Mavzu: boshlangich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari reja: kirish asosiy qism I bob. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llarining nazariy


Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ustida ishlash texnologiyalari



Download 220 Kb.
bet3/6
Sana23.12.2022
Hajmi220 Kb.
#894514
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOSHLANGICH SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA NUTQIY XATOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

1.2 Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ustida ishlash texnologiyalari

Nutqiy xatolarga noto’g’ri (noo’rin) tanlangan so’zlar, noto’g’ri tuzilgan gaplar, morfologik shakllarni noto’g’ri ishlatish kiradi.


Boshlang’ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni to’g’rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma’lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o’rganish, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to’g’rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi.
Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi:

  • lug’aviy-uslubiy,

  • morfologik- uslubiy,

  • sintaktik-uslubiy.

Boshlang’ich sinflarda lug’aviy-uslubiy xatolar ko’proq uchraydi. Bunday xatolarga quyidagilar kiradi:
1. Bir so’zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib chiqishiga sabab, birinchidan, o’quvchi so’zni ishlatishga kam e’tibor beradi va faol lug’atidagi so’zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o’quvchining so’z boyligi kam, sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so’zlar o’rniga olmoshlardan foydalana olmaydi.
Agar o’qituvchi bir so’zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning ma’nodoshlaridan yoki shu so’z o’rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o’quvchi matnni e’tibor bilan o’qib, takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi.
2. So’zning ma’nosini yoki ma’no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq ma’nosida ishlata olmaslik. Bunday xato bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligi, so’z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi.
Leksik xatolar xilma-xil bo’lgani uchun uni to’g’rilash va tushuntirish usullari ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo’li bor: bu yaxshi nutqiy sharoit yaratish, o’qilgan va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan tahlil qilish, matndagi so’zlarning ma’no qirrasini tushuntirishdir.
3. Morfologik-uslubiy xatolarga so’z shaklini, so’z o’zgartuvchi va so’z yasovchi qo’shimchalarni noto’g’ri qo’llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi.
Sintaktik-uslubiy xatolarga so’z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi. Bunday xatolar juda xilma-xildir.
Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni noto’g’ri bayon qilish nutqiy xato hisoblanmaydi.
Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos kelmasligi, ya’ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi.
Inshoga tayyorgarlik vaqtida o’quvchilar kuzatish, material to’plash, dalillarni tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani qanday boshlash, keyin nimalar haqida yozish va uni qanday tugatishni aniq ko’z oldilariga keltira olmaydilar, natijada kompozitsion xatoga yo’l qo’yadilar. Bunday xato hikoya mazmunini to’liq qamrab ololmaslik, materialni o’z o’rniga joylashtira olmaslik natijasidir. Inshoni rejali, izchil yozish ko’nikmasi murakkab ko’nikma bo’lib, u o’quvchilarda muntazam bajariladigan mashqlar yordamida asta shakllana boradi.
Mantiqiy xatolar:
1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo’lgan so’z, ba’zan zarur lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun o’quvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, ammo ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, ya’ni u hikoya mazmunini biladi, ammo tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o’rinlar yozuvda aks etmay qoladi.
2. Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan, Zavodda paxtadan ip qilinadi. Terimchi paxtani paxta terish mashinasida teradi. Bunday mantiqiy xatolarni o’quvchilar matnni qayta o’qish va tahlil qilish jarayonida oson to’g’rilaydilar.
O’quvchilar yo’l qo’ygan xatolarni guruhlash, ularning turlarini aniqlash va har bir xatoning kelib chiqish sabablarini o’rganish asosida nutqqa oid xatolarni to’g’rilash va ularning oldini olish tizimi ishlab chiqiladi:
1) nutqqa oid xatolarni o’quvchilar daftarida to’g’rilash;
2) sinf o’quvchilari uchun umumiy bo’lgan nutqqa oid xatolar ustida sinfda ishlash (buning uchun darsning 15-20 minutlik qismi ajratiladi va tekshirilgan insho va bayon tahlil qilinadi, o’quvchilarning yo’l qo’yilgan xatoni mustaqil ravishda topishga va uni to’g’rilashga imkon beriladi);
3) ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni topish, tushuntirish va to’g’rilash;
Ko’rsatilgan yo’nalishlarning hammasi har bir sinf o’quvchilari uchun, ayniqsa, III va IV sinf o’quvchilari uchun muvofiq keladi.
Nutqiy xatolarni to’g’rilash va oldini olish til ustida ishlash bilan bog’lab, maqsadga muvofiq holda uyushtiriladi.
Nutqiy xatolarni to’g’rilash.
O’quvchilar og’zaki va yozma nutqida yo’l qo’ygan nutqiy xatolarni o’z vaqtida to’g’rilab borish zarur. O’quvchi yo’l qo’ygan xatosining to’g’ri variantini o’zlashtirsin, imkoni bo’lsa, xatoning kelib chiqish sababini tushunsin. Xatoni to’g’rilashning eng foydali usuli yo’l qo’ygan xatosini o’quvchining o’zi to’g’rilashi hisoblanadi, agar o’quvchi xatosini to’g’rilay olmasa, uni o’qituvchi to’g’rilaydi. Xato turiga qarab to’g’rilanadi: gap yoki so’z birikmasi qayta tuziladi, so’z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so’z qo’shiladi, ortiqchasi ustidan chiziladi.
Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun darsning ikkinchi qismi – 20-25 minuti ajratiladi. O’qituvchi o’quvchilar insho yoki bayonni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan matnni o’qib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo’l qo’yilgan xatoni to’g’rilash yo’li tushuntiriladi. SHundan so’ng xato ustida birgalikda ishlanadi: o’qituvchi yo’l qo’yilgan xatoning bir turini to’g’rilash yuzasidan topshiriq beradi: «Noo’rin ishlatilgan so’zni boshqasi bilan almashtiring». Xatosi bor matnni o’qib yoki yozib beradi, o’quvchilar yo’l qo’yilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq so’z bilan almashtirib, uni to’g’rilaydilar va tushuntiradilar.
Grammatikaga oid mavzuni o’rganishda o’quvchilar yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar yaratishi tushuntiriladi. Masalan, «Olmosh» mavzusini o’rganganda, kishilik olmoshlarining takrorlangan so’zlar o’rnida qanday ishlatilishi o’quvchilarga misollar bilan tushuntirilsa, ular ham insho yoki bayon yozishda shunga rioya qiladilar.
O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirishdagi muvaffaqiyat quyidagi uch asosiy omilga bog’liq:
1) so’zga e’tibor bilan munosabatda bo’lish, o’quvchilarning ko’p mutolaa qilishi, atrofidagi kishilarning to’g’ri va ifodali nutqi, ya’ni nutqiy sharoit;
2) bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi;
O‘qish va yozish ― nutq faoliyatining turi. Maktabda o‘qitish elementar o‘qish va yozishga o‘rgatishdan boshlanadi. “Alifbe”ga asoslangan holda qisqa vaqt ichida o‘quvchilar o‘qish va yozishga o‘rgatiladi, ya’ni o‘qish va yozish ko‘nikmasini egallaydi.
Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o‘qish va yozish ko‘nikmasi deyiladi. Bu ko‘nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko‘nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko‘nikmaga aylanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o‘quvchi harflarni tanib, ularni o‘qiy olmasligi mumkin. Yozish ko‘nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to‘g‘ri o‘tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo‘yish kabilar ham o‘rgatiladi.
O‘qish va yozish ko‘nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasida o‘quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o‘ylab o‘tirmay, so‘z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o‘qish va yozish malakasi harakatning o‘ylab o‘tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o‘qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.
O‘qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo‘lib, u nutqqa oid malakadir. O‘qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, ya’ni og‘zaki hikoya qilish, o‘zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi. Maktabda o‘qitishning muvaffaqiyati savod o‘rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog‘liq.
O‘quvchini savod o‘rgatish jarayonida elementar o‘qish va yozishga o‘rgatishda o‘quvchilarning faoliyat ko‘rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari uchun talab bo‘lishi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim.
O‘qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta’minlaydi. Shuning uchun ham o‘qishga o‘rgatish bilan yozuvga o‘rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan, savod o‘rgatish jarayonida bola juda ko‘p o‘qishi va yozishi zarur. O‘qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o‘qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko‘pincha o‘qilgan matnni yuzaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o‘stiradi. O‘quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad ― o‘qish va yozishni o‘rganish hamda hozirda bajarishi shart bo‘lgan kundalik maqsad ― topishmoqni o‘qish va javobini topish, so‘z va gaplarni o‘qish, rasm asosida so‘zlab berish kabilar turadi.
O‘zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O‘qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harfga aylantiriladi. Bu o‘qish va yozish faoliyatida o‘quvchi uchun qiyinchilik tug‘dirgandek tuyulsa-da, aslida o‘qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harf soni uncha ko‘p emas. O‘qish va yozishni o‘zlashtirish uchun tovush va harflarning o‘zaro munosabatiga oid qoidalarni o‘zlashtirish kifoya. Savod o‘rgatish metodikasida o‘zbek tili tovushlar va harflar tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.
O‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O‘zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993 - yildan boshlab o‘zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi.
O‘qituvchi savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o‘qishga o‘rgatishda o‘zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Savod o‘rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So‘z bo‘g‘inga bo‘linadi, bo‘g‘indan kerakli o‘rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o‘rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o‘qish jarayoni o‘zlashtiriladi. Bunda o‘zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o‘rgatishda o‘zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
1. Savod o‘rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘.
E harfi so‘z va bo‘g‘in boshida qo‘llanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan keyin o‘rta keng lablanmagan unli tarzida o‘qiladi (kel, tez). Savod o‘rgatishda oldin so‘z boshida keladigan e, so‘ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi.
O harfi o‘zbekcha, umumturkiy so‘zlarda quyi keng, lablangan o tovushini ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so‘zlarda urg‘usiz bo‘g‘inda a tarzida (botanika), o‘ tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traktor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan ruschabaynalmilal so‘zlar savod o‘rgatish davridan so‘ng o‘quv jarayoniga kiritiladi.
A tovushi bahor, savol kabi so‘zlarda o kabi, muomala, munosabat kabi so‘zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi. U tovushi qovun, sovun kabi so‘zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u yoziladi.
I tovushi bilan, sira kabi so‘zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo saqlanadi.
2. O‘zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jo‘ja), j (jurnal), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng. Undoshlarni o‘rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.
Alifbo davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya’ni ovozdor tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, tog’ri yozuv qoidalari o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmaydi. Buning uchun o’qituvchining nutqi mukammal bo’lishi va u xatolar ustida ishlashni o’quvchilarga o’rgatishi, o’quvchilarning ham og’zaki va yozma nutqini mukammal bo’lishiga undashi lozim.
J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o‘rgatish, talaffuzini tushuntirish, analitik-sintetik mashqlar yordamida ko‘nikmalar hosil qilish, lozim keyingi darsda esa sirg‘aluvchi j tovushi va uning talaffuzi o‘rgatiladi. So‘ng bu ikki tovushning talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi.
Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi. O‘quvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o‘qish va yozishga ko‘nikishi lozim. Bu davrda s’h (is’hoq) tarzida o‘qiladigan holatga to‘xtab o‘tilmaydi.
Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar (b-p, d-t, v-f, g-k, z-s kabi) haqida dastlabki tushunchalar beriladi, ularning talaffuzi va yozuviga e’tibor qaratiladi.
X va H tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo‘yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi.
Tutuq belgisi (‘) unli tovushdan so‘ng kelsa, uni cho‘zib talaffuz qilishga, undosh tovushdan so‘ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, astasekin uni qo‘llashga doir ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.
Savod o‘rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichik) shakli va ularning ishlatilish o‘rni o‘rgatiladi.
O‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish bo‘g‘in asosida olib boriladi. Bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish uchun so‘zni bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in chegarasini aniqlashni o‘rgatish muhim sanaladi. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri bo‘la olsa, o‘qish ko‘nikmasini ham yaxshi egallaydi.
O‘qishning dastlabki bosqichida orfografik o‘qishdan foydalaniladi, asta-sekin orfoepik o‘qish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so‘zlar oldin orfografik, so‘ngra orfoepik o‘qib beriladi va ularning o‘qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O‘quvchilar muayyan darajada tushunchaga ega bo‘lganlaridan so‘ng orfoepik o‘qish mashq qilinadi.
O‘qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi. O‘qish ham, yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar kichik yoshdagi o‘quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi.
Kichik yoshdagi o‘quvchini o‘qishga o‘rgatishda quyidagilar kuzatiladi:
1. Bola o‘qish paytida bitta harfni ko‘radi, uni bilish uchun rasmlarni ko‘z oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq o‘qituvchi aytishga yo‘l qo‘ymaydi, undan bo‘g‘inni aytishni talab qiladi. O‘quvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan chiqib qoladi yoki ularni qo‘shib bo‘g‘in, bo‘g‘indan so‘z hosil qilguncha, o‘qish jarayoni sustlashadi.
2. Ko‘pincha bola o‘qiyotgan qatorni yo‘qotib qo‘yadi, harfni, bo‘g‘inni, so‘zni qayta o‘qishiga to‘g‘ri keladi. O‘quvchining diqqati kengaygan sari bo‘g‘in va so‘zni butunligicha idrok eta boshlaydi.
3. O‘qishni endi o‘rganayotgan bola o‘qiyotgan matn mazmunini o‘zlashtirmaydi, chunki u so‘zni qanday o‘qishga ko‘p kuch beradi. Darslikdagi rasmlar, o‘qituvchining savollari, ko‘rgazmali qurollar ularning ongli o‘qishini ta’minlaydi.
4. Tajribasiz kitobxon so‘zni birinchi bo‘g‘iniga yoki rasmga qarab topadi. Bu xato o‘qishga olib keladi. Bunday xatoning oldini olish uchun so‘z bo‘g‘inlab o‘qitiladi, so‘zni bo‘g‘in-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf tomondan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi.
O‘qishni muvaffaqiyatli egallashi uchun o‘quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri va nutqini o‘stirishga katta e’tibor berish kerak. Savod o‘rgatishda fonematik eshitish qobiliyatlarini o‘stirishga, ya’ni tovushni aniq talaffuz qilishga, boshqa tovushlardan farqlashga o‘rgatish, bo‘g‘in yoki so‘zdan o‘sha tovushni ajrata olish ko‘nikmasini o‘stirish muhim sanaladi.
Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. Shu bois savod o‘rgatish davrida eshitish idrokini o‘stirish uchun ham maxsus xilma-xil mashqlar o‘tkazib borish maqsadga muvofiqdir.
Yozuv jarayonida o‘quvchilar ruchkani to‘g‘ri ushlashni, daftarni to‘g‘ri qo‘yishni, harfni yozishda yozuv chiziqlari, ular bo‘ylab qo‘lni harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga sig‘ish-sig‘masligini mo‘ljallashi lozim. Bu jarayon o‘quvchini aqliy va jismonan charchatadi, ayniqsa, ularning barmoq va yelka muskullari charchaydi. Shuning uchun ham darsda ikki-uch marta daqiqali jismoniy mashqlar o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Yozuv jarayonida o‘quvchi ruchkani qog‘oz ustida sekin, ishonchsizlik bilan qimirlatadi, bir harfni yozib to‘xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba’zan chiziqdan chiqib ketadi, noto‘g‘rilarini bo‘yab, to‘g‘rilaydi. Bunda u o‘qituvchiga har daqiqada murojaat qiladi, uning qo‘li va boshi yozishda birgalikda harakat qiladi. Yozuv jarayoni o‘quvchilarning ongli harakat qilishini ham talab etadi. Shu sababli bu jarayonga o‘qituvchi sabr-qanoat bilan katta e’tibor qaratishi juda muhim. Yozuvning chiroyli va imloviy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi savodxonlikning yuksak belgisidir.
Savod o‘rgatish metodlarining qiyosiy-tanqidiy tahlili. Eski maktabda o‘qish bilan yozish bir vaqtda o‘rgatilmagan, avval faqat o‘qish o‘rgatilgan. O‘qish hijo (bo‘g‘in) usuli bilan o‘rgatilgan. O‘qishga o‘rgatishning “hijjayi qadimiy” deb atalgan usuli uzoq vaqtlar davomida hech qanday o‘zgarishsiz davom yetib kelgan.

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish