Mavzu: Boshqaruv mehnati: ta'riflari, xususiyat1ari


ish vaqtining suratini olish



Download 113 Kb.
bet3/5
Sana23.07.2022
Hajmi113 Kb.
#841085
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Boshqaruv mehnati ta\'riflari, xususiyat1ari, tur1ari

ish vaqtining suratini olish, u kuzatishlarining rejalashtirilgan davri davomida uning xarajatlarining tuzimini belgilash uchun qo'llaniladi. Bunda ish vaqti sarflanishini o'rganish vaqtning barcha istisnosiz sarflanishini ularning haqiqiy izchilligi tartibda kuzatish va o'lchash yo'li bilan o'tkaziladi. Ish vaqtini suratga olish maxsus ajratilgan shaxs tomonidan o'tkaziladi,u yoppasiga (ya'ni, butun ish kuni davomida) yoki tanlovli bo'lishi mumkin. Keyingi holda ish vaqtini alohida vazifalar (ish turlari) bo'yicha, shu jumladan takrorlanuvchilarn, hamda ishning alohida davralari (davrlari) bo'yicha o'rganiladi;

  • ish vaqtini o'zini o'zi suratga olishda ish vaqtini sarflanishini hisobga olish bevosita MITQ xizmatlari rahbarligi ostida ishlovchilar tomonidan amalga oshiriladi. U o'zini o'zi suratga olishning maxsus varaqchalari yordamida olib boriladi, unda barcha bajariladigan ishlar yoki soatning ma'lum qismini tashkil qiluvchi qayd etilgan oraliqlardagi tanaffuslar ro'yxatga olinadi;

  • bir zumli kuzatishlar usuli, har xil kategoriyali MTX va xizmatchilar mehnatining mazmuni va ish vaqtini sarflanishini o'rganish uchun qo'llaniladi. Kuzatishlarni o'tkazish tamoyili va uslubiyoti ishchilar mehnatini sarflanishini o'rganish kabidir, faqat ba'zi bir xususiyatlar mavjud. MTX va mutaxassislar mehnatiga nisbatan qayd etish payti deb kuzatiluvchini kuzatuvchi nazar doirasiga tushgan paytini hisoblash kerak . Xodim ish joyida yo'q bo'lganda kuzatuvchi uni yo'q bo'lganligi sabablari haqidagi ma'lumotlarini qayd daftarda qilingan yozuvi bo'yicha olishi mumkin.

    Mehnatning mazmuni va vaqtni sarflanishi tuzilishini o'rganishning har bir usulini ma'lum sharoitlar uchun qo'llash mumkin, u tegishli afzalliklar va kamchiliklarga ega (7.1. jadval)


    3. Rahbarni o'zini o'zi boshqarishi

    O'zini o'zi boshqarish bu rahbarning kundalik amaliyotda ishning zamonaviy usullaridan maqsadga muvofiq va izchil foydalanishini o'z ichiga oluvchi shaxsiy ishini tashkil qilish, hamda uning o'zini o'zi rivojlantirishidir.


    O'zini o'zi boshqarishning asosiy maqsadlari qo'yidagilardan iborat:
    - menejment tomonidan vaqtdan va o'z imkoniyatlaridan ko'proq foydalanish;

    • uning o'zining sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash;

    • hayotni borishini ongli ravishda boshqarish;

    - ham ishdagi va ham shaxsiy hayotidagi tashqi holatlarni yengib o'tish.
    O'zini o'zi boshqarishning ichki doirasida birlashtiruvchi vazifa-axborotlar bilan ishlash joylashgan. Qolgan vazifalar ma'lum darajada uni atrofida aylanadilar, chunki axborotni almashish o'zini o'zi boshqarish jarayonining barcha pallalarida zarurdir.
    Aniq maqsadlarni shakllantirish. Bunda shuni hisobga olish kerakki, har bir maqsad faqat uni amalga oshirilishi muddatlari va istalgan natijalar ma'lum bo'lgandagina ma'noga ega bo'ladi. Keyin o'zining istalgan va amaliy maqsadlariga qo'llash bilan shakllantirish va o'z rejalarini ularni qanchalik haqiqiyligi nuqtai nazaridan qayta tekshirish maqsadga muvofiqdir.
    Malaka va madaniy darajani oshirish haqida ham esdan chiqarmaslik kerak.
    O'ziga judayam ko'p narsani olish kerak, chunki bu haqiqiy bo'lmagan vazifalarni bajarilishiga imkonlar kamdir. O'z oldimizga qanchalik ko'p maqsadlarni qo'ysak, oldingi hayotni shunchalik ko'proq o'zgartirish va o'z faoliyatini ko'proq fao llashtirishga to'g'ri keladi.
    Uzoq muddatli global maqsadlardan kelib chiqqan holda, yana aniq qisqa muddatli maqsadlarni ham belgilash zarur.
    Ko'rib chiqilgan mavqsadlar hayot va martabaning rejasida qayd etiladi, u muntazam ravishda qayta tekshirilishi, faollashtirilishi va to'ldirilishi kerak. Qo'yida shunday rejadan parcha beriladi (7.2-jadval).
    Maqsadlarni qo'yish uzluksiz jarayondir, chunki ular qoidaga ko'ra, bir marta va butunlay berilmaydi. Ular vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin, masalan, agar ularni amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish jarayonida oldingi tasavvurlar noto'g'riligi yoki so'rovlar oshirilgan yo pasaytirilganligi aniqlanganda.
    SHunday qilib maqsadlarni qo'yish jarayoni uchta pallaga bo'linadi:

    • maqsadni topish: "Men nimani xo hlayman?", vaziyatli tahlil: " Men nima qila olaman?", maqsadlarni shakllantirish: "Men aniq nimaga kirishayapman? ".

    Rejalashtirish maqsadlarni amalga oshirishga tayyorgarlik va vaqtni turkum lashtirish (tartibga solish)ni bildiradi.


    Keyin menejer tomonidan ishlab chiqilgan rejalarni amalga oshirilishi kerak. Rahbar mehnatini ratsional tashkil qilish ishlarini bajarishda ustivorliklarni belgilashni ko'zda tutadi. Bu har xil ishlar ahamiyati bo'yicha katta farqlanishlari bilan bog'liqdir.
    Ko'pincha rahbarlar birdagina ishning judayam katta hajmini bajarishga harakat qiladilar yoki, aksincha, o'z vaqtlari va kuchlarini alohida, ko'pincha muhim bo'lmagan, ammo zaruriy bo'lib ko'ringan ishlarga sarflaydilar. Buning natijasida shiddatli ish kunining oxiriga kelib, ko'p narsa qilinganga o'xshasa ham, muhim ishlar yo tugallanmay qoldilar, yoki joylaridan umuman siljimaydilar.
    Pareto tamoyiliga ko'ra menejerning barcha ishlarini uchta guruhga bo'lish mumkin:

    • eng muhim ishlar (A kategoriyasi) ishlarning umumiy sonidan 15% yaqinni tashkil qiladi, ularning ahamiyati esa (maqsadga erishishga qo'shilgan ulush ma'nosida) 65% ga yaqinni tashkil qiladi;

      • kamroq muhim bo'lgan ishlar (B-kategoriyasi) - ularning umumiy sonidan 20% ga yaqin, ularning ahamiyati 20% ni tashkil qiladi;

    • muhim bo'lmagan ishlar (V-kategoriyasi)-ularning umumiy sonidan 65%, ammo ularning ahamiyati ishlarning umumiy ahamiyatliligidan faqat 15% ga yaqin.


    Download 113 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish