XX asrda borliqqa munosabat. XX asr borliqni tushunishni tarixiylik, insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bog‘lab, uning talqinini kengaytirdi. Neopozitivizm falsafiy yo‘nalishi esa, avvalgi ontologiya falsafaning emas, balki ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab, falsafadagi borliq muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi.
Borliq mohiyatini tushunib etishda eng yangi qarashning o‘zagini insonning ijtimoiy ijodi tashkil etadi. Bunda borliq hayot faoliyati jarayoni sifatida tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining suratlari tobora jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda mazkur dunyoqarash ko‘pincha texnokratik dunyoqarash deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |