To’rtinchidan, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, rahbarlikka o’quvchilar safini kengaytiradi. Tarixdan ma`lumki, ayol rahbarlar jinoyatga kam qo’l urishadi. Ayollar ichidan rahbarlik lavozimiga tayinlash ijobiy samara beradi. Ayollar mehribon, dilkash, demokrat tabiatli insonlar bo’lib hisoblanadilar. Ayol rahbarlar sinchkov, kuzatuvchan, sezgir omilkor xislatlarga ega bo’ladilar. Ularda milliy his-tuyg’u, milliy qiyofa mukammal mujassamlashgandir. Ba`zan zebi-ziynatlarga ruju qilish hollari uchraydi, xolos.
Menejmentlik ilmining dastlabki alomatlari YU.TSezar, I.Zulqarnayn, markaziy Osiyoda esa O’rta asrlarda Amir Temur hukmronligi davridan boshlab shakllana boshlagan.
Mutafakkir ajdodlarimiz ta`limotlarida, xalq ijodiyotida adolatli va adolatsiz shoh to’g’risidagi ma`lumotlar haddan ziyod ko’p. Abu Rayhon Beruniy asarlarida, al-Farobiy qo’lyozmalarida rahbar (yuksak lavozim egallaganlar nazarda tutiladi) insonlarning shaxsiy fazilatlari, ularning oldida turadigan murakkab, mas`uliyatli vazifalar, ayrim illatlarning oldini olish va bartaraf qilish yo’l-yo’riqlari bo’yicha ibratli fikrlar bildirilgan. Ayniqsa, rahbarning fahm-farosati, donishmandligi, haqgo’yligi, xalqparvarligi, insof diyonatliligi, sahovatpeshaligi ilmiy amaliy namunalar asosida ta`kidlab o’tilgan vatandosh shoir va yozuvchilar ijodiyotida, folklorda sahiylik-ochko’zlik bir-biriga keskin qarama-qarshi qo’yilib, ular insofga chaqirilgan. Davlatning u yoki bu lavozimida amaldorlik qilgan kishilarning ruhiy dunyosi xalq donishmandligi namunalarida o’z ifodasini topgan.
O’sha davrdagi menejmentlik ilmi harbiy intizomga o’rganish maqsadida xodimlarni jazo bilan qo’rqitish, ularni har bir buyruq va farmonga so’zsiz itoat ettirishda qo’l kelgan.
XVIII asrning oxirida Angliyada amalga oshirilgan sanoat to’ntarish mazkur ilmga nisbatan qiziqishni kuchaytirishga sabab bo’ldi.IX asrning ikkinchi yarmi XX asrda texnik va texnologik takomillashuv, ishlab chiqarishning keskin o’sishi menejment (boshqaruv) ilmini yangi darajaga ko’tarishni talab etdi. Ushbu muammolarni xal etish uchun ushbu sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlariga rahnamolikning samarali usuli va modellarini ishlab chiqish sa`y-harakatlari orqali amalga oshirildi. Buning natijasida menejment to’g’risidagi fan vujudga keldi.
Azaldan inson jamoaviy hayot kechirgan va samoviy boshqaruv ta`siri natijasida uning ijtimoiy faoliyatida ham boshqaruvga talabi tobora kuchaygan, rahbarlikka intilish rivojlana borgan. Boshqaruvga talab insoniyatning ijtimoiy faoliyati bilan birga paydo bulgan. Qaerda ikki inson umumiy maqsad sari faoliyat boshlar ekan, bu erda birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirishga ehtiyoj tug’ildi. Bu ehtiyojni ulardan biri qondirishga harakat etadi. Bu sharoitda bir inson rahbar, boshqaruv faoliyatini olib boradi, ikkinchisi esa faoliyatni bajaruvchisiga aylanadi.
Boshqaruv muammosi hamma vaqt jamiyat oldida ko’ndalang turgan, ko’p olimlar uni echishga harakat qilgan, lekin ularning tadqiqotlari ilmiy asosga ega bo’lmagan va boshqarishning umumiy nazariyasini bunyod eta olmagan.
Faqatgina o’tgan asrning ikkinchi yarmiga kelib, g’arbdagi ishlab chiqarishning kuchli rivojlanishi natijasida bu holat tubdan o’zgargan. Butun jamiyat hayoti tarmoqlari bozor munosabatlari ta`siri ostida bo’lgan. YOmg’irdan keyin chiqqan zamburug’larga o’xshab katta firmalar vujudga kelgan. Ularga ishbilarmon, mustaqil, to’g’ri qaror qabul qila oladigan, odamlar guruhi bilan ishlay oladigan, mustaqil harakat qila oladigan shaxslarga talab kuchaygan. Boshqaruvchilarga qo’yilgan asosiy talablar bo’lib, yuqori professionalizm (kasbiy tayyorgarlik), raqobatbardoshlik, o’z faoliyatini qonunlar doirasida olib borish malakasi hisoblanadi. Natijada shunday odamlar guruhi paydo bo’lganki, ular maxsus boshqaruv faoloiyati bilan shug’ullangan.
Bu tipdagi rahbarlar o’z ishiga xodimlari bilan endi qo’rqitish va "qamchi" yordamida munosabat qilmagan. Ularning asosiy maqsadini ishlab chiqarishni har tomonlama o’rganib "inson - mashina", "mashina - inson " tizimini to’g’ri vujudga keltirish, insonni uning qobiliyatlariga qarab ish bilan ta`minlash, ishchi guruh jamoadagi munosabatlarni ilmiy asosda yo’naltirish va o’z firmasiga eng ko’p daromad keltirishni tashkil etgan hozirgi kunda bunday odamlar
Do'stlaringiz bilan baham: |