2.2 Sinf rahbarining o’quvchilarni o’rganish metodikasi.
Sinf rahbari o’z o’quvchilarini bilmasa, u o’quvchilarga yondashishda, pedagogik ta’sir ko’rsatish metodikalarini tanlashda katta xatolarga yo’l qo’yishi mumkin. Shu sababdan ham sinf rahbari o’quvchilar shaxsini balki jamoani ichki muhitini ham bilishi zarur.
Bunda,O’quvchilarning individual xususiyatlarini hamisha va hamma holda hisobga olmoq zarur, o’quvchilarga individual yondashish bu har qaysi o’quvchining xususiyatiga individual moslashish emas. Bu eng avvalo har qaysi o’quvching individual xusiyatini, uning shaxsiy tajribasini hisobga olgan holda unga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning yanada samarali yo’lini faol qidirib topish. O’quvchilarga tarbiya berish jarayonida ularga individual yondashish har qaysi o’quvchini o’z nazar-e’tiborida tutishdan, uning xususiyatlarini bilishdan, uning ijobiy xislatlariga tayanishdan, unga o’g’ir vaziyatlarda muntazam yordam ko’rsatib borishdan va uni yaxshi xatti-harakatlari uchun rag’batlantirib borishdan iboratdir.
O’quvchilarni o’rganib ularga tarbiyaviy ta’sir ko’rsartish, o’quvchini o’rganish pirovard maqsad emas, balki ularga ta’lim-tarbiya berish uchun zaruriy shart-sharoitdir. O’quvchilarni o’rganish borasidagi ishlar shaxsini kamol toptirishning tabiiy tarzda faol ishtirok etishi bilan, o’quvchilarda zaruriy ma’naviy xislatlari va harakterini tarkib toptirish bilan organic ravishda qo’shilib ketadi. Sinf rahbari o’quvchilar xulq-atvoridagi ijobiy xislatlarni rivojlantirish, salbiy xislatlarga barham berishni “loyihalashtiradi”.
O’quvchilarni o’rganishni rejali tarzda va muntazam olib boorish darkor. O’quvchi xulq-atvoridagi yakka-yarim uchraydigan va tasodifiy voqealarni emas, balki uning shaxsida juda ko’p uchraydigan tipik xususiyatlarni o’rganmoq kerak. Shuni hisobga olish kerakki, o’quvchilar har doim o’sib-rivojlanib boradi va shu bilan birga ularning qiziqishlari ham domiy o’zgarib turadi. Shuning uchun ham o’quvchilarni faqat rivojlanishga o’rgatmoq zarur.
O’quvchilarni tabiiy hayot va ish faoliyati sharoitida o’rganish. O’quvchi ta’lim jarayonida ijtimoiy foydali maslahatga va jamoat ishiga jalb qilish lozim.
O’quvchilarning oqituvchi, o’quvchilar jamoasi, ota- onalar va tevarak-atrofdagilar bilan krishadigan munosabatlarini o’rganish lozim. Bu munosabatlart jarayonida shaxs yanada to’la ochiladi. O’rganishda turli metodlar va usullardan foydalanish mumkin. Ota-onalar bilan suhbat jarayonlari ham bolani o’rganishga yordam beradi.
O’quvchilarni o’rganob ularni hayoti va turmush sharoiti bilan tanishish. O’quvchilarning axloqiy xislatlari, uning yutuq va kamchiliklari, ta’lim-tarbiya olish jarayonida uy sharoiti, tashqi muhit ham inobatga olinadi.
Shaxsning alohida xususiyatini emas, balki butun shaxsini o’rganmoq darkor. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarning turli bosqichlarida o’quvchi xulq-atvorining ayrim tomonlarini o’rganishga e’tiborr qaratishi mumkin. O’quvchini har tomonlama o’rgatishga erishmoq uchun, dasturni oldindan yaxshi o’ylab tuzish, o’quvchilarni o’rgatish rejasini, suhbat savollarini insholar mavzularini tanlab olish zarur.
Sinf rahbari sinf o’quvchilari haqida quyidagi tavsifnomaga ega bo’lishi kerak:
Sinfda jami... o’quvchi,... tasi qiz, ...tasi o’g’il bola
shulardan ...tasi “bolalar va o’smirlar” uyushmasi a’zosi.
O’quvchilarning bilim darajalarini nazorat qilishning reytinga ko’ra a’lochi va o’zlashtirmovchi o’quvchilar soni milliy tarkibi sinflarning parallel sinflar o’rtasida tutgan o’rni o’quvchining yashash joyi sinf faollari ota-onalar kengashi tarkibi ta-onasi yo’q o’quvchilar yordamga muhtoj o’quvchilar ro’yhati o’quvchilarning darslik bilan ta’minlanganligi maktab kutubxonasiga a’zo bo’lganlar soni.
Sinf rahbari rahbarining o’quvchilarni o’rganishdagi dastlabki ishi va to’playdigan ma’lumotlari shulardan iborat. Shuningdek, sinf rahbari bilishi kerak, o’quvchining ota-onasi qayerda, kim bo’lib ishlaydi, oilaning tarkibi uning madaniy darajasi qanday, oiladagi o’zaro munosabatlar, oilada bolaga yordam berishning o’ziga xosligi, bolaning uydagi kun tartibi va maishiy ahvoli, bolaning uy va jamoat ishlarida ishtiroki, uni maktabdan tashqaridagi do’stlari va tanishlari, o’quvchi ta’tilda qayerda bo’lishi, bolaning hayotidagi eng muhim voqea-hodisalar, o’quvchi salomatliging ahvoli bu xodimlarning ma’lumotiga ko’ra.
O’quvchilar jamoasi mustaqil tashkilotdir, ammo u pedagogik rahbarlikka muhtoj. O’quvchilarni o’z holiga tashlab qo’yish ham, ayni vaqtda bolalar jamoasiga nisbatan ma’muriyatchilik ham, buyruqbozlik yo’liga o’tib olish ham mumkin emas. Birinchi holda, sinf rahbari bu ishlardan umuman chetlashib, o’quvchilar bilan aloqaning susayishiga yo’l qo’ysa, ikkinchi holda u tazyiq yo’liga o’tib, o’quvchilar mustaqilligini yo’qqa chiqaradi. Sinf rahbarining bosh vzaifasi, bolalar jamoasini faoliyatini mohirlik bilan boshqarish, o’quvchilar tashabbuskorligini o’stirish, sinf jamoasi faolligi va mustaqilligini tarkib toptirishdan iborat.
Jamoa va jamoada tarbiyalash- tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o’ynashi to’g’risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o’rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. O’quvchilar jamoasi o’ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga ega. Uning xusiyatlari esa quyidagichadir:
Jamoaning o’ziga xos xususiyatlari Ijtimoiy ahamiaytga ega yagona maqsadning mavjudligi Birgalikdagi umumiy faolaiyatning tashkil etilishi.Majburiy, ma’suliyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi Saylangan umumiy rahbariy ongga egalik Shuningdek, sinf rahbari o’quvchilar jamoasini shakllantirishda quyidagi o’qituvchi-olim L.I. Nikova taklif etgan jamoani shakllantirish bosqichini qo’llashi mumkin.
Jamoani dastlabki jipslashtirish Jamoani shakllantirish asosida uning har bir a’zosini individual rivojlantirish Jamoaning umumiy faoliyatini yo’lga qo’yish.Sinf jamoasi tarkibida o’quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faolaiyat o’qish faoliyatidir. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Sinf rahbari esa bu jarayonda o’quvchilar jamoasida ularni nazorat qilish, boshqarish, rivojlantirish va psixologik muhitni saqlashni ta’minlaydi.
Shuningdek, sinf rahbari o’z guruhidagi psixologik muhitni, uning jipsligini, guruhda o’quvchilarning bir-biriga bo’lgan munosabatini aniqlashda psixologning yordami va o’rni alohida ahamiyatga ega.
