Mavzu: Boshlang'ich sinf tasviriy san'st darslarini ilmiy pedagogik metod asosida organish



Download 9,36 Kb.
Sana05.03.2022
Hajmi9,36 Kb.
#483312
Bog'liq
Boshlangich sinflarda


Mavzu: Boshlang'ich sinf tasviriy san'st darslarini ilmiy pedagogik metod asosida organish
O‘rgatish metodlari – pedagogikada qabul qilingan ta’rifga ko‘ra qo‘yilgan masalani yechish uchun tanlangan yagona yo‘l sifatida ta’riflanadi. U mashg‘ulotdagi bolaning va oqituvchining butun faoliyatini o‘rgatish usullari – ayrim yordamchi vosita bo‘lib, mashg‘ulotdagi faoliyatning xususiyatini aniqlamaydi, u ta’limda tor ma’nodagi ahamiyatga ega.
Ayrim metodlar mashg‘ulot ishining umumiy yo‘nalishini aniqlamay, balki usul sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan: mashg‘ulot boshida she’r (hikoya) o‘qish beriladigan vazifaga bolalarning qiziqishini uyg‘otish uchun o‘qilsa, boshqa mashg‘ulotlarda esa she’r o‘qish oqituvchi uchun xizmat qiladi, ya’ni mashg‘ulot boshini tashkil qilish uchun qo‘llaniladi.
Yu.B.Babanskiy tasviriy san’at metodlarini faoliyatning umumiy harakteriga qarab, 3 guruhga klassifikatsiyalagan:
1-guruh: o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish. Bunga o‘quvchilarning ko‘rgazmali, og‘zaki, amaliy, induktiv va deduktiv, reproduktiv va muammoli-izlanuvchan, hamda mustaqil ishlari kiradi.
2-guruh: ta’lim berishning o‘quv faoliyatini stimullashtirish (qiziqtirish va rag‘batlantirish) va motivatsiyalash (maqsadga yo‘naltirish) metodlari. O‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va motivlashtirish; burch va javobgarlikni stimullashtirish motivlashtirish.
Yu.B.Babanskiy taklif qilgan bu metodlar asosan maktab ta’limiga mos bo‘lib, ularning 1-guruhidangina maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda foydalaniladi, ya’ni bu: ko‘rgazmali, og‘zaki, amaliy metodlar, hamda ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish uchun qaratilgan qisman reproduktiv mashqlardir.
Maktabda boshlang'ich sinf bolalarning mustaqil ishlari katta o‘rin egallaydi, faqat bu mustaqil ishlarga bolalarning murakkab muammoli masalalarni yechishi kirmaydi, chunki bunday murakkab masalalar uzoq vaqtni talab qiladi.
Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullari. Kuzatish metodi tasviriy faoliyatga o‘rgatish mavzusining umumiy asosini tashkil qiladi. Chunki u atrof-muhitni o‘rganishda, bilish, hamda uni aks ettirishda muhim omil sifatida xizmat qiladi. Bolalarda qanchalik kuzatish, atrof-olam ko‘rinishi bilan aloqa o‘rnatish, umumiylik va yakkalikni ajratish malakasi rivojlangan bo‘lsa, shuncha bolalar ijodiy qobiliyatininng rivojlanishi bog‘liq bo‘ladi. Lekin kuzatishning o‘zi ko‘rganni tasvirlab berishga to‘la imkon bermaydi. Bolalarni tasvirlashning muhim usullariga, turli tasviriy ashyolardan foydalanish yo‘llariga o‘rgatish zarur.
Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullariga naturadan, rasm reproduksiyalaridan, namunadan, boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanish, alohida predmetlarni ko‘rib chiqish, tarbiyachi tamonidan tasvirlash usullarini ko‘rsatib berish, bolalarning bajargan ishlarini mashg‘ulot yakunida ko‘rsatish, ularni baholash kiradi.
Naturadan foydalanish. Tasviriy san’atda naturadan foydalanish deganda, kuzatish asosida predmet yoki ko‘rinishni tasvirlash tushuniladi. Naturadan foydalanib ishlanganda chizayotgan kishining ko‘ziga nisbatan naturaning qay holatda turganini hisobga olgan holda ma’lum bir nuqtai nazardan turib, predmet ko‘rinishi tasvirlanadi. Bu naturadan olib tasviriy xususiyati mashg‘ulot mobaynida o‘zgacha idrokning rivojlanishiga ko‘mak beradi. Bunda asosiy tomoshabinning idroki bo‘lib, tekislikda tasvirlangan predmet (rasm, applikatsiya) faqat bir tamondan idrok qilinadi; loydan buyum yasaganda va qurish-yasashda bolalarda naturani o‘girib qurish, hamda hajm-shaklni turli xil burilishda tahlil qilish imkoni bo‘lishi kerak.
Men ozimizga yaqin bolgan 46 umumiy o'rta ta'lim maktabining 3 va 4 sinflarning Tasviriy san'at darslarini faol ravishda kuzatdim shundan xulosa qildimki avvalo oquvchilarni darsga qiziqtirish uchun korgazmali qurollardan foydalanildi va oquvchilarga tushunishga xam oson boldi
Download 9,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish