Mavzu: Boshlang’ich sinfda matematika o’qitishni tashkil qilishda kompetensiyaviy yondashuv
Reja:
Kirish
I.bob. Kompetensiyaviy yondashuv asosida matematika o’qitishni tashkil etishning metodik asoslari.
1.1. Kompetensiyaviy yondashuv asosida matematika o’qitishning didaktik talablari.
1.2. Matematik kompetensiyalarni shakllantirishda didaktik o’yinlarning tarbiyaviy ahamiyati.
II.bob. Matematika o’qitishning shakl, metod va vositalari.
2.1. 4-sinf matematika o’qitishda kompetensiyalarni shakllantirish yo’llari.
2.2. 4-sinfda “O’nli kasrlar” mavzusini o’rgatishda kompetensiyaviy yondashuv metod va vositalari.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan har bir fanning ahamiyati uning texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Bu borada matematika ta’lim oldiga yuqori vazifalar qo’yiladi. Chunki, ishlab chiqarishning istalgan bir sohasini yoki har bir shaxsning kundalik hayotini olib qaramang, unda matematik tayyorgarliksiz ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi, ayniqsa, bugungi kunda. Chunki, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda, ularning mantiqiy tafakkuri va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda, shaxs sifatida o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirish va o’stirish, milliy va umuminsoniy qadryatlarni tarkib toptirishda hamda boshqa fanlarni darajada o’zlashtirishlarida zarur bo’ladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashlarida yetarli darajada matematik tayyorgarlikka ega bo’lishi asosiy rol o’ynaydi. Bugungi kunda matematika fanini o’qitishning asosiy maqsadi quyudagilarni o’z ichiga oladi1:
O’quvchilarda hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini ongli o’zlashtirilishiga hamda hayotga tadbiq eta olishiga erishish;
O’quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib boorish natijasida ularning aql zakovati rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning qulay yo’llarini topib olishiga ko’maklashish;
Insoniyat kamoloti, hayotining rivoji, texnika va texnologiya rivojlanib boorish asosida fanlarning o’qitilishga bo’lgan talablarini hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uyg’unlashtirish;
Matematika rivojiga qomusiy olimlarimizning qo’shgan hissalaridan o’quvchilarni xabardor qilish va ularda vatanparvarlik, milliy g’ururni tarkib toptirish hamda rivojlantirish, jamiyat hayotida matematikani hayotini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matrematika to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantirish;
O’quvchilarda ko’nikmalarni shakllantirish;
Mustaqil faoliyat yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish orqali o’quv jarayonini demokratsiyalashtirish va gumanitarlashtirishga erishish;
Do'stlaringiz bilan baham: |