Kurs ishining metodlari:
pedagogik va badiiy adabiyotlarni o‘rganish;
kuzatish;
qiyoslash;
suhbat;
pedagogik tajriba;
savol-javob, so‘rovnoma
Kurs ishining maqsadi: Boshlangich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini rivojlantirishning usul va vositalari haqida tahlillar berish
Kurs ishining vazifalari:
Mavzuga oid pedagogik, ilmiy, psixologik, tarixiy, metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish;
Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish;
Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini maqsad va vazifalarini aniq belgilash;
Metodik tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish.
Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob va 2 bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA NUTQIY XATOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARINING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llarining o'quvchilarni mustaqil fikrlashdagi ahamiyati
Nutqiy xatolarga noto‘g‘ri, noo‘rin tanlangan so‘zlar, noto‘g‘ri tuzilgan gaplar morfologik shakllarni noto‘g‘ri ishlatish kiradi. Boshlang‘ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni to‘g‘irlash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma‘lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib boorish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o‘rganish, shuningdek, ularni kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarini to‘g‘irlash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi.
Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi.
1. Lug‘aviy-uslubiy.
2. Morfologik-uslubiy.
3. Sintaktik-uslubiy.
Boshlang‘ich sinflarda lug‘aviy-uslubiy xatolarga ko‘proq uchraydi. Bunday xatolarga quyidagilar kiradi.
1. Bir so‘zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoni kelib chiqishiga sabab 1- dan o‘quvchi so‘zni ishlatishga kamroq e’tibor beradi va faol lug‘atdagi so‘zdan takroriy foydalanadi. 2-dan o‘quvchini so‘z boyligi kam sinonimlarni bilmaydi.
Takrorlanadigan so‘z o‘rnida olmoshlardan foydalana olmaydi.
Agar o‘qituvchi bir so‘zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning ma’nodoshlaridan yoki shu so`z orniga olmoshlardan foydalanish kerakligini yaxshi tushintirsa, kichik yoshdagi o‘quvchi matnni e’tibor bilan o‘qib,takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi.
2. So‘zning ma’nosini yoki ma’no qirrasini tushinmaslik natijasida uni aniq ma’nosida ishlata olmaslik kabilar.Bunday xatoliklar bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligidan, so‘z boyligi kamligi sababli yuzaga keladi.
Leksik xatolar xilma xil bo`lganligi uchun uni to‘g‘irlash va tushintirish usullari ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo`li bor. Bu yaxshi yaxshi nutqiy sharoit yaratish , o‘qilgan va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan tahlil qilish , matndagi so‘zlar ma’no qirrasini tushintirishdir.
Morfologik uslubiy xatolarga so‘z shaklini, so‘z o‘zgartiruvchi yasovchi qo‘shimchalarni noto‘g`ri qo‘llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi.
Sintaktik uslubiy xatolarga so‘z birikmasi va gap tuzishga doir xatolar kiradi. Sintaktik uslubiy xatolar xilma xildir. Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni noto‘g‘ri bayon qilish nutqiy xato hisoblanmaydi.
Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos kelmasligi, ya`ni voqea kuzatishlarni bayon etishda izchillikni buzilishi kiradi.
Sintaktik-uslubiy xatolarga so‘z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi. O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni to‘g‘irlash , ularni turlarini aniqlash va har birr xatoning kelib chiqish sabablarini o`rganish asosida nutqqa oid xatolarni o`g`irlash va oldini olish tizimini ishlab chiqish.
Nutqqa oid xatolarni o`quvchilar daftarida to‘g‘irlash
Sinf o‘quvchilari uchun umumiy bo‘lgan nutqqa oid xatolar ustida sinfda ishlash buning uchun darsning 15-20 minutlik qismi ajratiladi.
Ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni topish, tushintirish va to‘g‘irlash ko‘rsatilgan yo‘nalishlarning barchasi har bir sinf o‘quvchilari uchun ,ayniqsa III va IV sinf o‘quvchilari uchun muvofiq keladi. Nutqiy xatolarni to‘g‘irlash va odini olish va til ustida ishlash bilan bog‘lab, maqsadga muvofiq tarzda uyushtiriladi. Nutqiy xatolarni to‘g‘irlash o‘quvchilar og‘zaki va yozma ijodida yo‘l qo‘yilgan nutqiy xatolarni o‘z vaqtida to‘g‘irlab borish zarur. Xatoni to‘g‘irlashning eng asosiysi yo‘l qo‘ygan xatoni o‘quvchini o‘zi to‘g‘irlashidir.
Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun darsning ikkinchi qismi 20-25 minuti ajraladi. O‘qituvchi va o‘quvchilar insho yoki bayonni qanday yozganlar haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan matnni o‘qib beradi.
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishdagi muvaffaqiyat quyidagi uch asosiy omilga bog‘liq.
So‘zga e’tibor bilan munosabatda bo‘lish, o‘quvchilarning ko‘p mutolaa qilishi, atrofidagi to‘g‘ri va ifodali nutqiy sharoit olish qiyin.
Bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi.
Nutq xatolar normativi xatolar va noto‘g‘ri xatolarga bo‘linadi. Bunday xatolar mexanik xatolardir. Matnda so‘z noto‘g‘ri yozilgan bo‘lishi mumkin. Mexanik xatolar befarq bo`lib qoladi, lekin ularning ko‘pchiligi ularga bog‘liq bo‘lib qoladi.
O‘quvchilar nutqini shakllantirishda badiiy asarning roli mavjud bo‘lib, Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan tubdan farq qiladi. Shunga ko`ra turli janrdagi badiiy asarlarni o`qishda o‘qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. O‘quvchi asarda qatnashuvchilarning xattiharakatini qanchalik aniq ko`z oldiga keltirsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushinadi, shunchalik qayta hikoya qilib beradi. Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida esa unga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritishda yangi pedagogik texnologiyalardan samarali usullarini shakllantirish bugungi kunda dolzarb mavzu hisoblanadi.
O‘qish darslarida badiiy asarni tahlil qilishga ko‘proq ahamiyat berilib , matn ustida ishlash yuzasidan xilma–xil topshiriq turlaridan, texnika vositalaridan foydalanishga ko‘proq e’tibor beriladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ularning o‘quvchilarga ta’siri ham har xil. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Badiiy asar ustida ishlash murakkab jarayon bo‘lib, o‘qituvchi o‘qish darslarining ta’lim-tarbiyaviy vazifalari badiiy asarning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘qituvchining tayyorgarligini hisobga olishni taqozo etadi.Badiiy asarda barcha komponentlar o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Asarda obrazlar rivojlanib boradi. Voqealar rivojlanib borgani sari qahramonlarning yangi-yangi yuzlari ochilib boradi. Bu xususiyati asar ustida ishlashda uni yaxlit o‘qishni, idrok etishni, ya’ni sintezni talab qiladi.Asar boshidan oxirigacha o`qilgandan so`ng analiz qilinadi, so‘ng yana yuqori sifatli sintezga o‘tiladi. Asarni o‘qishga kiritishdan oldin o‘quvchilarni badiiy asarni o‘qishga tayyorlash lozim. O‘quvchilar asar mazmunini to‘g‘ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lishlari lozim.
Shunday qilib, badiiy asar matnini tahlil qilishda, umuman, badiiy asarlarni o‘rganishda o‘quvchi shaxsiga kuchli ta’sir qiluvchi, ularning saviyasiga mos, bilimlarini o‘zlashtirishini ta’minlovchi metod va usullardan, tahlil turlaridan foydalanish mumkin.
Yozma sonlardagi xatolar faktik ma’lumotlarning buzilishini keltirib chiqaradi. So’zlarning noto‘g‘ri talqin qilinishi aytilganlarning ma’nosini butunlay o`zgartirishi mumkin.
Stalinist repressiyalar paytida noto`g`ri yozilgan so`z bilan inson hayotiga sarf bo`lganda, matn terayotgaanlarga alohida e’tbor qaratildi. Xatolar muammosini bartaraf etish mumkin emas, chunki odam ularni ongsiz ravishda qiladi. Ushbu turdagi nutq xatosidan qochishning yagona usuli, matnni yozganda ehtiyot bo`lish va diqat bilan aytadigan so`zlarni tinglash zarur.
Xulosa qilib, o‘qish darslarida badiiy asarni tahlil qilishga ko‘proq ahamiyat berilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma–xil topshiriq turlaridan, texnika vositalaridan foydalanishga ko‘proq e’tibor berish zarur va har bir mavzu yuzasidan malaka, ko`nikma hosil qildirish zarur.
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o`rganilayotgan adabiy-badiiy asarlar tahlili va talqiniga yangicha yondashish lozimligini taqozo etmoqda. Asar tahlilini bosqichli izchillik asosida olib borish o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini aniq maqsadga yo`naltirish imkonini beradi. “Bumerang texnologiyasi”, “Arra” metodi kabi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘qish materiali –badiiy asar ustida amalga oshiriladigan ishlarning aniq maqsadga yo`naltirishini , o‘quv harakatlarini bosqichma-bosqich tashkil etilishini , ta’lim oluvchilarga individual yondashishni , o‘quvchilar faoliyatini kuzatish va tezkorlik bilan baholashni ta’minlaydi. “Arra” metodida o‘rganilayotgan badiiy matn tarkibiy qismlarga ajratiladi. Bu texnologiya 4-sinfda “O‘qish kitobi” darsligiga kiritilgan barcha asarlarni o‘rganishga tadbiq etilishi mumkin. Masalan, “Shaxzodaning bolaligi” hikoyasi o‘rganiladigan darsda asar dastlab audioda eshittiriladi. Asar to`rt qismga bo`linadi. Sinf o‘quvchilari ham to‘rt kichk guruhga bo‘linishadi.Har bir guruhga o`qiydigan qismi belgilab ko`rsatiladi.
Har bir guruh uchun bir xil topshiriq beriladi.:
1- Topshiriq. O‘qigan qismlarining mazmunini to‘liq gapirib berishga tayyorlanish
2- Topshiriq. Har birguruh asaryuzasidan berilgan savollarga to`liq javob berish.
3- Topshiriq. Asar qhramonlariga baho berish yuzasidan topshiriqlarni bajarish.
O‘quvchilar ushbu topshiriqlarni bajarish uchun asarni bir nechamarta o`qiydi., o`qish ko`nikmalarini shakllantiradi. Asar mazmunini qayta hikoyalashda aniqlangan so’z va iboralarni nutqida qo`llaydi, nutq rivojlanadi. Matn ustida ishlash tarbiyaviy xulosa chiqarish bilan yakunlanadi. Bunda asar qahramonlariga tavsif beriladi, bu orqali o‘quvchilar o‘zlariga hozirgi davr nuqtai nazari bilan yondashib tegishlicha xulosa chiqaradilar: har bir yigit ajdodlari kabi alp yigitlar , bahodir yigit bo`lib yetishishlari uchun harbiy bilimlarni egallamoqlilari kerak degan xulosaga keladilar.
Musobaqa tashkil qilish
“Ifodali o`qish” musobaqasi”
“Eng yaxshi hikoyachi” tanlovi.
Hikoya matniga yaqinlashtirib qayta hikoyatlantiradi.
Hozirgi adabiy ta’limni o‘qitishda maktab oldiga o‘sib kelayotgan yosh avlodni yuz yillar oldindan insoniyat tarixi davomida yaratilgan va shu vaqtgacha to‘ldirib kelingan madaniyatni egallash, bolani real hayotga tayyorlash, ongli ravishda kasb tanlashiga erishish, o`quvchilarni atrofdagi kishilar bilan madaniyatli muomala qilishga o‘rgatish talabini qo‘ymoqda. Buning uchuno`quvchilarning imkoniyatlarini va asosiy faoliyatlarini hsobga olgan holda o`qitishning har bir bosqichida maktab adabiy ta’limini tayanch maqsadlarni belgilab olish ozim.
O‘qish darslarida to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qishga o‘rgatish vazifasi o‘quvchilarda asarni tahlil qilish ko`nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O‘qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o‘zaro bog`liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi. Badiiy asarni ustida ishlashning 2- bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning asosiy yo`nalishi matnning aniq mazmuni voqealar va ning rivojlanishi, kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va harakterli xususiyatlarini, asarning g‘oyasini aniqlash hisoblanadi.
Asar mazmunini tahlil qilishning asosiy shartlaridan biri mazmunini tasviriy ifodalar bilan bog`liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo`nalishini belgilaydi va matnni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning harakterini aniqlab olishga yordam beradi. Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning turli xil metodlaridan foydalaniladi: O‘qishdan oldin, o‘qish jarayonida, o‘qishdan keyin o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o`stirish vositalaridan yana biri to‘g‘ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Uning to`liq, qisqartirib, tanlab, ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. O‘quvchi o‘qilgan asar mazmunini aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalaniladi. Ayrim faktlarni o‘zaro bog‘laydi, sintezlaydi, bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |