iqtisodiy qarashlar, g'oyalar, ta'limotlardan tubdan farq qiladi. Bu haqda muallif shunday dedi: «Mustaqil rivojlanishning o'tgan davrini umumlashtirish va tahlil etish isloh qilishning O'zbekiston model! asosli va to'g'ri bo'lib chiqdi. deb aytish uchun to'la asos beradi. bugun uni obro'li xalqaro iqtisodiv tashkilotlar. iahonning ko'pgina mamlakatlari tan olmoqda. Eng asosiysi-hayotning o'zi uni tasdiqlamoqda'»
Prezidentimiz O'zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish ilmiy konsepsiyasini mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijalari asosida yangi-yangi qoidalar bilan boyitib borayotir. U yuqorida qayd qilingan asarida o'z konsepsiyasi ro'yobga chiqishining vositalarini ham aniqlashtirib berdi. Bular quyidagilardir: birinchidan. inson manfaatlarini ro'yobga chiqaruvchi shart-sharoit yaratish orqaligina islohotlar amalga oshadi; hozirgi sharoitda «har bir oila boy bo'lsa, davlat boy bo'ladi» degan qoidaga rioya qilinsa, islohotlar tezroq samara beradi; ikkinchidan. «mamlakatda chinakam o'rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina islohotlar sezilarli samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo'ladi»; uchinchidan. «biz ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini qo'ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik xususiy mulkka —kichik va o'rta biznesga beriladi»; to'rtinchidan. qimmatbaho qog'ozlar bozorini rivojlantirish, pul mablag'larini qimmatbaho qog'ozlar bozoriga jalb etish, aksiyalashtirish, fond bozorida faol qatnashish; beshinchidan. «Ishlab chiqarishni, iqtislodiyotda vujudga keltirilayotgan huquqiy doirada o'zgartirib borish». Asosiysi, «bunday o'zgarishlar islohotlarning o'ziga kafolat beradi»; oltinchidan. nodavlat sektordagi o'zgarislilarga doimo katta ahamiyat berib borish, qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohibkorlik hissini uyg'otish; yettinchidan. iqtisodiyotning hududiy tuzilishini takomillashtirib borish, hududiy imkoniyatlardan samarali foydalanish; sakkizinchidan. respublikani hayotiy muhim tovarlar bilan o'z milliy imkoniyati hisobiga ta'minlashga ustuvorlik berib borish va boshqalar.
Perezidentimiz tomonidan ishlab chiqarilgan bu besh tamoyil hayot sinovidan o'tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan, XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanishi strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyati-mizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning 1-chaqiriq XIV sessiyasida quyidagi oltita ustuvor yo'nalish bilan to'ldirildi:
1. Mamlakat siyosati, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.
2. Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish.
3. Kadrlar masalasini muvaffaqiyatli hal qilish.
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash.
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlash.
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, iqtisodi-yotni rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish
jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo'lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir. Bu vazifalarni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari hamda ustivor yo'nalishlari Prezidentimiz I.A. Karimovning «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» kitobida ifodalab berilgan.
Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat mulkini xususiylashtirish natijasida ikkita asosiy vazifa hal qilinadi:
Birinchidan, davlat ixtiyorida bo'lgan mulk o'zining haqiqiy xo'jayinlari qo'liga topshiriladi.
Ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyot va rag'batlantiruvchi raqobatchilik muhiti vujudga keltiriladi.
Mulkni haqiqiy xo'jayinlari qo'liga topshirish tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratilishini bildiradi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish esa, eng av-valo, mulkning davlat monopoliyasi ekanligiga barham berish va bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi (xizmat ko'rsatuvchi), ammo mulkchilikning turli shakllariga-davlat, jamoa, xususiy va boshqa shakllariga asoslangan ko'pdan-ko'p korxonalar tashkil qilishdan iborat.
Xususiylashtirish jarayonida mulkchilik shakllari o'zgarishi bilan birga, yagona xalq xo'jalik kompleksi sharoitida tarkib topgan tor ixtisoslashgan tarmoq monopoliya tuzilmalariga barham berish imkoniyati ham tug'iladi. Monopoliyalashtiril-gan tuzilmalarni xususiylashtirishda ishlab chiqarishning o'zini nisbatan ixchamlashtirish, korxonalarni texnikaviy, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan qayta o'zgartirish loyihalarini ishlab chiqish zarur bo'ladi.
Tashabbuskorlikka asoslangan, shuningdek, turli xil koop-erativlar, shirkatlar, ma'suliyati cheklangan jamiyatlar ko'rinishidagi yangi kichik va o'rta korxonalarni tashkil qilish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo'lmagan qismini shakllanti-rishning ikkinchi qudratli jarayonidir.
O'z-o'zidan aniqki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham davlat korxonalari saqlanib qolib, iqtisodiyotda sezilarli rol o'ynayveradi. Shu sababli, bunday korxbnalar uchun ularning bozor sharoitlariga moslashuviga imkon beradigan xo'jalik yurit-ish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi, ular tijoratlashtiri-ladi, ya'ni foyda uchun ishlaydigan korxonalarga aylantiriladi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish yo'lidagi muqarrar jarayondir. U eng awalo tanglik holatlariga barham berishga qaratiladi. Tanglik holati inqirozga uchrashning oldini olish uchun ishlab chiqarish, chiqarilayotgan tovar -va xizmatlarning sifati va turini o'zgartirish yuzasidan chora-tadbirlar ko'rishga undaydi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, mahsulotning sifati va iste'mol xossalarini yaxshilashga, uning raqobatga bardosh-ligini oshirishga majbur qiladi. Bularning barchasi pirovard natijada bozorda talab va taklif o'rtasida qulay muvozanatni ta'minlashga olib keladi. Kengroq ma'noda barqarorlashtirish -bu eng awalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo'l qo'ymaslikdir. Shuningdek, u pul qadrsizlanishining oldini olish, to'lov balansini bir me'yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko'zlab olib boriladigan davlat siyosatidir.
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil yondashuvlar tarkib topgan. Bulardan birinchisi monetar yondashuv deb ataladi. U pulning qadr-sizlanish darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda to'lovga qodir bo'lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga asoslanadi. Bu yon-dashuvning kamchiligi shuki, u ishlab chiqarishning jismoniy hajmi kamayishiga va investisiya faoliyatining to'xtab qolishiga olib keladi.
Ikkinchisi - ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirishga, tarkibiy o'zgartirishlarni amalga oshirishga yordamlashish, iqtisodiyotda nomutanosibliklarga barham berishga asoslangan yondashuv. Bunda bir me'yordagi qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati tovar bilan qoplashning iloji bo'lmagan ortiqcha talablarni cheklash bo'yicha tadbirlar bilan uzviy bog'lab olib boriladi.
Respublikada o'tish davrida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda ikkinchi yondashuvga ustunlik beriladi. Bu ishlab chiqarishning ilg'or tuzilmasiga erishish uchun ustunlikka, is-tiqbolga ega bo'lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni har to-monlama rag'batlantirish, eng muhim bo'g'inlarni aniqlash (neftn, energetika, don, paxtani qayta ishlash sanoati va h.k.) va shu orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo'yicha amalga oshiriladigan yondashuvdir. Boshqalardan ustun hisoblangan yetakchi tarmoqlar belgilab olinishi bilan birga, ularning ichki tuzilishini qayta o'zgartirish ham hisobga olinadi.
Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda, muvozanatga keltirilgan monetar siyosat asosiy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni tarkiban qayta tashkil qilishni qo'llab-quwatlash siyo-sati bilan birga qo'shib olib borilishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
I.A. Karimov Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir'' Toshkent ''O`zbekiston'' 2015. 126-bet
Shodmonov Sh., Alimov R., Jo`raev T. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent – Moliya –2002.
Abdullayev Y. Bozor iqtisodiyoti asoslari. Toshkent – Mehnat. – 1997.
Ishmuhamedov A.E., Sitdikova L.A., Ishmuhamedov L., Sunnatov M.N. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari. Toshkent. – 2004.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |