Liderlik sifatlari nazariyasi yoki xarizmatik nazariya
Uning mohiyati shuki, hamma ham lider bo'la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig'indisi tug'ma mavjud bo'lib, bu sifatlar majmui uning guruhda lider bo'lishini ta'minlaydi.
Liderlikning vaziyatga bog'liqligi nazariyasi
Bu yerdagi asosiy g'oya–lider vaziyatning mahsuli degan g'oyadir. Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar ayrim shaxslarning o'zlarini ko'rsatishlari, lider bo'lishlari uchun qulay hisoblanadi.
Liderlikning sintetik nazariyasi
Yuqoridagi ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo'lgan. Bu nazariya liderning guruhiy munosabatlarinig bevosita mahsuli deb qaraydi, liderning ro'yobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi.
Yetakchilikning Tannenbaum-Shmidt yetakchilik modeli (xatti-harakati kontiliumi)da yetakchilikning uch faktori munosabati ta’sir kuchiga bog’liq ravishda yetakchi yetti xatti-harakat namunasidan birini tanlab oladi (yetakchining o’zi, uning izdoshlari va yuzaga kelgan sharoit).
Fidlerning sharoitiy yetakchilik modeli
Amerikalik olim, F.Fidler vaziyatdan kelib chiqqan holda yetakchilik qilish nazariyasining asoschisi hisoblanadi. U kamroq afzal ko'radigan ishchi xarakteristikasi shkalasini ishlab chiqdi.Uning modelida yetakchilik muayyan yetakchilik uslubi uchun ma'qul vaziyatlar: rahbar va jamoa a'zolari bilan munosabatlar; ishni muvofiqlashtirish darajasi; mansab vakolatlari (real hokimiyat, rag'batlantirish va jazolash imkoniyati) hisobga olinadi. Bu model bo'yicha ishi kamroq muvaffaqiyat keltiradigan shaxsni aniqlash mumkin.
Xauz va Mitchellning yetakchilik yoki „Yo'l-maqsad” modeli.
bu usul asosiga xodimlar kuch-g’ayratlari va mehnat faoliyatlari natijalari kutishni asoslagan, shuningdek, bu natijalarga muvofiq rag’batlantirish o’zaro qat’iy bog’liq degan qoida qo’yilgan (izdoshlarda bo’lgan, yetakchilik samaraliligi darajasi bilan va kutishning asoslangan kuchi darajasi o’rtasida to’g’ri bog’lanish bor). Ana shu ta’minlangan holdagina xodimlar o’z ishlaridan qoniqish hosil qiladilar, degan xulosa chiqariladi.
Stinson-Djonson sharoitiy yetakchilik modeli
Uning mohiyati shundaki, ishga qiziqish darajasi izdoshlarning xarakteristikasi va ular bajarayotgan ishning o’zini xarakteriga bog’liq ravishda aniqlanishi kerak.
Vrum-Iston-Yago sharoitiy modeli
Uning o'ziga xosligi - qo'l ostidagilarning qarorlarini qabul qilishda ishtirok etishga jalb qilishga yo'naltirilganligidir. Yetakchilikni o'rganishning yangicha yondashuvlarini ishlab chiqishga ehtiyoj, yetakchilikni o'rganishga an'anaviy yondashish yetakchining belgilari va xatti-harakati yo u o'zi tanlagan usul sharoitiga zo'r bergani uchun kelib chiqqan edi.