Bunda sinf rahbari psixolog yordami bilan bir qancha metodikalar o’tkazish orqali guruhdagi o’zaro munosabat va iqlimni bilib olishi mumkin. Quyida shunday metodikalardan biri bilan tanishtirsam.
Sotsiometriya metodikasi. Sotsiometrik so’rov usuli psixologik amaliyotda keng qo’llanib kelinayotgan usullardan biri sanaladi.Ishning bajarilishi. Metod yordamida jamoa yoki guruhni o’rganish uchun guruh a’zolariga savol beriladi. Savollar guruh yoshiga, darajasiga moslab tuzilgan bo’lishi kerak.
Darhaqiqat, alohida sinf birlashib o’quv yurtini tashkil etadi.Alohida sinf jamoalari qo’lga kiritgan ta’lim-tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun o’quv yurti lamoasining muvaffaqiaytini ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan, sinf rahbarining ma’suliayti jamiyat oldida rahbarlik ma’suliaytidan kam emas. Shuning uchun maktab direktorlari sinf rahbari vazifasiga tajribali, tashkilotchi mehnatsevar, mahoratli, yosh avlodni sevadigan o’qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar.
Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri bu- o’quvchining o’qishga bo’lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobiliyatini rivojlantirish, kasb hunarga bo’lgan layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o’quvchining bo’lg’usi hayoti rejalarini amalgam oshirish, o’quvchilarning salomatligini muhofaza qilishdan iborat. Faolarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro’sini ko’tarish, o’z vaqtida ularga tegishli yordam ko’rsatish sinf rahbaring bevosirta asosiy vazifasidir.
Pedagogning o’quvchilarga nisbatan bo’lgan munosabati mehr, xayrihohlik yordamida ifodalanishi kerak. Ma’lumki, rivojlanish uchun yordam berish bu albatta murakkab jarayon bo’lib, bular o’qituvchidan juda katta e’tibor, diqqat, bilim, ma’suliyat va pedagogic mahoratni talab qiladi. Jumladan, bu borada buyuk pedagog A.S. Makarenko “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq,jahldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalansin “ – degan edi.Ta’lim muassasasi o’qituvchisining malakasi maxsus va pedagogic fanlar bilan yoritiladigan ikki qirraga ega bo’lishi lozim.
U doimo “Nima uchun o’qitish kerak?”, “Qanday o’qitish kerak?” degan savollarga javob topishi zarur. Bu javoblar pedagogika fanining asosiy qoidalari va qonuniyatlariga mos holda talqin qilinishi, shuningdek, ta’lim xususiyatlari e’tiborga olingan bilimlarga asoslangan bo’lishi lozim. O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadilar, turli vaziyatlarga duch keladilar. Shuning uchun ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi.
Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar, ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko’ra belgilanadi. Bu jarayonda ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi.Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay ishlashni taqozo etadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarniko’ngildagiday olib borishda o’sib kelayotgan yosh avlodni yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalashda oila va mahalla hamkorlikda ish olib borishi lozim deb o’ylayman. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, tahlil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarosi bo’lishlari lozim.
Shaxsning oila muhiti, jamiyatda shakllanishi Mavzuning maqsadi va vazifasi shaxsning shakllanishida oila muhiti, kollektiv va jamiyatning ta’sirini ifodalash, kollektiv, kollektivizm, shaxsning jamiyatga aloqadorligi tushunchalarini shakllantirishdir.
O’qituvchi uyga berilgan ikki topshiriq haqida gaplashib bo’lgach, uchinchi savolga javob berishni bir-ikki o’quvchidan so’raydi. O’quvchilar avvalo otaonalaridan yoki opa-akasidan, keyin esa tarbiyachilari, o’qituvchilari, mahalla- kuydan minnatdor ekanligini aytadilar, o’qituvchi xulosa qiladi: - Javobingizdan ma’lum bo’ldiki, shaxsning kamol topishi avvalo oila muhitiga bog’liqdir.
O’zbek xalqining buyuk shoiri Alisher Navoiyning quyidagi she’riy parchasiga e’tibor bering. Tifl, ya’ni bolani kichikligida parvarishlash, ya’ni tarbiyalash kerak, sadaf qatoriga kirgan qatra, ya’ni dur odamlarning boshida turish sharafiga muyassar bo’ldi. Huddi shuningdek, ota-ona go’yo sadaf, bolalar esa ularning bag’ridagi qatralar - durlardir.
Oiladagi sharoit, oziq-ovqat va jihozlar ta’minoti, o’zaro munosabatlar: erxotin, bobo-buvi, qaynona-qaynota, aka-uka, opa-singil, tog’a-amaki hamda boshqa qarindoshlarning bir-biriga muomalasi oila a’zolarining birgalikda ishlashi, dam olishi, adabiyot, san’at, ilm-fan va sport bilan shug’ullanishi, daromad, ruhiy-ma’naviy holatlar, qo’ni-qo’shnichilik aloqalari, mahalladagi to’y-ma’rakalarga qatnashish va hokazolar oila muhitini tashkil etadi.
Oila muhiti axloq-odob, madaniyat qoidalari asosida tashkil topsa, bola shaxsining to’g’ri shakllanishi uchun shart-sharoit yaratilsa, bunda oiladagi bolalar to’g’ri kamol topadi. Misol tariqasida Ulьyanovlar oilasidagi muhitni, unda aka-ukalarning bir-biriga o’qish-yozishni o’rgatgani, aqlni rivojlantiruvchi shaxmat va boshqa o’yinlarni doimiy o’ynagani, ota-ona esa bolalarining mashg’ulotlariga rahbarlik qilishgani, ularga yaxshi sharoit yaratib berishgani, Volodya akasi Aleksandr va opasi bilan kitoblar, ijtimoiy hayot xususida qizg’in bahslar qilganini gapirish, shuningdek, mahalladagi, qishloqdagi ibratli oilalardan misollar keltirish maqsadga muvofiqdir.
Oila muhitining ahamiyati shundaki, boladagi tabiiy iste’dodning qirralari dastlab shu yerda ko’zga tashlanadi. ‘Insonlarda bo’lgan tabiiy iste’dod yog’ochdagi yonish xususiyatiga o’xshaydi: yog’ochga o’t qo’yilmasa, yonmaydi’ (‘Kalila va Dimna’dan).
Binobarin, bola iste’dodining yonishi oiladan boshlansa, shuncha yaxshi. Ota-ona o’z bolasini kuzatib borib (go’dakligidanoq) boshqa bolalardan farqini, nimaga qobilu, nimaga qobilmasligini aniqlasa, uni qobiliyati kuchli bo’lgan tomonga turtki bersa, rivojlantirsa, shaxsning iste’dodi shuncha yorqin va tez ko’zga tashlanadi.Murg’ak ongli go’dakning himoyaga, yordamga, rivojlantirishga muhtoj qiziqishi, intilishini birinchi bo’lib ota-ona sezmasa, kim sezadi?!
Ko’zlarini mo’ltiratib turgan go’dak, faqat sizga non uchun jovdirab qarayotgani yo’q-ku! Uni tushuning, his qiling, unga yo’l oching! Qobiliyati, iste’dodi bolaligidanoq ota-onasi yohud boshqa bir murabbiy yordamida rivoj topgan kishilardan buyuk daholar yetishib chiqqan. Bolaning yuragini tushunmay, hadeb arzir-arzimas ro’zg’or, tirikchilik ishlariga qayrab solaverish ham to’g’ri emas. Bola musiqa, rasm, adabiyot, fanga yoki boshqa hunarga qiziqayaptimi? Ota-ona bu haqda o’ylab ko’rishi, go’dakka madad berishi kerak. To’g’ri, bu oson emas, juda tadbirkor, zahmatkash bo’lishni talab etadi.
Oila muhitidagi ota-ona va bolalarning munosabatiga to’xtalib, quyidagi rivoyatni keltirish mumkin. Ibn Sino kollektivdan, jamiyatdan ajralib tarbiya topgan bolaning baxtsiz bo’lib qolishini ta’kidlaydi. Inson oilada dunyoga kelgani bilan jamiyatga aloqadordir. ‘Forobiy fikricha, insonning va jamiyatning g’alabaga erishuvi, yaxshilikni qo’lga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka erishuvi, inson va jamoaning o’z qo’lidadir. ‘… tabiiy boshlang’ichlar ta’siri ostida kamol topib insonga aylanishgina kifoya qilmaydi, chunki inson bo’lib, insoniy kamolotga erishuvi uchun so’zlash va kasb-hunarga muhtojdir’. O’z-o’zidan ma’lumki, bu ehtiyojlar jamiyatda qondiriladi. Marksizm-leninizm asoschilari bu masalani atroflicha hal qilib berishgan.
Kollektiv jamiyatning kichik bir bo’lagi, u shuning uchun ham o’zida jamiyatning siyosiy, axloqiy, estetik va boshqa g’oyalarini mujassamlashtiradi (I.V.Dubrovina).
Kollektiv haqidagi pedagogik qarashlar A.S.Makarenko, N.K.Krupskaya va boshqa sovet pedagoglarining ishlarida o’z aksini topgan. Kollektiv bir maqsad, bir intilish yo’lida birlashgan, shu maqsad yo’lida iqtisodiy tafakkur, ijodiy kuchquvvatlarini, faoliyatlarini bag’ishlaydigan kishilar guruhidir. Kollektivizm tuyg’usi ham ana shu uyushgan shaxslarning ma’naviy-ixtiyoriy birligidan kelib chiqadi va shaxs, guruh, jamiyatning maqsad yo’lida birlashuvi bilan belgilanadi.Kollektivizm jismoniy, aqliy mehnat faoliyatida, ma’naviy-axloqiy sifatlarning ma’lum ma’noda umumiy bo’lishida yaqqol ko’rinadi.
Maktabning o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv mashg’ulotlaridan tashqari xilma-xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan.Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish shakllaridan biridir. Sinfdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega.
Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi.O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg’ulotlarni tanlab olishadi ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi. Maktab va sinfdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.
Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:
Pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini shakllanganlikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish;
Ulg’atgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur.
Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar
bir necha xilda bo’lishi mumkin:
fan to’garaklari;
mohir qo’llar to’garaklari;
duradgorlik to’garaklari;
sport to’garagi;
badiiy havaskorlik to’garagi.
O’rta umumta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to’garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo’lgan o’z o’quvchilarini biror to’garakka a’zo bo’lishga chorlaydi. Sinfdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularni dunyo qarashini to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’lanishiga zamin yaratadi.
Sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko’p qirralidir.Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish;
o’quvchilarning sinfdan tashqari ko’p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish;
sinfdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish;
umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;
o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish;
Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko’rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy. Bular ko’pincha o’zaro uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladi. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin:
tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchliklarni tahlil qilish;
tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash;
tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, shakl va usullarini aniqlash;
sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko’zda tutilgan maqsadga erishish qiyin.Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoachining xilma-xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishga bog’liqdir.
Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o’quvchilarni ihtiyoriy ravishda birlashtiradi.Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir.
Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o’tkaziladigan kitobxonlar konferentsiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayoram kechlari va ertaliklari, to’garak mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. CHunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi.O’quvchilar sinfdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch keladilar. SHuning uchun ham o’quvchilarning sinfdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi.
Sinfdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar.
Sinfdan tashqari faoliyat unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko’ra belgilanadi. Bu jarayonga ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari bir bo’lsa-da, o’sha maktablarning o’ziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlr madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko’rinadi.
Tarbiyachilar, sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
Og’zaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yig’inlar, ma’ruzalar, kitobxonlar konferentsiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, og’zaki gazetalar, radiojurnallar.
Amaliy ish olib borish usullari, turli joylarga sayyohtlar, sport musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish foaliyati, yosh tabiatshunoslar to’garaklari, shanbaliklar.
Ko’rgazmali ish usullari. Maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko’rgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishlari lozim.
O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o’z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo’liga ega bo’lishi, xalq xo’jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
XULOSA
Tarbiyaviy ishlar bolalarning kundalik hayotidan olingan aniq dalillar va voqealarni, badiiy adabiyot, vaqtli matbuot, kinofilmlardan olingan misollarni tahlil etish hamda muhokama qilish asosida o’tkaziladi. Bu ishlarning xususiyati shundaki, bu bolalarni o’zining axloqiy xatti-harakatlari haqida mulohaza yuritishga va ularga to’g’ri baho berishga o’rgatadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o’quvchilarning darsdan bo’sh vaqtlaridagi o’quv-tarbiya jarayonini to’ldiradi va kengaytiradi, o’quvchilarning mustaqil bilim olishlariga, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishiga imkoniyat yaratadi.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. CHunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishi kerak.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko’p qirralidir. Ularga quyidagilar kiradi:
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.
O’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqan ko’p qirrali ishlarini o’quvchilar tashkilotlari va sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish.
O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
Tarbiyaviy ishning asosiy yo’nalishlari: o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish; ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash; o’quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; o’quvchilarda axloq madaniyatini, ularning o’z huquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatini tarbiyalash; o’quvchilarda o’zo’zini boshqarish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Boshlang'ich sinflarda o'quv jarayoni o'quvchilar uchun muhim maqsadga ega ularning o'zlarini o'zlashtirish va rivojlantirish. Bu maqsadga erishishda, sinf rahbarlari quyidagi qonun-qoidalarga amal qilishi kerak:
O'quvchilar bilan aloqani o'rnatish: Sinf rahbarlari o'quvchilar bilan do'stona aloqa o'rnatish uchun harakat qilishi kerak. Bu, o'quvchilarning sinfdagi ta'lim jarayoniga qiziqishlari va bo'sh vaqtlarida ularning muammolariga yechim topish uchun yordam beradi.
O'quvchilar bilan birga ishlashni o'rgatish: O'quvchilarga birga ishlashni, jamoatda faol bo'lishni o'rganishlariga yordam bering. Bu, o'quvchilar o'rtasida o'zaro ta'sir yaratishga, bir-biriga qarshi e'tibor berishga va ma'naviy his-tuyg'ularni rivojlantirishga yordam beradi.
Qiziqarli va ma'naviy mavzularni qo'llab-quvvatlash: Sinf rahbarlari o'quvchilarga qiziqarli va ma'naviy mavzularni tanlash va ularni o'rganishda yordam berishlariga yordam berishi kerak. Bu, o'quvchilarning o'zini o'zlashtirishiga yordam beradi va qiziqishlarini oshiradi.O'quvchilarga targ'ib qilish: O'quvchilarning amaliyotlarda, sinflarda va boshqa faoliyatlarida qiziqishlari, xohishlari va yuqori maqsadlarga erishishlari uchun ularni yuqoriga qarab tartibga solishingiz zarur.
Qat'iy va jismoniy ta'lim tizimiga rioya qilish: O'quvchilar jismoniy ravishda ham ta'lim qilishlari kerak. Sinf rahbarlari ularning badiiy qobiliyatlarini va talantlarini yondirishni xohlagan ilg'or yo'nalishni izlashga yordam berish kerak.Ma'naviyat va adabiyotni o'rganishni rag'batlantirish: Ma'naviyat va adabiyotga rioya qilish o'quvchilarning ma'naviy hayotini, adabiy sohalar bilan tanishishini, yangi nazarlar, tushunchalar va manbalardan foydalanishlarini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Bu esa, ularning odob-axloqini rivojlantirishga, ma'naviy zudlikni oshirishga va ularga hayotda maqsadli o'rin olishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |