MAVZU: BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI LIDERLIK NAZARIYASI
REJA
1. Boshqaruv ilmining nazariy tarixiy asoslari.
2. Teylor, Jilbert nazariyalarining tahlili
3. Linda Joulning superliderlik to’g’risidagi nazariyasi.
4. Ma’muriy boshqaruv maktabi. Insoniy munosabatlar maktabi.
5. Xarizmatik, vaziyatga bog’liqlik va sintetik nazariyalar.
6. Liderlikka oid nazariyalar. Mak Grigorni X va Y nazariyasi.
Boshqaruv psixologiyasi AQSH va G’arbiy Yevropada keng rivojlangan bo’lib, o’zining ko’plab yo’nalishlariga ega. F.Teylorning «Ilmiy menejment» maktabi, Elton Meyo asos solgan «Insoniy munosabatlar», Drakerning «Empirik», CH.Bernardning «Ijtimoiy tizim», Perrouning «Inqirozli holatlarda boshqaruv» kabi sotsiologik maktablari boshqaruv sotsiologiyasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. G’arb va Amerika boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasidagi tizimli, ijtimoiy va insonparvarlik nomlari bilan ataluvchi sotsiologik va psixologik yo’nalishlar hozirgi davr ijtimoiy hayotini ilmiy asosda boshqarish shakllari, usul va vositalarini yanada takomillashtirishni maqsad qilib qo’ydi.
Insoniy munosabatlar maktabining yana bir namoyondasi D.Mak Gregor boshqaruvni tashkil etishda 2 xil yondashuv mavjudligini aytib o’tadi:
majburlash va rag’batlantirish usullari;
tashabbuskorlik va mustaqillikni iloji boricha namoyon qilish uchun sharoit yaratish.
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920) yillarini o’z ichiga olib tashkilotchi va tarafdorlari F. Teylor, Frenk, L. Gilbert, G. Gant.
Ularning fikricha boshqarishni kuzatish va tahlil qilish natijasida ko’pgina qo’l mehnati jarayonlarini takomillashtirish mumkin deyiladi. Ilmiy boshqaruv metodologiyasining birinchi bosqichida ishning mazmuni va uning asosiy komponentlarini aniqlash edi. Buning uchun Gilber va uning do’stlari mikroxronometr degan asbob kashf etdilar.
Ma’muriy boshqaruv maktabi (1920-1950). Bu maktabning asoschisi Anri Fayolь bo’lib, u frantsuz kompaniyasining ko’mir qazish bo’yicha rahbaridir. L. Urvik esa Angliyada boshqaruv bo’yicha maslaxatchi. Bu maktabning asosiy maqsadi boshqaruvning har xil tamoyillarini ishlab
chiqishdir.
Insoniy munosabatlar maktabi. Bu maktab G’arb mamlakatlarida nemis psixologi Gugo Myunsterberg tomonidan tashkil etildi. U AQSHga ko’chib, Garvard universitetida dars bera boshladi. U dunyoda yagona bo’lgan sanoat psixologiyasi maktabini yaratdi va o’zining «Psixologiya va sanoat samaradorligi» asarida insonlar orasidan rahbar lavozimiga tanlash tamoyilini ishlab chiqdi.
Boshqaruvda inson omili nazariyasi.
Inson omili – iqtisodiy-siyosiy atama, mehnat psixologiyasi, ergonomika va sotsiologiya tizimlarining zamonaviy umumiy nazariyasi manfaatlari predmetidir. Inson omiliga bo’lgan e’tibor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish zarurligi bilan bevosita bog’liqdir, uni esa boshqaruvning avtoritar, ma’muriy-buyruqbozlik usullarini qo’llash bilan ta’minlash mumkin emas.
Inson omili deganda psixologiyada boshqarish tizimiga kiruvchi shaxs, gurux, jamoa, jamiyat tushuniladi.
Xarizmatik, vaziyatga bog’liqlik va sintetik nazariyalar
Xarizmatik nazariya- «Liderlik sifatlari nazariyasi»dir yoki xarizmatik nazariya. Uning mohiyati shuki, hamma ham lider bo’la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig’indisi tug’ma mavjud bo’lib, bu sifatlar majmui uning guruhda lider bo’lishini ta’minlaydi.
Liderlikning vaziyatga bog’liqlik nazariyasi- Bu yerdagi asosiy g’oya – lider vaziyatning mahsuli degan g’oyadir. Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ba’zi vaziyatlar ayrim shaxslarning o’zlarini ko’rsatishlari, lider bo’lishlari uchun qulay muhit bo’lib xizmat qiladi.
Liderlikning sintetik nazariyasi- Bu nazariya lider guruhiy munosabatlarning bevosita mahsuli, deb hisoblaydi hamda uning ro’yobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |