Мавзу: Бошланғич таълимда ўқув-билув фаолиятини мотивлаштириш


-chizma. “O’yinchoqlar dunyoni boshqaradi!” qoidasiga ko’ra stimullashtirish modeli



Download 405,7 Kb.
bet20/25
Sana06.02.2022
Hajmi405,7 Kb.
#434217
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Ahrorova kurs ishi 3. Psixologiya

2-chizma. “O’yinchoqlar dunyoni boshqaradi!” qoidasiga ko’ra stimullashtirish modeli.


2.2. Interaktiv metodlar asosida o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirish
Biz bu faslda boshlang’ich ta’limda qo’llaniladigan interaktiv usullar to’g’risida fikr yuritamiz. Chunki o’qitishning interaktiv usuli pedagogik texnologiyalardan biri bo’lib, u pedagogik texnologiya talablari va prinsiplari asosida tashkil etiladi va olib boriladi.
Ta’lim jarayonidagi asosiy innovasiyalar o’qitishning interaktiv usullarini qo’llash bilan bog’liq. “Interaktiv” so’zi ingliz tilidan “interact” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, ”inter”-bu o’zaro, “act” – aloqa, ya’ni o’zaro aloqa, birgalikda faoliyat ma’nolarida qo’llaniladi. Demak, interaktivlik bu birgalikda harakat qilish yoki nima bilandir doimiy suhbat, diolog holatida bo’lish qobiliyatidir. Interaktiv o’qitish - bu o’quvchilarning o’quv muhiti bilan o’zaro hamkorligi asosida o’qitishdir.
“Interaktiv”ning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Shuni alohida ta’kidlash joizki, interaktiv o’qitish – bu o’quv-biluv faoliyatini tashkil etishning maxsus shaklidir. U aniq va prognoz qilinadigan maqsadlarni ko’zda tutadi. Shunday maqsadlardan biri ta’lim uchun qulay sharoitni vujudga keltirish bo’lib hisoblanadi. Bunda o’quvchilar o’zlarining intellektual salohiyatini his etishi lozim. Shuning o’ziyoq ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi.
Interaktiv o’qitishning mohiyati shundan iboratki, o’quv jarayonida barcha o’quvchilar bilish faoliyatiga jalb etilgan bo’ladi. Ular o’zlari bilgan va o’ylagan narsalarni tushunish imkoniga ega bo’ladilar. O’quvchilarning bilish va yangi o’quv materialini o’zlashtirish jarayonidagi hamkorligi deganda, har bir o’quvchi darsga o’z hissasini qo’shishi, o’zaro bilim, g’oyalar va faoliyat vositalarining almashinuvi tushuniladi. Bu tarzda o’zaro hayrixoxlik va qo’llab-quvvatlash muhitida o’qitish yangi bilimlarni egallashgina emas, balki o’quv-biluv faoliyatini rivojlantirishga ham yordam beradi. Mashg’ulotlarda interaktiv usullardan foydalanish besh asosiy xususiyatni mujasamlashtiradi:
-ijobiy ma’noda bir-biriga tobelik;
-o’zaro hamkorlikdagi shaxsiy mas’uliyat;
-birgalikda ishlash malakalari;
-guruhlarda ishlash malakalari;
-o’zgalar fikrini hurmat qilish malakalari;
Interaktiv usul so’zlovchining ustunlik qilishi yoki hammaning bir xil fikrga ega bo’lishi holatlarini inkor etadi. Diologli ta’lim jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlash, mavjud holat va axborotni tahlil qilish, murakkab muammolarni hal etish, alternativ fikrlarni taroziga solib ko’rish; o’ylab qaror qabul qilish; munozaralarda qatnashish; muloqot qila olish kabilarni o’rganadilar. Buning uchun darslarda yakka, juftlikda va guruhli ishlar tashkil etiladi, tadqiqodchilik loyihalari, rolli o’yinlar qo’llaniladi, hujjatlar va turli axborot manbalari bilan ish olib boriladi, ijodiy ishlardan foydalaniladi.
O’quv jarayonining faol va guruhli metodlari avval ham an’anaviy ta’limda qo’llanilgan, lekin o’qitishning aynan interaktiv usuli ta’lim sifatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.
O’qitishning interaktiv usulidan foydalanishning muhimligi yana shundaki, u mehnatsevarlik, ishchanlik sifatlarini tarbiyalaydi, inson rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ijtimoiy malakalarni shakllantiradi. Bu sifatlarning shakllanganligi yosh mutaxassislarga o’z kasbiy faoliyatining boshlanishidagi jiddiy qiyinchiliklarni bartaraf etish, yangi sharoit va yangi jamoaga tezgina moslashish uchun yordam beradi.

Download 405,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish