Mavzu:Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish
Reja:
Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatishning maqsad va vazifalari ?
Tajriba sinovi sifatida ona tili darslarining o’rganilishi
Xulosa
Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatishning maqsad va vazifalari
Fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan davrda boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy rivojlanishi tezligi ham o’sib bormoqda. Boshlangich ta’lim oldida turgan dolzarb muammolardan biri aqliy rivojlanishiga yordam beruvchi interfaol usullarni bilgan, ulardan o’rinli foydalana oladigan, zohir bo’lmagan zohiriy imkoniyatlarni yuzaga chiqara oladigan mutaxassis kadrlarni yetishtirib beradilar.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim berishning yangi shakllari va usullarini izlab topish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish zaruriyatini qo’ymoqda. Bularni amalga oshirshi bulg’usi pedagoglarning mutaxassisliklari bo’yicha mukammal bilim va tajribaga ega bo’lishlarini taqozo etadi.
Boshlang’ich ta’lim sohasi bo’yicha yetishtirilayotgan mutaxassislarining oliy ta’limda egallagan bilimlarini maktab tajribasida kuzatishlari mavjud muammolarini anglab yetishlari uchun seminar mashg’ulotlarining imkoniyatlari katta, seminar mashg’ulotlarining amaliy mashg’ulotdan farqi shundaki, u talabalar tomonidan individual, yakka tartibda bajariladi, ularda ijodiy mustaqillikni tarbiyalaydi.
Seminar mashg’uloti ona tili o’qitish metodikasi kursining amaliy yo’nalishini kuchaytirgan. Seminar mashg’ulotlari nazariy bilimlarini amaliyotda kuzatish, nazariyaning hayot bilan qay darajada muvofiqligini sinash va bilish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, talabalarning ilmiy-metodik bilimlari doirasini kengaytiradi. Zero, talabalarimizning egallayotgan mutaxassisliklariga tayyorgarligi hozirgi davr ta’lim talablariga javob bera oladigan bo’lishi lozim.
Ona tili o’kitish metodikasidan rejalashtirilgan seminar mashg’ulotlari butun kurs mazmunini qamrab olgan. Uning mazmuni ona tili o’qitish metodikasi unda DTS va ona tili dasturlari o’rganiladi va tahlil qilinadi va metodikaning pedagogik fan-kirish hamda 4 bo’limni “Savod o’rgatish metodikasi”, “O’qish metodikasi”, “Fonetika, grafika, suz yasalishi, grammatika va imlo metodikasi”. “O’quvchilarning bog’lanishli nutqni o’stirshi metodikasi” bo’limlarini o’z ichiga oladi. Ular auditoriyada va maktablarda tashkil etiladi. Auditoriyaga mo’ljallangan seminar mashg’ulotlarida boshlangich sinf DTS, ona tili, o’kish, yozuv daftari, darsliklari va ularga yozilgan metodik qo’llanmalar turli tomondan tahlil qilinadi. Ularga taqrizlar yoziladi, taqvim rejalar tuziladi. Maktablarda o’tkaziladigan seminar mashg’ulotlarida ona tili ta’limi bo’yicha darslar kuzatiladi va tahlil qilinadi. Tahlil uchun alohida daftar tutiladi. Har bir seminar mashg’ulotining belgilab olingan maqsadi, vazifasi, rejasi bilan talabalar oldindan tanishtiriladi. Seminar mashg’uloti yuzasidan topshiriqlar beriladi. Topshiriqlar yozma bajariladi. Topshiriqlarni bajarishda foydalanish uchun adabiyotlar ko’rsatiladi. Muayyan tayyogarlikka ega bo’lgan talabalar bilan seminar mashg’ulotlari o’tkaziladi. Har bir bo’lim bo’yicha seminar mashg’uloti talabalarning hisoboti bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |