Mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili



Download 52,69 Kb.
bet2/22
Sana29.01.2021
Hajmi52,69 Kb.
#57495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Borliq – falsafa kategoriyasi

Borliq va yo‘qlik dialektikasi. Falsafa tarixida birinchi bo‘lib Parmenid «Borliq bor, yo‘qlik esa – yo‘q»,degan fikrni ilgari surgan. Binobarin, yaxshi, yomon, to‘g‘ri, noto‘g‘ri, quvnoq, sho‘r, oq, qora, katta, kichkina kabi va shunga o‘xshash sifatlar borliqqa nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir koordinatalar tizimiga joylashtirib bo‘lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda, borliqni har qanday voqelik ega bo‘ladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. Bu fikr esa amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi.

«Yo‘qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‘lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‘qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (yani amalda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalar) o‘zligini yo‘qotgan holda «yo‘qlik» atamasi ayni shu manoda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. Lekin sof falsafiy manoda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Borliq va yo‘qlik o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa mavjud.

Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan Olam bo‘shliqdan bino bo‘lgan. Bo‘shliq materiyaning alohida holati. Bo‘shliq fizik borliqning eng boy tipi, o‘ziga xos potensial borliq sifatida namoyon bo‘ladi, zero unda mumkin bo‘lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo‘q1.

Yana shuni ham etiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar) nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshidan kechirayotgan turli Olamlarning Cheksiz sonidan tashkil topadi. Shu manoda borliq va yo‘qlikning o‘zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi. (bu fikr qadimgi mifologiyada olamning xilma xilligi g‘oyasi bilan uyg‘un).

Ikkinchidan, amalda mavjud bo‘lgan narsaning obektiv borlig‘i yo‘qlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, yani u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo‘lsa, bu narsa ongda mavjud bo‘ladi va o‘zining «ikkinchi» borlig‘ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki obektning nusxasi, ideal obrazi bo‘lib qoladi.

Shunday qilib, o‘tgan zamondagi borliq yo‘qlikdir, deb aytish mumkin. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo‘ladi, u faqat hozirgi zamonda o‘zini namoyon etadi, basharti u dolzarb va amalda namoyon bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lsa, agar u potensial, yani axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo‘lishi obektiv rivojlanish mantig‘i bilan belgilangan bo‘lsa. Amalda yo‘q bo‘lgan narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O‘tmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu manoda so‘z yuritishimiz mumkin.

Ayni shu manoda biz g‘oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki o‘zimizga yaqin odamlar to‘g‘risida so‘z yuritamiz, bunda ular yo‘qlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o‘zgacha borliq kasb etganini nazarda tutamiz.

SHunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi va turli-tuman namoyon bo‘lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar, predmetlar, hodisalar o‘z xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi bo‘lmish insonni bilish yo‘lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-barangligi, turli darajalari, ko‘rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar tizimsi belgilanadi. Buning uchun mohiyat, hodisa, substansiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi.

Inson o‘zi va umuman dunyo haqida o‘ylar ekan, odatda muayyan narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish ko‘radi. Ayni vaqtda u o‘zini qurshagan dunyoni sinchiklab o‘rganish va uning butun rang-barangligini tushunib etish uchun muayyan tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-shubhasiz mavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, o‘rta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan ongli inson amal qilganini ko‘ramiz.

Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to‘xtab qolmagan va o‘zini qurshagan borliqning ko‘p sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq qilishini aniqlashga harakat qilgan. Bugungi kunda insoniyat borliqning ko‘p sonli turli-tuman shakllaridan ularning ayniqsa aniq bo‘lgan bir nechtasini farqlash imkonini beradigan tajriba va bilim to‘pladi.




Download 52,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish