Mavzu: boshlang’ich sinfda o’quv tarbiyaviy ishlariga rahbarlik qilishning asosiy qonun qoidalari. Reja: Kirish


II BOB.BOSHLANG’ICH SINFDAGI O’QUV TARBIYAVIY ISHLARIDA RAHBARLIK FAOLIYATINI TASHKIL QILISH



Download 70,27 Kb.
bet5/7
Sana13.04.2023
Hajmi70,27 Kb.
#927713
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Boshlang’ich sinfda o’quv tarbiyaviy ishlariga rahbarlik

II BOB.BOSHLANG’ICH SINFDAGI O’QUV TARBIYAVIY ISHLARIDA RAHBARLIK FAOLIYATINI TASHKIL QILISH.
2.1 SINF RAHBARI TUSHUNCHASI VA UNING VAZIFALARI.
Sinf rahbari o'z o'quvchilarning ta'lim-tarbiya jarayoni ya'ni darslar davomida va darsdan keying! faoliyatini nazorat kilish uchun ma'suldir.Sinfdagi barcha o'quvchilarni kobilyatlariga qarab turli to'garaklarga jalb etish kerak.Sinfdagi barcha o'quvchilarning ma'naviyat daftarining to'liq yuritilishining nazorat qilish.Sinf o'quvchilariga vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga xurmat, mustakillik yillarida qilingan ishlar yutug'i, vatanimiz an'analarga boy milliy merosimizga sadoqat ruhida tarbiyalashni tashkil qilish.
Xaftada bir marta o'tkaziladigan tarbiyaviy soatining o'tkazilishining to'g'ri tashkil etib, unga xaqqoniy yondashish.Sinf rahbari har bir o'quvchining shaxsini, pedagogik-psixologik xarakterini o'rganish, shu asosda diniy aqidaparastlikka qarshi kurash bo'yicha tushuntirish ishlarini olib borishi, voyaga yetmaganlar bilan ishlash ishlarini takomillashtirishi lozim.
Sinf o'quvchilarning ota-onalari bilan bamaslaxat ish tutgan holda o'quvchilardagi iqtidor, malaka va ko'nikmalarni aniqlaydi va shakllantiradi.O'quvchilarning yil davomidagi darsga qatnashish davomati uchun shaxssan ma'sulligini xis qilgan holda sinf jurnaliga o'quvchilarni darsga qatnashganligi yoki qatnashmaganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni qayd qilib yuradi.
Sinf o'quvchilarini odob-ahloq qoidasi, texnika xavsizligi qoidalari hamda maktab nizomida belgilangan qonun qoidalar bilan tanishtirib boradi va o'quvchilarning ushbu qonunlarga buysunishini nazorat qiladi.
O'quvchilarning maktab kutubxonasi va shuningdek yaqin atrofdagi maktabqa kutubxonalar bilan o'zaro aloqa o'rnatishini nazorat qiladi.Sinf o'quvchilari bilan birga maktab direktori ko'rsatmalariga asosan barcha jamoat ishlarida faol qatnashadi.Sinfdagi jamoatchi a'lochi va xulqi namunali bo'lgan o'quvchilar qonun qoidalarga to'liq rioya qilgan o'quvchilarni o'zi va maktab rahbariyati tamonidan rag'batlantirib borilishini nazorat qiladi.

Sinf o'quvchilarini kundalik daftarlarini yuritilishini nazorat qiladi.



  • Maktab va sinf mulkini o'quvchilar bilan birgalikda ko'z qorachig'idek asraydi.

  • Sinf o'quvchilarini maktab tadbirlarida qatnashishlarini ta'minlaydi.

  • Sinf ota-onalar qo'mitasi tamonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi uchun ma'sul.

  • Sinf o'quvchilaridan kam ta'minlangan o'quvchilarni aniqlaydi va ularga sinf va maktab jamoasi tomonidan yordam ko'rsatilishini nazorat qiladi.

  • Sinf o'quvchilari bilan birgalikda o'quvchilarni ta'til kunlarini mazmunli o'tkazish maqsadida turli tadbirlar va sayohatlarni uyushtiradi va o'tkazadi.

  • Sinf xonasini jihozlanishi va o'quvchilarning estetik did bilan maktab formasida kelishlarini nazorat qiladi.

O'quvchilarning o'quv qurollari bilan ta'minlanishini tashkil etilishini nazorat qiladi.Maktab rahbarlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofik maktabqa vazifalarni bajargan holda sinf qizlari o'rtasida ‘Qizlar kulubi’ to'garagini tashkil qiladi va sinf rahbar tamonidan nazorat qilinadi.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish ularning mamlakat ijtimoiy muammolarini to’g’ri baholay olishlari bilimlarni chuqur va mustahkam o’zlashtirishlari, erkin va mustaqil ijodiy fikr yuritishlariga yo’lladi.
Tadqiqotlarimiz mobaynida o’quvchilarda ijodkorlik faoliyatining yuqori darajasi uni muntazam ravishda mustaqil faoliyatga jalb qilish orqali rivojlantirildi.
Bu o’quvchi tomonidan maxsus turdagi o’quv topshiriqlari- mustaqil ishlarni bajarish, shu jumladan kompьyuterli ishbop o’yinlari, darsliklar va boshqa adabiyotlar natijasida amalga oshdi.
Mazkur tadqiqot ishining 1-2-boblarida boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishning nazariy- uslubiy jihatlari, hamda bu borada tarixiy tajribalar, pedagog- psixologlarning ilmiy qarashlarini yoritishga harakat qildik. Shu bilan birgalikda tadqiq qilinayotgan masala doirasida innovatsion usullar tavsifi, boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlari, hozirgi paytda foydalanilayotgan dastur va darsliklarning tahliliy natijalari, hamda uning amaliyotdagi maktablar ahvoli, ilg’or pedagogik tajribalarning o’rganilishi masalalari ko’rib chiqildi.
Bu esa maktab o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda maxsus pedagogik tzim yaratilishini ilmiy metodik jihatdan asoslashga imkoniyat berdi. Ushbu bobda biz kichik maktab yoshdagi o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirish metodlaridan foydalanish tizimini bayon qilamiz. Mazkur bobda dastlab eksperimental o’qitish mazmuninig tashkiliy masalalari o’z aksini topgan Tajriba- sinov natijalari uning ko’p qirraliligi, o’quvchilar sonini yetarli darajadagi o’lchami va o’rgatuvchi- nazoratli topshiriqlar majmuining xilmaxilligi bilan belgilanadi. Eksperimentlarning mazmuni, shakl va yo’llarini optimal holda loyihalash uchun yoxud belgilangan vazifalar ichida ta’limiy-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun biz o’quv elementlari mohiyatini o’quvchilarga uzatish yo’llarini aniqlashga kirishdik.
Buning uchun tajribada qatnashayotgan o’quvchilarning ijodiy faoliyatining rivojlanganlik darajasini, bilim olishga intilishi doirasida aniqlashga harakat qildik. Shu bilan birgalikda boshlang’ich maktab o’quvchilari aniq fan sohalariga oid kitoblarni, davriy nashrlarni kam o’qishi, ataylab Internet orqali bilimdonlikni oshiruvchi ma’lumotlarni ko’p ham izlamasliklari aniqlandi.
Tajriba – sinov ishlari 2006- 2007, 2007-2008 va 2008-2009 o’quv yillarida Navoiy viloyatining umumta’lim maktablarida davlat ta’lim standartlari, me’yoriy hujjatlari talablarini hisobga olgan holda o’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish maqsadida o’tkazildi.
Ma’lumki, har qanday fan o’ziga tegishli voqea va hodisalarni bosqichmabosqich o’rgangan holda rivojlanib boradi. Maktab o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish yo’llari, vositalarini aniqlash, o’quv jarayonini tashkil etish hamda mazmunini boyitish bozor iqtisodiyoti sharoitida avloddan ijodkorlik qobiliyatini kamol toptirish bilan aloqada amalga oshiriladi.
Maktab ta’limida bunday rivojlanishi o’quvchilarga beriladigan qadriyatlar, bilim,faoliyat usullari yoki ichki manbalar ular tomonidan erishilgan samaradorlik darajasiga ega bo’ladi.
Birinchi holatda ta’lim insoniyat tajribasini o’zi tiklashini, madaniy-tarixiy an’analardan foydalanish va asrashni ta’minlaydi.Ikkinchi holatda esa o’quvchining uning mahsuldor ijodiy faoliyatin orqali shaxsiy imkoniyatlarini rivojlashtirishga turtki bo’ladi. Shuningdek, ta’lim standartlari ikki komponentga bo’linadi; tashqi va ichki, lekin ular o’rtasi o’zaro aloqa mavjud bo’ladi.
Maktablar hayotida turli holatlarning bo’lishi tabiiy hol. E’tiborga molik holatlardan biri fan olimpiadalarida g’oliblarning ko’pchiligi an’anaviy ta’limga bo’ysinmaydigan o’quvchilar hisoblanadi. Ana shu munosabat bilan aytish mumkinki, ijodkorlik- bu hamisha doiradan , chegarada chiqish, bu mavjud bilim, tushinchalar, me’yorlarning o’zgarishi ta’limda yangi mazmunning yaratilishidir. Ijodkorlik natijalarini baholashning o’z me’yori, qoidasi va me’zonlari mavjud. Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda tuzilish asosi ( maqsad, tamoyil, mazmun va hokazolar)da o’quvchiga “bilim berish” dagi har qanday ta’lim turi tizimi bilan o’xshashdir.
Biroq o’quvchilarning ijodkorlik xususiyatiga ega bo’lgan qismi ta’lim standartida belgilangan bilmlar hajmidan o’zib ketishi mumkin. Buning sabablari quyidagilardan iboratdir; a) ijodiy yondashuv qobiliyatli bolalarga standartda beriladigan va tekshiradigan bilimga nisbatan ko’proq natijalarga erishish imkonini beradi; b) o’quvchilarning shaxsiy maqsadmo’ljali hamda individual ta’lim dasturi eng iste’dodli bolalarni qo’shimcha mashg’ulotlar, jumladan tanlagan mashg’ulotlari bilan ta’minlash imkonini beradi; v) o’qituvchilar tomonidan o’quv fani bo’yicha dasturi tuzish o’z dasturiga standartlardan o’zib ketish uchun savollar va mavzular kiritish imkonini beradi;
1) o’zib ketish samarasi maktab ichi, maktablararo olimpiadalar konferensiyalar, loyiha va boshqalarni ta’minlaydi;
2) standartlarda belgilangan bilim darajasidan o’zib ketish o’quvchilar tanlov bo’yicha fanlar, fakultativlar, ustaxona, laboratoriya, individual mashg’ulotlarning samaradorligiga yordam beradi.
O’quvchilarda ijodkor faoliyatini rivojlantirish hamda ular tomonidan an’anaviy ta’lim me’yorlarini o’zlashtirishiga yordam beradigan qoidalar quyidagilardir. O’quv jarayonining tuzilishi qanday natijalar va qanday shaklda nazorat qilinishiga bog’liq. Ma’lumki ijodiy faoliyatning natijalari ikki tomonlama xarakterga ega tashqi va ichki shuning uchun ham o’qituvchilarning ta’limda erishgan yutuqlari hamda ularning ichik sifati nazorat predmeti hisoblanadi.
Ta’lim shaxsning asosiy xususiyati sifati birinchi navbatda uning ichik rivojlanish natijasi bilan aniqlanadi. Ko’pincha ijodiy faoliyat diagnostikasi uchun turli xil testlar qo’llaniladi. Biroq, vaziyatli yondashuv ya’ni o’quvchilarni maxsus tashkil etilgan yoki tabiiy ta’lim vaziyatlaridan foydalanish yordamida diagnostika qilish samaraliroqdir.
Bunday hollarda tashxis qiluvchilar rolini taklif etilgan mutaxassis ekspertlar qanchalik bajarsa, amaliyotchi pedagoglar ham shunchalik bajaradilar, chunki ular sub’yektiv tajribalariga tayanadilar. Ta’lim natijalarining diagnostikasi, jumladan, o’quvchi qobiliyatining rivojlanish darajasini aniqlash o’qituvchining o’quvchida hosil bo’layotgan sub’yektiv “his etishi” yo’li bilan aniqlandi. O’quvchilarning ta’lim mahsuldorligini tahlil qilish va baholash usullari ularning ijodkorlik faoliyatini nazorat qilish metodi bo’ladi.
Mazkur mahsulotning turi va xarakteri, shuningdek pedagogning maqsadli ta’limiy ko’rsatmalari bunday tahlil elementlarini aniqlashga yordam beradi. Masalan, o’quvchilar ijodkorligini rivojlantirish zarurati ular ishining tahlil etishning quyidagi yo’nalishlarini yaratishga olib keladi: Ijod sohasi, ijod darajasi, mustaqillik darajasi, boshqa o’quvchilarning ishlaridan farqlanish darajasi o’zining oldingi ishlaridan farqlanish darajasi .
O’quvchi ta’lim mahsuldorligining har bir elementini son yoki sifat, jihatdan ball bilan yoki og’zaki baholashi mumkin. Ta’limiy taqriz, tavsif og’zaki shaklga qarab chiqiladi. Uch-besh, o’n balli shkalalar o’quvchilar ijodiy natijalarini son jihatdan baholash imkonini beradi.
O’quvchilar bilimi sifati quyidagi usullar bilan baholanadi :
a) javobdagi ijod elementlarining soni bo’yicha;
b) javob elementlarining farqi bo’yicha ;
v) javobning o’quvchining o’zi yoki sinfdoshining ishiga nisbatan yangiligi bo’yicha;
g) yaratilgan obraz, ramz yoki ifodaning lo’nda va ixchamligi bo’yicha; javob uchun foydalanilgan imkoniyatlarning ko’pqirraligi bo’yicha;
y) olingan natijalarning amaliy ahamiyati foydalanishi bo’yicha;
O’quvchilardagi shaxslik sifatlarining rivojlanish darajasi ular diagnostikasining dastlabki va oxiridagi natijalarini taqqoslash asosida aniqlandi. Kuzatish, testlar, o’quvchilar bilimi mahsuldorligini tahlil etish metodikasi yordamida har bir o’qituvchi uch turkumda ijodkorlik sifat, bilishga doir va faoliyatni tashkil etish kabi guruhlashtirilgan sifatlarining rivojlanish darajasini belgilaydi.
Har bir o’quvchining shaxslik sifatlarini rivojlanish darajasini baholash uchun quyidagilardan foydalaniladi :
a) o’quvchiga yozma ta’limiy tavsifnoma;
b) uning ta’limiy erishgan natijalari; v) ijodkorlikda kuzatiladigan pedagogik konsiliumlar, testlar va boshqa materiallar natijalari ;
g) fikrlarni ifodalovchi anketa va o’quvchilarning o’z-o’zini baholashi.
O’quvchining sifat rivojlanishining yakuniy bahosi uch daraja bo’yicha belgilanadi:
O’quv yili davomida o’quvchining shaxslik sifatlari ijobiy o’zgargan taqdirda “yuqori” deb baholandi, bu uning eng ko’p imkoniyatga egaligi namoyon bo’ldi; agar o’quvchining imkoniyati qayta bo’lganu,ammo o’zgarish yuz berganda “o’rta”, o’zgarish sezilmagan taqdirda “past” deb baholandi.
Olingan natijalarni tabaqalashtirish maqsadida besh darajali shkaladan foydalani samaralidir, unga “o’rtadan yuqori”, “o’rtadan past” kabi darajalar ham qo’shiladi. Har xil o’qituvchilar tomonidan aynan bir xil o’quvchilarga oid olingan ma’lumotlar o’rganilganda bu ma’lumotlar ta’lim jarayonining ham yaxlit, ham har bir o’quvchi bo’yicha samaradorligi to’g’risida mulohaza yuritish imkonini berdi.
“Bizning ajdodlarimiz hamisha uzoqni ko’zlab yashagan.
O‘quvchilarning milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda sinf rahbarining roli g‘oyatda katta. Sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda maktab rahbarining yaqin yordamchisidir: u o‘z sinfida dars oluvchi o‘quvchilarning, kamolot va yetakchi tashkilotlarning, ota-onalarning tarbiya sohasidagi ishlarini, faoliyatlarini birlashtiradi, butun sinf va har bir o‘quvchi oldiga qo‘yiladigan talablarda va ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda birlik bo‘lishini, shuningdek, sinfdagi hamma tarbiyaviy ishlarning rejali, tartibli olib borilishini ta’minlaydi.
Sinf rahbari darsdan tashqari vaqtda o‘z sinfidagi o‘quvchilar o‘rtasida tarbiyaviy ish olib boradi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida tashkilotchi va tarbiyachi sifatida ham ish olib borib, o‘quvchilarning hammasini bahamjihat, bir jamoa qilib uyushtiradi, bu jamoada tarbiya ishlarini olib boradigan bir obyektgina bo‘lib qolmaydi, balki o‘zining har bir a’zosini o‘zi tarbiyalaydi ham.
Bu o‘qituvchi shu sinfga bir necha yilgacha rahbarlik qilib boradi. Sinfni bir sinf rahbari ikkinchi bir sinf rahbariga topshirganda har ikkalasi ham butun sinf va har bir o‘quvchi bilan olib borilgan tarbiyaviy ishlarni rejali, tartibli ravishda davom ettirishga harakat qilmog‘i lozim. Sinf rahbari o‘z ishida muvaffaqiyat qozonish uchun har bir o‘quvchining nazariy va amaliy bilimlarini chuqur o‘zlashtirib olishga doimo harakat qilishi zarur.
O‘quvchilarning bilim saviyasini kengaytirish choralarini ko‘rmog‘i va ularning darslarni yuksak darajada o‘zlashtirib olishlari uchun kurashmog‘i kerak. Bu ishda sinf rahbari pedagoglar jamoasiga suyanmog‘i lozim. O‘z sinfida o‘qitiladigan hamma fanlardan xabardor bo‘lgan sinf rahbari shu sinfda dars beruvchi o‘quvchilarning ishlarini bir-biriga bog‘laydi, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya jihatidan ta’sir ko‘rsatishi tadbirlari yo‘llarini sinf o‘quvchilari bilan birgalikda, ular bilan maslahatlashib ishlab chiqadi va bu tadbirlarni amalga oshirish choralarini ko‘radi.
Sinf rahbari o‘quvchilarning yaxshi o‘qishi ularning eng birinchi vazifalari ekanini, maktabda o‘tiladigan fanlarning hammasi ham muhimligini, bolalar darslarni rasmiyat uchungina, kitobdagina o‘qib qo‘ya qolmasdan, balki chinakamiga bilib olishlari lozimligini, olgan bilimlarini amalda qo‘llay bilishlari kerakligini, shuning uchun mustaqil bilishlari zarurligini tushunib olishlariga yordam beradi.
Sinf rahbari o‘quvchilarning har jihatdan yetuk kishi bo‘lib o‘sishlari, ularning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiya hamda politexnika ta’limi olishlari yo‘lida jonbozlik ko‘rsatishi, bu sohada o‘quvchilarning o‘z tashabbuslariga suyanishi, sinfdan tashqari turli ishlarni yo‘lga qo‘yishi va bolalar maktabdan tashqari muassasalari bilan aloqa bog‘lashi kerak.
Sinf rahbari sinfdagi barcha o‘quvchilarning, o‘g‘il va qiz bolalarning o‘qishiga va umumiy ishda do‘stona, hamjihat, bir jamoa bo‘lib o‘qishlariga yordam berishi, o‘g‘il va qiz bolalar bir-birlarini hurmat qilishlarini o‘rgatishi lozim. Sinf rahbari o‘quvchilar maktabga kelgan birinchi kundan boshlaboq, ular o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yib, tarbiyaviy ish shakllarini sinfdagi bolalarning yoshiga qarab murakkablashtirishi, bolalarning har bir yoshda hosil qilgan madaniy xulq malakasini mustahkamlab borishi lozim.
Sinf rahbari o‘z rahbarligidagi sinfda dars beruvchi o‘qituvchilar bilan, o‘quvchilarning ota-onalari bilan, yetakchilar bilan, maktab kutibxonachisi bilan, maktab shifokori bilan, kerak hollarda esa, maktabdan tashqari muassasa pedagoglari bilan hamda bolalar uy tarbiyachilari bilan aloqada bo‘lishi lozim.
Sinf rahbari ba’zan ayrim o‘qituvchilarning darsiga kirib o‘tiradi (bir o‘qituvchining o‘rniga ikkinchi bir o‘qituvchi tayin bo‘lganda ularning ta’lim-tarbiyaviy ishida birlik bo‘lishini kuzatish uchun ketma-ket 2 — 3 darsga kirish tavsiya qilinadi), to‘garak mashg‘ulotlari vaqtida qatnashadi. Sinf rahbari ota-onalar bilan mustahkam aloqa bog‘lab, zaruriyat tug‘ilganda, ota-onalar bilan birgalikda bolalarga ta’sir qilish va ularning kamchiligini tuzatish choralarini ko‘radi va belgilangan choralarni bolalarning ota-onalari bilan birgalikda qattiq turib amalga oshirishga harakat qiladi. Oila bilan aloqa bog‘lash usullaridan biri sinf rahbarining ota-onalarni suhbat uchun maktabga chaqirishidir.
Ota-onalarni o‘quvchilar intizomni buzgandan keyin yoki o‘qishda orqada qola boshlagandan keyingina suhbatga chaqirmay, balki oldinroq chaqirishni odat qilish kerak. Shuningdek, intizomni buzgan yoki yaxshi o‘qimagan bolalarning uylariga borish bilangina kifoyalanmay, balki yaxshi tarbiya namunalaridan foydalanish va umuman, bolaning oila hayoti bilan tanishish uchun ham o‘quvchilarining uylariga borishlari lozim.
Sinf ota-onalar majlisini yilda to‘rt marta, ya’ni yilning har bir choragida o‘tkazib turish lozim. Bundan tashqari, birinchi va ikkinchi sinflarda o‘quv yili boshlanishi oldidan ham otaonalar majlisi o‘tkazilishi kerak. Bu majlislarda sinf rahbari otaonalarni sinfdagi ta’lim-tarbiya ishlarining ahvoli bilan, bolalarning yoshi oshgan sari tarbiya sohasida tug‘iladigan yangi vazifalar bilan tanishtiradi. Sinf rahbari, ba’zan, ayrim o‘quvchilar yordamida ota-onalarini sinf hayotidan olingan amaliy misollarda pedagogikaning asoslari bilan tanishtiradi.
Ba’zi otaonalarni boshqa kishilar oldida hadeb uyaltiraverishi va kamsitaverishdan saqlanish kerak. Sinf rahbari ota-onalar majlisidan keyin har bir ota yoki ona bilan yakka-yakka suhbat qilmog‘i lozim. Ota-onalarga o‘quvchilarning daftarlarini va boshqa shu kabi ishlarini ham ko‘rsatishi zarur. Ota-onalar yig‘ilishida o‘quvchilar o‘z ishlaridan vaqt-vaqti bilan hisob berib tursalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin bunday hisobot uzoq cho‘zilmasligi, o‘z ishini ko‘pchilik oldida chiqib ko‘rsatishga tayyorlangan bolalarni uzoq kuttirib qo‘ymasligi kerak. Sinf rahbari ota-onalar faolligini aniqlashi va o‘z atrofiga to‘plashi lozim. Bu faol o‘quvchilarning maktab va oilada belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishlarini, darslarni o‘zlashtirishlarini nazorat qilib borishda sinf rahbariga yordam beradi.
Darslarini o‘zlashtirmay qolgan o‘quvchilarga ayrim hollarda sinf rahbari yordam beradi. O‘quvchilarning uyiga borib ularning ahvoli bilan tanishadi. O‘quvchilarning darslarini o‘zlashtirmaslik, darsga kelmay qolishlik yoki darsga kechikib kelish sabablarini aniqlashida sinf rahbariga yordam beradi, muhtoj o‘quvchilarga moddiy yordam berish choralarini ko‘radi. Sayohatlar o‘tkazishda, sinfdan tashqari ishlar olib borishda, o‘quvchilarning dam olishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda yordam beradi. Sinf rahbari olib boradigan tarbiyaviy ishlarning muvaffaqiyat qozonishi ko‘p jihatdan uning aniq reja bilan ishlashiga va ishlarini yaxshi hisobga olishga bog‘liqdir.
Sinf rahbarining umummaktab rejasi asosida tuzgan ish rejasi sinfdagi o‘quvchilar jamoasining hayotini ma’lum bir yo‘lga solishi va o‘quvchilar bilan ota-onalarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan tarbiyaviy ta’sirida birlik bo‘lishini ta’minlashi lozim. Sinf rahbarining ish rejasi tarbiyaning umumiy vazifalariga, sinfning xususiyati talab qiladigan aniq vazifalarga va maktab oldida turgan navbatdagi vazifalarga muvofiqlashtirib tuzilishi kerak. Sinf rahbari o‘quvchilar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarining choraklik rejasini tuzib, maktab rahbarining tasdig‘iga topshiradi.
Sinf rahbariga, ayniqsa, birinchi marta ish boshlagan sinf rahbariga yangi sinf topshirilganda maktab ma’muriyati sinfdagi o‘quvchilar bilan tanishib chiqishi uchun ma’lum muhlat berishi lozim, busiz tarbiyaviy ishlar rejasini tuzib bo‘lmaydi. Sinf rahbari o‘quvchilar o‘rtasidagi tarbiyaviy ishlar rejasini tuzib chiqishi oldidan shu sinf haqidagi hamda ayrim o‘quvchilar haqidagi tavsifnomani e’tibor bilan o‘qib chiqadi. Pedagoglar kengashida reja to‘g‘risida berilgan ko‘rsatmalarni ham nazarda tutish lozim.
Mana shularning hammasi sinf bilan olib boriladigan barcha ishlarni yaxshi o‘ylab olishga imkon beradi. Sinf rahbari o‘quvchilar bilan olib boradigan individual ishlarini turli vaqtda o‘tkazadi. Sinf rahbarining rejasida sinfdagi hamma o‘quvchilar bilan oyda ikki-uch marta darsdan bo‘sh soatda uchrashuv ko‘zda tutiladi. Darsdan bo‘sh soatlarida o‘quvchilar majlisi o‘tkazish, ekskursiyaga borish va sayr qilish, badiiy havaskorlik to‘garaklarining o‘yin-kulgi ko‘rsatishiga tay- 206 yorgarlik ko‘rish ishlari rejalashtirilishi mumkin. Bunday soatlarda sinf rahbarining o‘zigina so‘zlab, o‘quvchilarning ba’zi nasihatinigina eshitib o‘tiradigan „suhbatlar“ o‘tkazishga yo‘l qo‘- yish yaramaydi. Sinf rahbarining chorak uchun tuzgan rejasida o‘quvchilar va ota-onalar bilan o‘tkaziladigan majlislarning muhlati ko‘rsatilishi ham kerak. Sinf rahbari sinf hujjatlarining, birinchi navbatda, sinf jurnalining yaxshi yuritilishini doimo tekshirib boradi.



Download 70,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish