Mavzu: Boshlang`ich sinflarda til va savodxonlik fanining predmeti va vazifalari. Tilni o`qitish prinsiplari, savodxonlikka o`qitish metodikasining tekshirish usullari



Download 88,76 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi88,76 Kb.
#899217
Bog'liq
4-maruza

Mavzu: Savod o`rgatish metodikasining ilmiy, psixologik va lingvistik asoslari. O‘qituvchi:Barno Suleymanova

Mavzu rejasi: 1. O`qish va yozish – nutq faoliyatining turi. 2. Savod o`rgatish uchun o`zbek tili tovush tuzilishi va yozuvi, ular o`rtasidagi munosabat. 3. O`qish va yozish jarayonining psixolingvistik tavsifi. 4. Savod o`rgatish tarixidan.

Maktabda o`qitish elementar o`qish va yozishga o`rgatishdan boshlanadi. “Alifbe”ga asoslangan holda qisqa vaqt ichida o`quvchilar o`qish va yozishga o`rgatiladilar, ya’ni o`qish va yozish ko`nikmasini egallaydilar. Savod o`rgatish davrida o`qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o`qish va yozish ko`nikmasi deyiladi.

Bu ko`nikma bilimni talab qiladi, bilimsiz ko`nikma shakllanmaydi. O`qish va yozish ko`nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat ko`p bora takrorlanishi lozim. O`qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo`lib, u nutqqa oid malakadir. Bu malakalar nutq faoliyatining boshqa turlari bilan uzviy bog`liq holda shakllanadi.

O`qish va yozuv malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta’minlaydi Savod o`rgatish jarayonida bola juda ko`p o`qishi va yozishi zarur. O`zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun , har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan.O`qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda esa tovushlar harflarga aylantiriladi. O`qish va yozishni o`zlashtirish uchun tovush va harflarning o`zaro munosabatlarini o`zlashtirish kifoya.

O`rta osiyoda quyidagi fonografik yozuv turlaridan foydalanilgan: - oromiy yozuvi (miloddan avvalgi III – I asrlarda); - so`g`d yozuvi (milodimizning I – VI asrlarida); - xorazm yozuvi (II – III asrlarda); - o`rxun-enasoy yozuvi (V – VIII asrlarda); - uyg`ur alifbosi (VI – VII asrlardan XII asrgacha); - arab alifbosi (VII – VIII asrlardan 1929-yilgacha); - lotinlashtirilgan o`zbek alifbosi (1929 – 1940 yillarda); - rus-kirill yozuvidagi o`zbek alifbosi (1940-yildan); 1993-yil 2-sentabrdagi “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish qonunga muvofiq o`zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. - lotin yozuvi asosidagi o`zbek alifbosi (1996-yil sentabridan).

Savod o`rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. Hozirgi o`zbek tilida 6 ta unli tovush bor, ular 6 ta unli harf bilan ifodalanadi. a, o, i, e, u, o‘ 24 ta undosh tovush mavjud. Yozuvda 23 ta harf bilan ifodalanadi:b,d,f,g,h,j (jurnal), j(joy), k,l,m,n,p,q,r,s,t,v,x,y,z,g‘,sh, ch, ng va’ (tutuq belgisi) va uning imlosi ham o`rgatiladi.

O`qish va yozish jarayonining psixolingvistik tavsifi: 1. Bola o`qish paytida bitta harfni ko‘radi, uni bilish uchun rasmlarni ko`z oldiga keltiradi, esiga kelgach, aytishga oshiqadi, lekin o`qituvchi aytishga yo`l qo`ymaydi. Undan bo`g`inni aytishini talab qiladi. O`quvchi birinchi harfni eslaguncha, ikkinchi harf esidan chiqib qoladi. Shu tariqa o`qish jarayoni sustlashadi.

2. Ko`pincha bola o`qiyotgan qatorni yo`qotib qo`yadi; harfni, bo`g`inni, so`zni qayta o`qishiga to`g`ri keladi. O`quvchining diqqati kengayib borgan sari bo`g`in va so`zni butunligicha idrok eta boshlaydi. 3. O`qishni endi o`rganayotgan bola o`qiyotgan matn mazmunini o`zlashtirmaydi, chunki u so`zni qanday o`qishga ko`p kuch beradi. Darslikdagi rasmlar, o`qituvchining savollari, ko`rgazmali qurollar ularning ongli o`qishlarini ta’minlaydi.

4. Tajribasiz kitobxon so`zni birinchi bo`g`iniga yoki rasmga qarab topadi.Bu xato o`qishga olib keladi. Bunday xatoning oldini olish uchun so`z bo`g`inlab o`qitiladi, so`zni bo`g`in-tovush tomonidan tahlil qilishga, tovush-harf tomonidan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi. O`qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o`quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri va nutqini o`stirishga katta e’tibor berish kerak.

Savod o`rgatish tarixidan Savod orgatishda qadimda eski usuldagi maktablarda turli metodlardan foydalanilgan. Unda o`qish bilan yozish bir vaqtda o`rgatilmagan, avval faqat o`qishga o`rgatilgan. O`qish “hijo” usuli bilan o`rgatilgan. O`qishga o`rgatishning bu usuli "hijjai qadimiy" deb ham atalgan.

1-bosqich. Bu bosqichda harflar nomi yodlatiladi. Bu harfiy metod deyilgan. 2-bosqich. Bu bosqichda bo`g`in hosil qilish o`rgatilgan. Harflar nomi yodlab bo`lingach, bo`gin hosil qilish – zer-u zabarni o`rgatishga o`tilgan. Bunda ham quruq yodlatilgan. 3-bosqich. Bo`g`inlarni qo`shish. Eski maktabda bo`g`inni bo`g`inga qo`shib, so`zlar yodlatilgan. Bu usuldagi savod o`rgatishda bolalar savodi yaxshi chiqmagan.

Turkistonda taxminan XIX asrning ikkinchi yarmida ochilgan rus-tuzem maktablari savod o`rgatishda ma’lum darajada ijobiy natijalarga erishdi. Rus-tuzem maktablarining o`zbek sinflarida o`zbekcha xat-savod o`rgatish metodi 1900-yildan boshlab asta-sekin isloh qilindi. Hijo metodidan tovush metodiga o`tildi.

1902-yilda Saidrasul Saidazizovning tovush metodiga muvofiq tuzilgan alifbesi - "Ustodi avval" qo`llanmasi nashr etildi. Mazkur qo`llanma uch bo`limdan iborat edi: 1 -bo`lim: Alifbe bo`limi, tovush va harf o`rgatiladi. 2-bo`lim: Alifbedan keyingi davr. Bu davrda hikoya, masal, ertaklar o`qilgan. 3-bo`lim: "Alifboi Qur’on". Mazkur bo`limda bolalarga islom dinining muqaddas kitobi “Qur’oni Karim”ni tushunib o`qishga o`rgatish maqsad qilib qo`yilgan. Ushbu qo`llanma orqali bolalar uch-to`rt oy ichida o`qish va yozishni mukammal o`rganib olganlar.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 88,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish