Tajriba sinovi sifatida ona tili darslarining o’rganilishi
Ona tili o’qitish metodikasidan o’tkaziladigan seminar mashg’ulotlari o’quv rejada ajratilgan soatlar hajmida, shuningdek dasturda kursatilgan mavzular bo’yicha o’tkaziladi.
Ona tili o’qitish metodikasidan seminar mashg’ulotlari mavjud darslik va dastur va darsliklarga, metodik adabiyotlarda berilgan ma’lumotlarga, dars jarayoniga talabalarni ijodiy munosabatini tarbiyalaydi. Ularda kasbiy ko’nikma va malakalarini hosil kiladi.
Ona tili o’qitish metodikasidan seminar mashg’ulotlarining maqsadi quyidagilardan iborat:
- savod o’rgatish, ona tili, o’kish, sinfdan tashqari o’qish va bog’lanishli nutqni o’stirish bo’yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish jarayonida mustahkamlash va chuqurlashtirish;
- talabada dastlabki kasbiy malakalarini shakllantirish;
- talabalarning metodik tayyorgarligini oshirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish:
- bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisining metodik faoliyat motivlarini shakllantirish va ona tilini o’qitish metodikasi faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;
- talabalarni ona tili ta’limi sohasi bo’yicha maktab o’qituvchilarining ish faoliyatini kuzatish, ilg’or tajribalarini o’rganish va tahlil qilishga o’rgatish;
- O’z ijodiy metodik ishlarini tajriba sinovidan o’tkazishga o’rgatish; Ona tili o’qitish metodikasidan seminar mashg’ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
- Umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standarti va boshlang’ich sinf ona tili dasturini tahlil qilish:
- Savod o’rgatish uchun yaratilgan ”Alifbe” darsligi va ”Yozuv daftari”ni tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqish; 1-4-sinflar uchun yaratilgan ”Ona tili” darsliklarini grammatik ma’lumotlarini berishda bosqichli izchillik tamoyiliga, mashqlar tizimining genetik tamoyillarga muvofiqligi bo’yicha, amaliy leksik mashqlarning, ijodiy mashqlarning berilishi bo’yicha tahlil qilish va taqriz yozish;
- 1-4-sinflar uchun yaratilgan ”O’qish kitobi’ni tahlil qilish va taqriz yozish;
- STU uchun yaratilgan ”Kitobim – oftobim” darsliklarini tahlil qilish va taqriz yozish;
- Xusnixat daftarini (1-2-sinf) tahlil qilish va taqriz yozish;
- 1-4-sinflar ona tili va o’qish darsliklariga yozilgan metodik qo’llanma tahlil qilish va taqriz yozish:
- maktabda alifbe, yozuv, ona tili, o’qish, sinfdan tashqari o’qish, xusnixat darslarini kuzatish va tahlil qilish;
- talabalarning namunaviy dars ishlanmalarini maktab tajriba
sinovidan o’tkazish:
Seminar mashg’uloti talabalarining pedagogik va metodik tayyorgarligini oshirishga, tanlangan kasbiga bo’lgan qkizikishini oshirishga xizmat qilishi lozim.
Seminar mashg’uloti talaba mavzu bo’yicha ma’ruzada nazariy ma’lumotlarni o’rganib o’zlashtirgach o’tkaziladi.
Xulosa qilib aytganda, seminar mashg’ulotlari:
- talabalarni nazariy bilimlarini amalda qo’llay bilishga o’rgatish;
- nazariyani amaliyot bilan bog’lay olishga yordam berish:
- talabalarni qiyosiy —tanqidiy tahlilga o’rgatish;
- talabalarning faolligini oshirish:
- ularni ta’lim jarayonidagi turli muammolarni ijoliy yondoshgan holda mustaqil yecha olishga tayyorlash;
- kasbiga bulgan munosabatini, kasbiy mahoratini oshirish zarur:
Do'stlaringiz bilan baham: |