Kirish suhbatidan yangi bo’lim yoki yangi mavzuni o’rganish oldidan
foydalaniladi. Uning maqsadi o’quvchilardagi darsda o’rganiladigan masala
bo`yicha tasavvurlarni aniqlash yoki tiklashdir. Chunonchi, 3- sinfda «Dala
o’simliklari» mavzusini o’rganishga kirisha turib, kirish suhbati vaqtida bolalarga ushbu savollarni berish kerak: Kim dalada bo'lgan? Dalalarda nimalar o’sadi? Siz qanday madaniy o’simliklarni bilasiz? Siz qanday texnika o’simliklarini bilasiz? Sizga qaysi g‗alla oЈsimliklari ma‘lum? Faqat shundan keyingina o’qiituvchi yangi materialni tushuntirishga kirishadi.
Takrorlovchi suhbat o’rganilgan materialni mustahkamlash va fahmlab
olishga yordam beradi. U yangi material o'rganilgandan keyin, shu darsning o’zida mavzu yoki bo’lim o’rganilgandan so’ng 5 daqiqadan 20—25 daqiqagacha vaqt davomida o’tkaziladi. Takrorlovchi suhbat paytida ham mavzuni o'rganishdagi o’sha ko’rgazmali qurol va tarqatma tabiatshunoslik materialidan foydalaniladi.
Bayon qiluvchi suhbat o’quvchilarning o’zlari borliqning jism va hodisalarini kuzatishini nazarda tutadi.O’qituvchi tomonidan yo’naltirilgan o’quvchilar o’zlari uchun yangi obyekt va hodisalar bilan tanishadilar. Tirik tabiat burchagida o’tkazilgan tabiat obyektlari va tajribalarni kuzatishlar natijasida o’quvchilarda shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan atrof olamga tadqiqiy yondashish shakllanadi.
Bayon qiluvchi suhbat tadqiqiy xarakterga egadir, chunki u o’quvchilarning
tabiiy obyektlarni kuzatishlariga asoslanadi. Misol qilib, 3- sinfdagi «Poliz
ekinlari» mavzusi bo'yicha tabiatshunoslik darsini ko’rib chiqamiz. Dars
maktaboldi maydonidagi amaliy ishlar asosida o’tkaziladi va tadqiqot unsurlariga ega bo’ladi. Agar maktablarda maktaboldi maydoni bo’lmasa, unda tadqiqiy unsurlarga ega bo’lgan tajriba (masalan, «yaganalashning ildizmevalilar hosiliga ta‘siri»)ni tirik tabiat burchagi yoki tabiatshunoslik xonasida o’tkazish mumkin.
Tajriba yoki amaliy ish natijasida ushbu savollar bo’yicha tadqiqotlaming borishini yoritish mumkin: 1. Ildizmevali o’simliklarni aytib bering. 2. Ildizmevali o’simliklar orasida nima uchun oraliq qoldiriladi? 3. Nima uchun ildizmevali o’simliklarni yagana qilish va yulib olish kerak?
Masalan, o’qituvchi karam ko’chatlarini o’stirib, o’quvchilar bilan tajriba va nazorat paykallarida tadqiqiy elementlardan foydalangan holda ishlar olib boradi. o’tkazilgan tajribalardan keyin amaliy ishlarga asoslanib, suhbat yordamida quyidagilarni aniqlaydi: 1. Karam ko’chatini o’tqazish oldidan nima uchun ildiz uchi uzib olinadi? 2. Qaysi maqsadda karam ko’chatlari 70 sm oraliqda o’tqaziladi?
Shunday qilib, bayon qiluvchi suhbat davomida kirish suhbatidan farqli
ravishda o’quvchilaming aqliy faoliyatiga tadqiqot unsurlari kiritiladi.
Yakunlovchi suhbat. Yakunlovchi suhbat o'quvchilar o’rganilgan mavzu
bo’yicha xulosa chiqara olishlari uchun o'tkaziladi. Masalan, «Granit» mavzusi o'rganilgandan keyin quyidagi savollar bo’yicha yakunlovchi suhbat o’tkaziladi:
Biz qanday mavzu bilan tanishdik? Qanday yangiliklarni bildik? Granit qanday
Tabiatshunoslik darslarida ko'pincha suratlardan foydalaniladi. Masalan, «Dashtlar tabiati» mavzusini (4- sinf) o’rganishda o’qituvchi doskaga «Bahorda dasht» nomli suratni iladi va mavzu bo’yicha suhbat o’tkazadi: o’quvchilar suratda nimalar tasvirlangan? Suratda qanday o’simliklarni ko'ryapsiz? (qum qiyoqi, lola, gulsapsar, saksovul). Nima uchun dashtda o’simliklar kam? Nima uchun dashtda baland daraxtlar yo’q? Suratda tasvirlangan hayvonlarni sanab bering (burgut, ilon, kalxat, dasht qarg‗asi, o’q ilon, qum quyoni, chipor yashurka). Bu jonzotlar nimalar bilan oziqlanadilar? kabi savollarga javob berishlari kerak. Yordamchi savollar bo’yicha suratni tahlil qilib, o'quvchilar yangi ma‘lumot oladilar, chunki o’qituvchi o’quvchilarning javoblarini to’ldiradi, tushuntiradi va
aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |