mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi
Borliq tushunchasining tahlili. Borliq falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudli k muammolariga doir masalalarning keng doirasi o‘rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. Umum qabul qilingan falsafa tilida u Ontologiya deb ham ishlatiladi. «Ontologiya» atamasi (yunoncha ontos – borliq, logos – so‘z, talimot), borliq haqidagi talimot degan manoni anglatadi, ilmiy kategoriyasi sifatida falsafada XVII asrdan beri qo‘llanilmoqda. Ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o‘z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko‘p jihatdan belgilaydi.
Borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni, falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydo bo‘lgani va qaerga yo‘qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan shug‘ullanadi. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar:
falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
unga qanday falsafiy mano yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. «Borliq» falsafiy kategoriyasi dunyoning ayniqsa keng tarqalgan tillarida ayni bir mano – «bo‘lish», «mavjud bo‘lish», «hozirlik», «hozir bo‘lish», «mavjudlik» manolarini anglatadi. Jahonning aksariyat tillarida yuqorida sanab o‘tilgan va mano jihatidan unga yaqin fellar negizini tashkil etadigan «bo‘lmoq» feli, o‘zining bevosita manosidan tashqari, yordamchi fel sifatida ham faol ishlatiladi. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki mavjud emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq tom manoda universal fel (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: o‘zbek tilida - «bo‘lmoq», «bor», ingliz tilida – is, nemis tilida – ist va h.k.
Shunday qilib, «borliq» va «yo‘qlik» kategoriyalarining o‘ziga xosligi, betakrorligi va universal ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy manosi tavsiflanadigan turli tillarda ular «bo‘lmoq» felidan (yoki uning inkoridan) hosil bo‘lgan tushunchalar hisoblanadi va narsaning o‘zini emas, balki uning mavjudligi yoki yo‘qligini ko‘rsatadi. Masalan, stol bor, yomg‘ir yo‘q, oqlik bor, aks yo‘q, miya bor, g‘oyalar yo‘q va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |