Boshlang`ich sinf tabiatshunoslik sirlarini o’rganishda yangi texnologik jarayonlarni.
Ta‘lim mazmunining tarkibiy qismlari mazmuni va o’quvchilar tomonidan
o’zlashtirish usullari bilan farq qiladi.
Biologik ta‘limning asosiy g'oyalarini «Organizm — biologik sistema»,
«Ekologik tizimlar», «Organik olam evolyutsiyasi» tashkil etadi. Nazariyalar,
qonuniyatlar asosiy g‗oyani ilmiy yoritishga xizmat qiladi. Nazariya va
qonuniyatlar o’z ichida umumiy va xususiy tushunchalarni mujassamlashtiradi.
Boshlang`ich sinf «Tabiatshunoslik» o’quv fani tarkibiga kiritilgan
qo`shimcha quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Morfologik tushunchalar — o’simliklar va ularning organlari tashqi
tuzilishi haqidagi tushunchalarni o’z ichiga oladi.
2. Anatomik tushunchalar — o’simlik organlarining ichki hujnviаув tuzilishi
haqidagi tushunchalarni o’zida mujassamlashtiradi.
3. Fiziologik tushunchalar — o’simliklarda boradigan hayotiy jarayonlar
(oziqlanishi, nafas olishi, suv bug‗latishi) oziq moddalarning harakati, o’sishi,
vegetativ ko’payishi va h.k. haqidagi tushunchalanlaii iborat.
4. Ekologik tushunchalar — o'simlik organlarida yashash muhitiga bog‗liq
holda vujudga kelgan o’zgarishlar, o'simlik qoplamlari, ekologik guruhlari, hayotiy
shakllari haqidagi bilimlar majmuasidir.
5. Sistematik tushunchalar — o’simliklarda bo’lim, sinf, oila, turkum va
turga xos belgilar haqidagi bilimlar yig'indisi.
6. Agronomik tushunchalar — tuproq tuzilishi, o’g‗itlarning turlari, ulardan
foydalanish, o’simliklarni vegetativ ko’paytirish va parvarish qilish, agrotexnik tadbirlarni o’z ichiga oladi.
7. Olamni ilmiy bilish metodlari haqidagi tushunchalar mikroskop bilan
ishlash, mikropreparat tayyorlash, laboratoriya va tajribalar qo’yish, kuzatishlar o’tkazish, o’simliklarni tanish va aniqlash, gerbariy tayyorlash haqidagi bilimlardan iborat.
Mazkur tushunchalar keyingi sinflarda o’qitiladigan biologiya o`quv fanlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi va ularning guruhi kengayib boradi.
O’quvchilarda tushunchalar quyidagi bosqichlarda shakllantiriladi:
Tabiatshunoslik darslarida o’qituvchi o’quvchilarda muayyan tushunchalarni
shakllantirish uchun o’quv materialini ko’rgazmali vositalar asosida tushuntirishi, o'qituvchi axboroti yoki mustaqil ishlash natijasida o’quvchilar sezgi organlari orqali qabul qilingan axborotni tasavvur qilishi, idrok etishi, yodda saqlashi va amalda qo’llashga erishishi lozim.
Bu jarayonda quyidagilarga e‘tiborni qaratish lozim:
1. O’rganilayotgan ob‘yektni avval o’rganilgan ob‘yekt bilan taqqoslash.
O’xshashlik va farqlarni, o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash.
2. O’rganilgan va o’rganilayotgan ob‘yekt o’rtasidagi umumiylikni aniqlash.
3. O’rganilayotgan ob‘yektning o’ziga xos tomonlarini aniqlash.
4. O ‗rganilayotgan ob‘yektning eng muhim jihatlarini o’rganish.
5. O’zlashtirilgan tushunchalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llab yangi bilimlar egallashga erishish.
Masalan, «Hujayra» mavzusida o’quvchilar piyoz po’sti hujayralari, ularning qismlari bilan tanishadi. So’ngra pomidor eti hujayralarini o’rganishda piyoz po’sti hujayralarining tuzilishi bilan taqqoslaydi, o'ziga xos va umumiy tomonlarni aniqlaydi. Keyingi mavzularda hujayraning o’sishi va bo’linishi bilan tanishadi.
Ildiz, poya, barglarning hujayraviy tuzilishini o’rganishda hujayra haqidagi bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llab, o’simlik organlarining hujayraviy tuzilishi haqidagi bilimlari rivojlantiriladi.
Ta‘lim mazmunining ikkinchi tarkibiy qismi faoliyat usullari (ko’nikma va malakalar) bo’lib o’quvchilarda quyidagi bosqichlarda tarkib toptirish lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |