Mavzu: Savod o`rgatish metodikasining ilmiy, psixologik va lingvistik asoslari. O‘qituvchi:Barno Suleymanova Mavzu rejasi: 1. O`qish va yozish – nutq faoliyatining turi. 2. Savod o`rgatish uchun o`zbek tili tovush tuzilishi va yozuvi, ular o`rtasidagi munosabat. 3. O`qish va yozish jarayonining psixolingvistik tavsifi. 4. Savod o`rgatish tarixidan. Maktabda o`qitish elementar o`qish va yozishga o`rgatishdan boshlanadi. “Alifbe”ga asoslangan holda qisqa vaqt ichida o`quvchilar o`qish va yozishga o`rgatiladilar, ya’ni o`qish va yozish ko`nikmasini egallaydilar. Savod o`rgatish davrida o`qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o`qish va yozish ko`nikmasi deyiladi. Bu ko`nikma bilimni talab qiladi, bilimsiz ko`nikma shakllanmaydi. O`qish va yozish ko`nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat ko`p bora takrorlanishi lozim. O`qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo`lib, u nutqqa oid malakadir. Bu malakalar nutq faoliyatining boshqa turlari bilan uzviy bog`liq holda shakllanadi. O`qish va yozuv malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta’minlaydi Savod o`rgatish jarayonida bola juda ko`p o`qishi va yozishi zarur. O`zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun , har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan.O`qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda esa tovushlar harflarga aylantiriladi. O`qish va yozishni o`zlashtirish uchun tovush va harflarning o`zaro munosabatlarini o`zlashtirish kifoya. O`rta osiyoda quyidagi fonografik yozuv turlaridan foydalanilgan: - oromiy yozuvi (miloddan avvalgi III – I asrlarda); - so`g`d yozuvi (milodimizning I – VI asrlarida); - xorazm yozuvi (II – III asrlarda); - o`rxun-enasoy yozuvi (V – VIII asrlarda); - uyg`ur alifbosi (VI – VII asrlardan XII asrgacha); - arab alifbosi (VII – VIII asrlardan 1929-yilgacha); - lotinlashtirilgan o`zbek alifbosi (1929 – 1940 yillarda); - rus-kirill yozuvidagi o`zbek alifbosi (1940-yildan); 1993-yil 2-sentabrdagi “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish qonunga muvofiq o`zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. - lotin yozuvi asosidagi o`zbek alifbosi (1996-yil sentabridan). Savod o`rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. Hozirgi o`zbek tilida 6 ta unli tovush bor, ular 6 ta unli harf bilan ifodalanadi. a, o, i, e, u, o‘ 24 ta undosh tovush mavjud. Yozuvda 23 ta harf bilan ifodalanadi:b,d,f,g,h,j (jurnal), j(joy), k,l,m,n,p,q,r,s,t,v,x,y,z,g‘,sh, ch, ng va’ (tutuq belgisi) va uning imlosi ham o`rgatiladi. O`qish va yozish jarayonining psixolingvistik tavsifi: 1. Bola o`qish paytida bitta harfni ko‘radi, uni bilish uchun rasmlarni ko`z oldiga keltiradi, esiga kelgach, aytishga oshiqadi, lekin o`qituvchi aytishga yo`l qo`ymaydi. Undan bo`g`inni aytishini talab qiladi. O`quvchi birinchi harfni eslaguncha, ikkinchi harf esidan chiqib qoladi. Shu tariqa o`qish jarayoni sustlashadi. 2. Ko`pincha bola o`qiyotgan qatorni yo`qotib qo`yadi; harfni, bo`g`inni, so`zni qayta o`qishiga to`g`ri keladi. O`quvchining diqqati kengayib borgan sari bo`g`in va so`zni butunligicha idrok eta boshlaydi. 3. O`qishni endi o`rganayotgan bola o`qiyotgan matn mazmunini o`zlashtirmaydi, chunki u so`zni qanday o`qishga ko`p kuch beradi. Darslikdagi rasmlar, o`qituvchining savollari, ko`rgazmali qurollar ularning ongli o`qishlarini ta’minlaydi. 4. Tajribasiz kitobxon so`zni birinchi bo`g`iniga yoki rasmga qarab topadi.Bu xato o`qishga olib keladi. Bunday xatoning oldini olish uchun so`z bo`g`inlab o`qitiladi, so`zni bo`g`in-tovush tomonidan tahlil qilishga, tovush-harf tomonidan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi. O`qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o`quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri va nutqini o`stirishga katta e’tibor berish kerak. Savod o`rgatish tarixidan Savod orgatishda qadimda eski usuldagi maktablarda turli metodlardan foydalanilgan. Unda o`qish bilan yozish bir vaqtda o`rgatilmagan, avval faqat o`qishga o`rgatilgan. O`qish “hijo” usuli bilan o`rgatilgan. O`qishga o`rgatishning bu usuli "hijjai qadimiy" deb ham atalgan. 1-bosqich. Bu bosqichda harflar nomi yodlatiladi. Bu harfiy metod deyilgan. 2-bosqich. Bu bosqichda bo`g`in hosil qilish o`rgatilgan. Harflar nomi yodlab bo`lingach, bo`gin hosil qilish – zer-u zabarni o`rgatishga o`tilgan. Bunda ham quruq yodlatilgan. 3-bosqich. Bo`g`inlarni qo`shish. Eski maktabda bo`g`inni bo`g`inga qo`shib, so`zlar yodlatilgan. Bu usuldagi savod o`rgatishda bolalar savodi yaxshi chiqmagan. Turkistonda taxminan XIX asrning ikkinchi yarmida ochilgan rus-tuzem maktablari savod o`rgatishda ma’lum darajada ijobiy natijalarga erishdi. Rus-tuzem maktablarining o`zbek sinflarida o`zbekcha xat-savod o`rgatish metodi 1900-yildan boshlab asta-sekin isloh qilindi. Hijo metodidan tovush metodiga o`tildi. 1902-yilda Saidrasul Saidazizovning tovush metodiga muvofiq tuzilgan alifbesi - "Ustodi avval" qo`llanmasi nashr etildi. Mazkur qo`llanma uch bo`limdan iborat edi: 1 -bo`lim: Alifbe bo`limi, tovush va harf o`rgatiladi. 2-bo`lim: Alifbedan keyingi davr. Bu davrda hikoya, masal, ertaklar o`qilgan. 3-bo`lim: "Alifboi Qur’on". Mazkur bo`limda bolalarga islom dinining muqaddas kitobi “Qur’oni Karim”ni tushunib o`qishga o`rgatish maqsad qilib qo`yilgan. Ushbu qo`llanma orqali bolalar uch-to`rt oy ichida o`qish va yozishni mukammal o`rganib olganlar. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |