Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari.
“ Axborot” so‘zi lotincha “informatsion” so‘zidan olingan bo‘lib, kutilayotgan yoki bo‘lib o‘tgan voqyea, hodisalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bildiradi.
Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlagan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta'sir etib, ob'ektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida ishlatiladi.
Kibernetikada, informatika fanida axborot voqyea - hodisa to‘g‘risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mezoni sifatida qo‘llaniladi.
Kompyuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi ob'ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy bog‘langan, lekin har qanday ma'lumot axborot bo‘lavermaydi.
Masalan: olma desak, bir necha xil ma'noni tushunish mumkin: qizil olma deganda, mevaning ma'lum bir rangi tushuniladi, demak barcha ma'lumotlar axborotga aylanishi uchun voqyea - hodisa to‘g‘risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim.
Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Texnik axborot
Agrobiologik axborot
Siyosiy axborot
Huquqiy axborot
Iqtisodiy axborot va boshqalar
Axborotning turlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldirib boradi. Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega:
Uzluksiz hosil bo‘lish.
Xarf raqamlarda ifodalanish.
Diskret xarakterdaligi.
Yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi.
|
Axborot - ijtimoiy, tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va ma'lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida to‘plagan tajribalari majmui demak. Inson axborot oqimi ichra yashar ekan, turli-tuman voqyea, hodisalar va jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini, o‘zaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib ko‘rish, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlari qanday amal qilayotganligini anglab yetish maqsadida ko‘pdan ko‘p so‘zlarga, dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariyot amaliyot bilan birlashadi. Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, axborot texnologiyasi, modellash, ma'lumotlar manbai, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta'minlash va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti axborotlar oqimini bamisoli bahor sellari oqimi kabi ko‘paytirib yubordi. Axborot oqimining tobora ko‘paya borganidan shu narsa ham dalolat bera oladiki, asrimizning 70 - yillar o‘rtalariga keliboq ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti shunday darajaga yetgan ediki, ulardan oqilona foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun yiliga 1016 arifmetik amalni bajarish kerak bo‘ladi. Tabiiyki, bunday murakkab hisob - kitobni cho‘t qoqib amalga oshirib bo‘lmaydi. 10 milliard kishi bir yil davomida tinmay ishlagan taqdirdagina shuncha arifmetik amalni yecha olishi mumkin.
Odamlarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy muammolarni hal etishga safarbar qilmoq uchun tegishli axborotlarni o‘z vaqtida to‘plab, qayta ishlab, muayyan bir tartibga solish va zudlik bilan kishilarga yetkazish kerak bo‘ladi. Buning uchun jamiyatni axborotlashtirish dasturini amalga oshirish va ilg‘or axborot texnologiyasini joriy etish zarur.
Axborot texnologiyasi bu usullar tizimi va axborotlarni yig‘ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish yo‘lidir. U informatikaning predmeti hisoblanadi hamda boshqaruv amaliyotini o‘tkazishni, ishlab chiqarishni boshqarishni, ilmiy izlanishlar va sanoat miqyosida korxonalarning tashkil topishini, ularning texnik rivojlanishi natijasida xalq xo‘jaligining yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi.
Axborot texnologiyasi tizim sifatida boshqarish sub'ektida shakllanadi, shu sababli ham axborot texnologiyasi boshqarish sub'ektining ustqurmasi hisoblanadi. Axborotli texnologiyaning shakllanishi uchun quyidagi unsurlarning bo‘lishi shart:
Mutaxassislar;
Texnik vositalar;
Axborotlar.
Shuning uchun ham axborotli texnologiya boshqarish funksiyalarini ifodalovchi axborotlarni yig‘ish, jamlash, uzatish, saqlash va boshqa jarayonlarni amalga oshiruvchi “inson mashina tizimi” deb yuritiladi.
Axborot odamlar o‘rtasida uzatiladigan ma'lumotlar hisoblanib, ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot darajasini belgilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.
Axborotlar ta'lim – tarbiya jarayonlarini boshqarishda asosiy manbaa bo‘lib hisoblanadi, chunki ular ob'ektdan olingan axborotlarni tizimlarga (qismlarga) ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo‘yicha uzatish algoritmlarini amalga joriy etishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Axborot voqyea va hodisalar haqidagi ma'lumotlarni beradi. Hodisa, voqyealar mazmun – mohiyatini ochib beradi. Axborot termini kishilik jamiyatining barcha jabhalarida qo‘llaniladi va ular asosida ta'lim – tarbiya jarayoni olib boriladi hamda pedagogik faoliyat boshqariladi2.
Axborot – fanning eng umumiy tushunchalaridan biri. Axborot qandaydir ma'lumot, ba'zi bir dalillar, bilimlar va h.k.lar mohiyatini anglatadi. Hozirga qadar axborotning yagona ta'rifi ishlab chiqilmagan. Eng ko‘p qo‘llanayotgan ta'riflari quyidagicha ifodalanadi: axborot tashqi muhitga moslashish jarayonida undan olingan malumot3.
Demak axborot degan savolga qisqacha javob berishimiz uchun ikkita ob'ektga: manba va iste'molchi orasidagi bog‘lanishga murojaat qilishimiz zarur.
Axborot manbaiga tabiiy ob'ektlar - sayyoralar, yulduzlar, insonlar, hayvonlar, o‘simliklar, maydon, o‘rmonlar hamda fan va texnikani rivojlantirishdagi ilmiy tajribalar, mashinalar, texnologik jarayonlar kiradi.
Axborot iste'molchilari ro‘yxati xam katta bo‘lib unga, insonlar, hayvonlar, o‘simliklar, turli xil o‘lchov asboblari kiradi.
Shuning uchun axborot keng doiradagi tushuncha bo‘lib, jamiki ob'ektlar, mavjudodlar, jarayonlar haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Axborot manbalari va iste'molchilarining har xilligi axborot shaklining turli ko‘rinishda bo‘lishiga olib keldi:
– belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Bular biror voqyea-hodisalar haqidagi axborotlarni uzatishda foydalaniladi;
– matnli – harf, raqam va belgilar to‘plamidan tarkib topgan ma'lum ma'noni anglatuvchi so‘zlardan iborat axborot;
– grafik – tasvirlardan iborat bo‘lgan tasavvur ko‘rinishidagi axborotlar.
Axborotning mavjud bo‘lishi, saqlanishi, uzatilishi uchun biror-bir material - ob'ekt bo‘lishi zarur. Bunday ob'ektlar juda ko‘p bo‘lib va ularning soni taraqqiyot natijasida o‘sib bormoqda.
Axborot:
amalda qo‘llanadigan aniq xabar;
axborot kishilar orasidagi, odamlar va EHM orasidagi ma'lumot almashinish hodisasi;
axborot – biror voqyea, jumladan, ta'lim – tarbiyaga oid xabar, ma'lumot4.
Axborot atrof-muhit ob'ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlardir. Keng ma'noda axborot insonlar o‘rtasida ma'lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida signallar ayriboshlashni ifoda etadigan tushunchadir.
Keyingi paytlarda axborotlarning haddan tashqari ko‘payishi sababli, ularni insonning jismoniy imkoniyatlari doirasida xal etilishi mumkin bo‘lmay qoldi. Bunday muammolarni hal etish maqsadida yaratilgan zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari, ayniqsa, shaxsiy kompyuterlar insonning eng yaqin yordamchisiga aylandi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalanish orqali axborotlarni qayta ishlash ta'lim samaradorligining muhim omillaridan biri bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |