Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimiz mustaqillikni qо‘lga kiritgan tarixan qisqa davr ichida bunday yuqori natijalarga erishishimiz respublika hukumati tomonidan istiqlolning dastlabki kunlaridanoq о‘zimizga xos va о‘zimizga mos iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish modeli yaratilganligi, ya’ni ustuvor yо‘nalishlarni aniq belgilab olishi bilan bog‘liqdir. Hukumatimiz tomonidan inson manfaatlarini kо‘zlash va himoyalash barobarida, jamiyatimizning ajralmas qismi bо‘lgan alohida yordamga muhtoj qatlamga jiddiy e’tibor qaratib kelinayotganini kuzatamiz.
Jamiyatimizda о‘sib kelayotgan avlodning ta’limi va tarbiyasi borasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy yechimi uzluksiz ta’lim tizimining uzviy bо‘g‘ini bо‘lgan maktab bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli respublikada umumiy о‘rta ta’lim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilish zarurati alohida ahamiyat kasb etmoqdaki, «2004 -2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi tо‘g‘risida» О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bu masalani hal qilishga qaratilgan hujjat bо‘ldi.
Ushbu maqsadni amalga oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar uzluksiz ta’limning ajralmas qismi bо‘lgan maxsus ta’lim tizimini ham bevosita qamrab oladi.
Har bir oqil insonning, har bir jamiyatning muqaddas vazifasi, ta’bir joiz bо‘lsa, hayotning ma’nosi bо‘lgan qobil farzandlar о‘stirish, ularni ham jismonan, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iboratdir. Bugungi kunda yoshlarimizni har jihatdan mukammal, barkamol, keng dunyoqarashga, ijodiy tafakkur, intellektual salohiyatga ega bо‘lgan shaxslar etib tarbiyalashimiz zarur. Vatanimiz kelajagi bо‘lgan yoshlarni bilimdon, ma’naviy kamol topgan, g‘oyaviy yetuk insonlar qilib tarbiyalash hozirgi zamon pedagoglar, tarbiyachilar va ota-onalar qarshisida turgan dolzarb vazifalardandir.
Ta’lim respublikamizning ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor deb e’lon qilingan, demak, О‘zbekistonimizning kelgusi rivojlanishiga о‘zining munosib hissasini qо‘sha oladigan har tomonlama yetuk, barkamol insonni tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim vazifasi sanaladi.
Kichik yoshdagi bolalar nutqining rivojlanishi avvalom bor markaziy va pereferik nutq apparatining me’yorda rivojlanishiga bog‘liq. Shuning bilan birga bu jarayon bolani о‘rab turgan nutqiy muhitga (ya’ni oiladagi muhitga) hamda nutq mazmunini о‘zlashtirishga qaratilgan pedagogik ta’sirlarga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liq.
Garchi nutqning tо‘g‘ri tarkib topishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajriba, tо‘g‘ri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq bо‘lsa-da, ba’zi sabablar tufayli bola nutqi tо‘g‘ri rivojlanmaydi, yoki bola ilk yoshidan nutqsiz bо‘lib voyaga yetib boradi. Bunday bolalar nutqining rivojlanishidagi о‘ziga xos jihatlar ularning umumta’lim dasturlari bо‘yicha tо‘laqonli ta’lim olishlariga tо‘sqinlik qiladi, bundan tashqari nutq kamchiliklari bola shaxsining shakllanishiga ham salbiy ta’sir kо‘rsatib, uning maktab sharoitiga moslashish (adaptatsiyasi) jarayonining me’yorda kechishiga tо‘sqinlik qiladi. Og‘zaki va yozma nutqlari rivojlanishi о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘ladi.
Shuning uchun korreksion pedagogika va logopediyada nutq kamchiliklari bо‘lgan bolalarning og‘zaki va yozma nutqidagi buzilishlarni aniqlash, bartaraf etish muammosi о‘z dolzarbligini saqlab kelmoqda. Nutqida kamchiligi bor bolalar bilan umumta’lim maktablarida ishlayotgan logopedlar ularda nutq kamchiliklarini bartaraf etish ishlarini olib boradilar. Shunday ekan, nutqida kamchiligi bor о‘quvchilar nutqidagi buzilishlarni bartaraf etishning eng maqbul yо‘llarini qidirish zamonaviy logopediya va pedagogikaning dolzarb, nazariy va amaliy jihatdan ahamiyatli masalasidir.
О‘z fikrlarini savodli bayon etish, yozuv nutqidan muloqot va о‘z-о‘zini rivojlantirish vositasi sifatida foydalanish bugungi kunda nafaqat maxsus til
darslarining, balki ham maxsus va umumta’lim maktablarida, ham og‘ir nutq buzilishlariga ega bolalar uchun maxsus (korreksion) maktablarda umumta’lim jarayonining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu barcha muammolar nutq kamchiligiga ega bо‘lgan bolalar о‘qitish rus tilida olib boriladigan maktablarda tahsil olgan hollarda yanada murakkablashadi, ularning nutqidagi kamchiliklarni yanada kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |