~ 51 ~
O’qituvchi:
--- Uyga topshiriq qilib nima berilgan edi?
O’quvchi:
---Uyga vazifa qilib 837-838-misol va masalalarni bajarib
kelish berilgan.
O’qituvchi:
--- Yaxshi, hammamiz bajarganmizmi?!
O’quvchilar:
--- Ha-a-a!
O’qituvchi:
--- Uyga vazifani tekshirish uchun sizlar bilan “piramida” o’yinini
o’tkazamiz. Hozir sizlarni 3 guruhga ajrataman. Har bir guruh o’zi uchun
belgilangan plakatdagi tarqatmali savollarga javob beradi. Qay darajada vazifani
bajarganingizni savolga bergan javobingizdan bilib olamiz.
2) Yangi mavzu bayoni
O’qituvchi:
---Juda yaxshi, endi sizlar bilan “ Ikki xonali va uch xonali songa
bo’lish” mavzusinidagi 839-845-misol va masalalarni o’rganamiz.
Mavzuni boshlashdan oldin kim qanday kasb egasi bo’lmoqchi ekanini aniqlab
olamiz.
O’quvchilardan egallamoqchi bo’lgan kasblari so’raladi.
O’qituvchi:
--- Yaxshi. Endi mana shu kasblarimizni egallash uchun biz oladigan
bilimlar juda muhim ekanini bilib olamiz.
O’qituvchi:
---Hamma 839-masala shartiga e’tiborini qaratsin.
Do'stlaringiz bilan baham: