Mavzu: Boshqaruv modellari
Reja:
Kirish
1. Ta’lim muassasasi boshqaruv modellarini yaratish va joriy qilish masalalari.
2. Boshqarish modellari.
3. Boshqarish modellari (tizimlari)ning tahlili
Xulosa
Kirish
Har bir davlat ta’lim sohasida о‘z manfaatlariga ega. О‘zbekistonda bu davlat, jamiyat va shaxsning talablarini qondirishga qaratilgan davlat ta’lim siyosati va dasturlari sintezidir. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori soha tizimi oldiga yangi vazifalar qо‘yish bilan birga, mavjud muammolarning aniq yechimi kо‘rsatib berilgani bilan soha rivojida tub burilish qilishga chaqirilgan. Jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh qilish sharoitida boshqaruv tizimida tub о‘zgarishlar qilish zarurati yuzaga keldi. Tabiiyki, bu ta’lim tizimi, ta’lim muassasalarini boshqarishga ham taalluqli. Mazkur maqolada boshqaruv modellarini ta’lim sifatini ta’minlash nuqtayi nazaridan kо‘rib chiqish, ularning ustunlik va kamchiliklari haqida fikr yuritiladi.
О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan davlat majburiyatlari, moliyalashtirish va boshqaruvning barcha bо‘g‘inlari normativ-huquqiy bazasi ta’lim muassasalari (ta’lim muassasasi) rahbariyatidan DTS da belgilangan ta’lim sifatini ta’minlashni talab etadi. Yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar, erkin va ijodiy fikrlashga qodir shaxsni tarbiyalash respublika uzluksiz ta’lim tizimining bosh vazifasi sanaladi. “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ta’lim muassasasi ta’lim jarayonini amalga oshirish, kadrlarni tanlash va joylashtirish, ilmiy, moliyaviy, xо‘jalik va boshqa faoliyat turlarida respublikaning amaldagi qonunchiligi va ta’lim muassasasi ustavida belgilangan doirada mustaqildir. Boshqaruvning asosiy g‘oyasi ta’limning yuqori sifatiga erishish, ta’lim jarayoni barcha subyektlarining shaxsiy fazilatlari, qobiliyatlari, iste’dodi, shaxsning ijodiy faolligiga erishish uchun sharoit yaratishdan iborat. ta’lim muassasasi boshqaruvi quyidagilardan tarkib topadi:
- kadrlar tayyorlashning egiluvchan tizimini yaratish;
- yangi pedagogik va tarbiya texnologiyalari bilan tajriba-sinovlarni qо‘llab-quvvatlash va loyihalarni rivojlantirish;
- ijodkor yoshlarni qо‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoyalash;
- pedagogik xodimlarning personal intellektual banki, moddiy va moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish;
- ta’lim jarayonida shaxsni shakllantirish va rivojlantirish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish va shu kabilar.
Zamonaviy pedagogik adabiyotlarda ta’lim muassasasi boshqaruv modellarini yaratish va joriy qilish masalalariga jiddiy о‘rin berilgan. Bu muammoning turli jihatlari bilan kо‘plab tadqiqotchilar shug‘ullangan (R. Axlidinov, R. Djurayev, U. Inoyatov, Sh. Kurbanov, A. Y. Nayn, U. Nishanaliyev, A. A. Orlov, M. M. Potashnik, X. Rashidov, E. Seytxalilov va boshqalar). Istalgan tip va turdagi ta’lim muassasasida boshqarishni tashkil qilish qо‘llanadigan boshqaruv tizimi (modeli) ga bog‘liq.
Boshqaruvning chiziqli-shtab strukturasi keng tarqalgan. Uning asosini chiziqli-iyerarxik struktura tashkil qilib, har bir bо‘g‘inda shtablar yaratiladi. Ular rahbar tomonidan tasdiqlanadigan va quyi “qavat”larga amalga oshirish uchun uzatiladigan yechim (qaror) variantlarini ishlab chiqadi. Boshqaruvning bu modeli asosiy kamchiligi vaqt о‘tishi hamda ta’limning maqsad va vazifalari о‘zgarishi bilan zamonaviy bosqichda bu kabi shtablarning cheksiz ortib ketayotgani, barcha dolzarb muammolarni qamrab olishga urinib, ulardan uzoqlashib, ta’lim sifati muammosidan uzilib qolayotgani sanaladi.
Ta’lim muassasasida ta’lim sifati bilan kamida umumta’lim, maxsus, ishlab chiqarish shtablari shug‘ullangani sababli ular bir-birini takrorlaydi, rahbarlar esa avvalgidek katta yuklama bilan ishlaydi. Ta’lim muassasasini chiziqli-tezkor boshqaruv modelida boshqarish shtablar orqali amalga oshadi. Bu kafedra mudirlari va dispetcherlar ham bо‘lishi mumkin. Bu modelning asosiy afzalligi turli darajada murakkablikdagi boshqaruv muammolarini tezkor hal qilish imkoni mavjudligidir. Kamchiligi esa bunday shtabning boshqarilmas a’zolari soni kattaligi, natijada, boshqarish vazifasining bir ma’murdan boshqasiga qayta-qayta topshirilishi sanaladi. Bunday modelni realizatsiyalash uchun har bir shtab xodimining vazifasini cheklash, uning lavozim yо‘riqnomasini belgilash maqsadga muvofiq, biroq bu modelda ta’lim muassasasi boshqarishning asosiy vazifasi – ta’lim jarayonining demokratlashtirish, insonparvarlashtirish va ta’lim sifati nuqtayi nazaridan samaradorligi kuzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |