33
II-BOB
TALIMNING
TURLI
BOSQICHLARIDA
TEXNIK
VOSITALARDAN FOYDALANISHNING LINGVISTIK, PSIXALOGIK VA
DIDAKTIK ASOSLARI.
2.1 TA’LIMNING TURLI BOSQICHLARIDA TEXNIK VOSITALARDAN
FOYDALANISHNING LINGVISTIK ASOSLARI.
Tildan ixtisos
beriladigan oliy o’quv yurtidagi amaliy mashg’ulotlar chog’ida
bo’lajak chet tili muallimining kasbiy malakalari muayyan tartib-qoidalariga
binoan shakllantriladi. Til bo’yicha bo’lajak muallimni tayorlash jarayonida
kvalifikatsion malakalarni singdirish yo’llarini belgilovchi o’zaro aloqador omillar
majmui mazkur tartib qoidalarni tashkil qiladi. Bunday omillar psixalogik,
didaktik, lingvistik, metodik guruhlarni o’z ichiga oladi. Xar qaysi guruhda bir
nechtadan omillar amal qiladi.
Bo’lajak chet tili muallimining kasbiy malakalarini shakllantrishda tilga oid amaliy
o’quv predmetlarining ta’limiy imkonyatlari. Ushbu predmetlar xamda chet tili
o’qitish maqsad va mazmunining o’rta va oliy maktabga tatbiqan muqoyasasi
ko’rsatishicha, talabalarga lingvometodik malakalarni singdirishda amaliy
predmetlarda keng imkonyatlar mavjud. Chet tili muallimi pedagogik faolyati
tarkibining hususyatlari. Chet tili muallimining didaktik nutqi, maktab va oliy
o’quv yurtidagi amaliy mashg’ulotlar, pedagogik texnika, o’quv jarayonini
metodik boshqarish kabilarni hususyatlarini aniqlashdan ma’lum bo’ldiki, qator
umumiy qonunyatlar mavjud bo’lib, ular mutaxassislik bo’yicha amaliy
mashg’ulotlar chog’ida talabalarning lingvometodik malakalarini xosil qilish
uchun qulay sharoit, yani garov xisoblanadi.
mamlakatda O‘zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi
Qonunini
hamda Kadrlar tayyorlash
milliy
dasturini
amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni
uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni
shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga
yo‘naltirilgan tizim yaratildi.[3.69]
34
Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o‘qituvchilari
tayyorlandi, umumta’lim maktablarining V — IX sinflari uchun ingliz, nemis va
fransuz tillari bo‘yicha multimedia darsliklari, boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini
o‘rganish bo‘yicha elektron resurslar tayyorlandi, umumta’lim maktablarida, kasb-
hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan ko‘proq lingafon kabinetlari
jihozlandi.
Shu bilan birga, chet tillarni o‘rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil
etish shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar
zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish
borasidagi talabga to‘liq javob bermayapti. Ta’lim asosan an’anaviy uslublarda
olib borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz
o‘rganishni tashkil qilish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda
zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishini
taqozo etadi.
Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan
holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh
avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni
tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon
sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda
foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-
sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida:
Belgilab qo‘yilsinki, 2013/2014 o‘quv yilidan boshlab:
respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o‘rganish
umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki
nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani
o‘zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi;
oliy o‘quv yurtlarida ayrim maxsus fanlarni, xususan, texnik va xalqaro
mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish chet tillarda olib boriladi;
35
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari va
o‘qituvchilarini chet tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-uslubiy komplekslar bilan
ta’minlash, ularni belgilangan muddatlarga rioya etilgan holda qayta nashr etish,
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob
jamg‘armasining aylanma mablag‘lari hisobidan bepul amalga oshiriladi.
Ta’limni kasbga yo’naltrish o’quv jarayonining ichki imkonyatlaridan foydalanish
evaziga didaktik-metodik jabhada amalga oshiriladi. Bu metodik prinsip o’quv
faolyatini shunday tashkil etishni taqazo qiladiki, unda ham o’qituvchi, ham
talabaning faolyati taqazo etadigan o’quv-tarbyaviy vazifalarni hal etishga
qaratilmog’i lozim. Talim jarayonini va u asosida o’quv faolyatini tashkil etish
kasbiy faolyatli yondoshish asosida amalga oshirish yuksak samara beradi. Mazkur
yondoshish nuqtai nazardan kasbiy yo’naltrilgan kasbiy jarayonini xarakteriga
ko’ra oddiy ko’rinishdan bora-bora murakkablashib, o’quvchi va muallim
o’rtasidagi o’quv faolyatini o’zida mujassamlashtradi.[10.207].
Ta’limni kasbiy yo’naltrish samarasi uning qanchalik lingvistik, didaktik,
psixalogik asoslarga tayangani bilan izohlanadi. Bu fanlarning malumotlarini
xisobga
olish
o’quv
jarayonini
maqsadga
muvofiq
tashkil
etish,
o’qituvchi’’modeli’’ning psixalogik, didaktik komponentlarini aniqlash, kasbiy
yo’nalgan mashqlar tuzish, tegishli ish usullarini tanlash, kasbiy malakalarning
shakllanish hususyatlarini yoritishga imkon beradi.
Ta’limni kasbiy yo’naltrishning lingvistik asoslarini til materyali qyinchiliklarini
aniqlash asosida chet va ona tillari xodisalarining o’xshash va farq qiluvchi
xususyatlarini aniqlash, nutqiy xatolarini o’rganish, norma tushunchasini til va
nutqda farqlash, o’quvchilarning til tajribasidagi ijobiy va salbiy
ta’sir[iterferensya]ning amal qilish qonunyatlari kabi masalalar tashkil etadi. Ularni
hal qilishdan kutiladigan natijalar o’quv materyalini linvometodik taxlil qilish,
uning qiyinchiliklarini aniqlash, ularni oldini olish yoki oqilona bartaraf etish,
o’quvchilarning, o’zining va boshqa o’qituvchilarning pedagogik faolyatini
kuzatish, taxlil qilish va ulardan metodik hulosa chiqarish kabi kasbiy malakalarni
36
chet tili amaliy kursi mashg’ulotlarida shakllantrish uchun muhim omil bo’lib
hizmat qiladi.
Talabalarning nutqiy, chet tili o’rganish qobilyatlari nisbati, pedagogik
qobilyatlarini shakllantrish, bilim, ko’nikma va malakaning mohiyati, ularning
o’zaro munosabati, shakllanish hususyatlari, talabaning kasbiy motivatsyasi,
muallimlik faolyatini egallashga talabaning tayyorgarligi, kasbiy pedagogik sohada
o’zliginini anglashi va oliy o’quv sharotiga moslashish masalalari ta’limni kasbiy
yo’naltrishning psixalogik asoslarini tashkil etadi. Mazkur psixalogik omillarni
tatqiq etish natijasida quyidagilar aniqlandi;
-Nutqiy va chet tilini o’rganish qobilyatlarining shakllanishi psihik jarayonlar
bilan bog’liq. Chet tilni o’rganish qobilyatini rivojlantrish uchun orient va ijro
qismlaridan iborat harakatlar tizimi qo’llaniladi. Tilga layoqatli talabalarga esa
chet tilini o’rgatishda ijro harakatlari rivojlantriladi, layoqati bo’shroq talabalarga
esa chet tilini o’rgatish har ikkala harakat turidagi, ko’proq orientr xarakatlardan
foydalaniladi;
- pedagogik qobilyatlar muallim modelining tarkibiy qismlaridan bo’lib, ular
ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllantriladi;
- kasbiy malakalarni shakllanishida bilim muhim o’rin tutadi. Bilimni ilmiy
mezonlar asosida guruxlash, u yoki bu kasbiy malakani shakllanish ehtyojiga ko’ra
bilim mazmuni va miqdorini belgilash ta’limni kasbiy yo’naltrishning muhim
omillaridandr;
-metodik ko’nikma metodik malaka chet tili muallimi pedagogik faolyati tarkibiga
kiradi va xarakatni egallashning ikkita turli darajasi xisoblanadi. Ko’nikma va
malaka birin ketin emas, balki, muvoziy tarzda, mahsus mashqlar yordamida
shakllanadi. Metodik ko’nikmalarni xosil qilish uchun faolyatning bir xildagi
sharoitida qayta-qayta bajariladigan mashqlar qo’l keladi metodik malakaga esa
o’zgaruvchan va asta sekin murakkablashib boradigan mashqlar tizimi
qo’llaniladi, ko’nikma va malaka bosqichma-bosqich xosil qilinadi.
37
- motivatsiya xarakat motive va faolyat motivinio’z ichiga oladi. Kasbiy
motivatsiyani rivojlantrishda actual va potensual motivlarni yaqinlashtrish tavsiya
etiladi. Ushbu tadbir kasbiy yo’naltrilgan ta’limni maxsus tashkil etish yo’li bilan
amalga oshiriladi.
Quyi sinflarda tillararo interferensiya kuchliroq bo’ladi. Maktabda va oliy o’quv
yurtining boshlang’ich bosqichida chet tilidagi tillararo intrferensiya ancha sezilarli
darajada namoyon bo’ladi. Uning sababi til tajribasining xali yetarli emasligidadir.
Demak, o’quvchilarning chet tilini egallash qiyinchiliklari, yuqori kurslarda
o’qiydigan talabalarnikidan ko’ra, quyi kurslarnikiga yaqinroq turadi. Binobarin,
ayni shu quyi kurslarda kasbiy-metodik maqsadlarni ko’zlab, o’zlashtrish
jarayonini tillararo ongli qiyoslash yo’li bilan tillararo qiyinchiliklarni aniqlash
usullarini qo’llash, ularni bartaraf etish uchun qulay sharoit mavjudligini e’tirof
mumkin.[10.266.]
Oliy o’quv yurtida o’rganiladigan til materyali maktab til minimumiga
kiradigan leksik, Grammatik va fonetik birliklarni o’z ichiga oladi, tabiiyki,
ularning miqdori ancha kattadir. Ushbu omildan kelib chiqib, ta’lim mazmunida
o’zgartrish qilmasdan, chet tili o’qitishni kasbiy yo’naltrish imkoni bo’lmaydi.
Ma’lumki, ikkala turdagi o’quv muassalarida ham o’rganilmish til normasini
egallash dasturiy talab xisoblanadi. O’quvchilar til normasini kommunikativ
darajada, bo’lajak muallimlar esa o’zi uchun kommunikativ va o’zgalar uchun
kommunikativ ta’limiy darajada o’rganadilar. O’quvchi va talabalarning tilini
kommunikativ darajada egallash mazmuni va mehanizmlarning mos kelishi ixtisos
bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda bo’lajak muallimning lingvometodik
malakalarini shakllantrishga yo’llovchi omil bo’lib xizmat qiladi Chet tili o’qitish
metodikasi psixologiya fani bilan uzviy aloqada bo’ladi.
Bu orqali fanda erishilgan yutuqlardan va psixologik qonuniyatlaridan o’zining
o’qitish bilan bog’liq muammolarini hal qilishda foydalaniladi.
Olimlar metodikaning psixologiya fani bilan aloqasi haqida turli fikrlarni
bildirganlar. I.V.Raxmonov fikricha :
38
1) psixologiyani inson nutqi faoliyatining muayyan turi sifatida o’rganishda;
2) metodika ta’lim tarbiya jarayonini psixologik qonuniyatlaridan foydalanib
amalga oshirishda namoyon bo’ladi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayoninida shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish
yo‘lida tinimsiz izlanish zarur. Shaxsning ongiga ta‘sir etish yo‘llarini
belgilashdan oldin uning ichki aloqa elementlarini aniqlash zarur. Bular uning
layoqati, imkoniyatlari, ehtiyoji, mavjud bilimlari va qobiliyatidir. Insondagi
qobiliyat, layoqat o‘rganilib, undagi bor bilim yoki bilim o‘zlashtirish uchun
mavjud bo‘lgan imkoniyatlar aniqlanib, uning ehtiyojiga e‘tibor qaratiladi.
Ma‘lum maqsad asosida ta‘sir choralarini belgilash bu elementlarda o‘zgarish
bo‘lishiga olib keladi. Shunday ta‘sir natijasida shaxsning rivojlanishida tub
o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflardan
boshlaboq o‘quvchilarning qobiliyati, imkoniyati va ehtiyojini aniqlab qilingan
amaliy ta‘sir zoe ketmaydi. Bolaning intellektual imkoniyatlari haqida birdan
xulosa chiqarish yaxshi natija bermaydi. Chunki insondagi intellektual
imkoniyatlar birdaniga ko‘zga tashlanmaydi. U asta-sekinlik bilan ro‘yobga
chiqishi mumkin. Shuning uchun ham bolaga “sening kallang ishlamaydi”, “sen
odam bo‘lmaysan” qabilidagi so‘zlarni aytmaslik lozim. Bunday so‘zlar bolani
o‘zi haqida tez xulosa chiqarib qo‘yishga, o‘z kuchiga ishonmaslikka, o‘qish
motivlarini susayib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
O‘qituvchi o‘quvchilardagi o‘ziga xoslikni bilishi va shu asosda faoliyatni
tashkil etishi shaxsda bor bo‘lgan imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishiga sabab
bo‘ladi. O‘qituvchi mahorati bu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish orqali shaxs
faolligini oshirishga qaratiladi. Agar o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatiga qiziqsalar
bu ta’lim samaradorligini va o‘quvchilarning intellektual rivojlanish darajasini
ta‘minlaydi, bilimga qiziqish va ehtiyojini shakllantiradi. Ayniqsa keyingi hayot
yo‘lini tanlashda bu qiziqishlar asos vazifasini o‘tashi mumkin.
Psixologiya nutqini tashqi, ichki, aktiv va passiv og’zaki va yozma
nutqlariga ajratadi hamda o’rganadi. Metodika esa psixologiyaning xulosalariga
39
asoslanib o’rganiladigan materialni o’qitish usullarini ishlab chiqadi. Nutq hosil
bo’lishi bilan ya’ni bosh miya faoliyati bilan shug’ullangan olimlarning fikriga
ko’ra yozma nutq va og’zaki nutq doim bir-biri bilan bog’liq. Lekin shu bilan birga
ularning har ikkisi o’ziga xos xususiyatga ega.
Chet tili o’qitish psixologiyasi fani chet tilini o’rgatishda til materiallarini,
nutq faoliyatlarini o’rgatish,o’rganish psixologiyasini yoritmoqda. Bu esa metodika
uchun zarurdir. Chunki metodika psixologiya bilan uzviy bog’liq bo’lib, u
psixologiyadan bilimni, ko’nikmalarni hosil bo’lishi va malakalarini oshirish yo’l
yo’riqlarini o’rganadi.
Hozirgi paytda psixologik asosdagi fanlar chet tilini o’qitish metodikasini
ilmiy, amaliy negizida ishlab chiqishga yordam beradi.[12.233.]
40
Do'stlaringiz bilan baham: |