Tayyorlov guruhi dasturida geometrik shakllar ko’rinishini o’zgartirish, bir xil shakllardan boshqa xil shakllar tuzish nazarda tutilgan.
Tarbiyachi bolalarga o’z ixtiyorlaridagi shakllani qarashni, ularni shakl bo’yicha taqsimlash, ular qanday atalishini va qanday kattalikda ekanini aytishni taklif qiladi, so’ngra esa qandaydir ikki uchta shakl olib, ularni birlashtirish yo’li bilan qanday yangi shakl tuzish mumkinligini o’ylab ko’rishni taklif qiladi. Bolalar shakllarni tuzganlaridan keyin, qanday yangi shakllar hosil bo’lganini va ular qanday shakllardan tuzilganligini gapirib berishni taklif qiladi.
Qismlardan butun shakllar tuzib, bolalar ikkita yarimta, 4 ta yarimta, sakkizdan bir qismdan, doiraning to’rtdan biriga teng qismdan va h.k. dan nechta doira tuzish mumkinligini fahmlaydilar.
Maktab yoshidagi katta bolalar bilan ishlashda geometrik mazmunli qiziqarli o’yinlar va mashqlar katta foyda keltiradi. Ular matematik bilimlarga qiziqishini rivojlantiradi, bolalar aqliy qobiliyatlarining o’sishiga yordam beradi.
Shakl haqidagi tasavvurlarni o' stirish ishi sanashga o' rgatish bilan va narsalarning o'lchamlarini taqqoslash mashqlari bilan parallel ravishda amalga oshiriladi va uzviy sur'atda olib boriladi
Bolalar narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan bevosita taqqoslashdan ularning shakllarini so' z bo’ycha ta'riflashga o'tadilar. Mashqlar uchun avval oddiy shaklda bo'lgan detallari yo' q narsalar tanlab olinadi. Bir turdagi (har xil shakldagi geometrik shakllar , taxtachalar va shu kabilardan) va har xil turdagi narsalar (kvadrat shaklli ro'mol, to'g'ri burchakli sharfcha, uchburchakli ro'mol)dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
-Bolalar ko'rsatilgan shakldagi narsalarni (4-5 dona ichidagi) tanlab oladilar;
- tegishli shaklga ega bo'lgan narsalar tasvirlangan rasmlarni tanlab oladilar;
-jadvalda qaysi shakldagi narsalarning rasmi chizilganligini aytadilar . Keyinchalik ularga xonaning ma'lum joylaridan aytilgan shakldagi narsalarni topish (,,Qarangchi, tokcha ustida qutiga o'xshash narsalar bormikan?") taklif qilinadi. ,,Guruh xonasi bo'ylab sayohat", ,,Yashirilgan narsani top" kabi o'yinlar o' tkaziladi.
«CHARXPALAK» metodi
Taxnologiyaning maqsadi: mashg’ulot jarayonida mantiqan fikr- muohaza yuritish, o’z fikrini erkin bayon eta olish, berilgan fikrlardan eng muhimlarini tanlab olish, boshqalar fikrini hurmat qilish va diqqat bilan tinglash, o’z-o’zini baholash.
Mashg’ulotni o’tkazish ketma-ketiligi:
tinglovchilarni mashg’ulotni o’tkazish tartibi bilan tanishtirish;
guruhlarga ajratish;
oldindan tayyorlangan tarqatma materiallarni guruh a’zolariga tarqatish;
berilgan topshiriq yakka tartibda bajariladi;
har bir guruh a’zosiga tarqatma materialning bir burchagiga biron- bir belgi qo’yish taklif etiladi;
tarqatma materialdagi topshiriqlar nihoyasiga etgach boshqa guruhlarga «charxpalak aylanmasi» yo’nalishi bo’yicha almashtiriladi;
yangi guruh a’zolari tomonidan materiallar o’rganiladi va unga o’zgartirishlar kiritiladi;
bu holat guruh a’zolarining soniga qarab amalga oshiriladi;
tarqatma materiallarni oxirgi almashishidan so’ng har bir guruh a’zosi qo’ygan belgisi asosida o’z materialini tanlab oladilar;
qo’yilgan belgilarni tahlil etib lozim bo’lsa kerakli o’zgartirishni kiritishlari mumkin bo’ladi;
pedagog to’g’ri javoblarni e’lon qiladi tinglovchilar esa javoblarni farqlarini aniqlaydilar va mezon bo’yicha o’zlarini baholaydilar;
pedagog tarqatma materiallarni yig’ib oladi va baholarni guruh jurnaliga ko’chirib qo’yadi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Bolalarning predmetlarning shakli va geometrik shaklni (xususiy kuzatishlari materiallaridan foydalanib) idrok qilish xususiyatlari nimalardan iborat?.
2. Predmetlarning shakli va geometrik shakllar haqidagi bilimlarning maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishida qanday amalga oshiriladi?.
3. Har bir yosh guruhlarida bolalarni predmetlarning shakllari va geometrik shakllar bilan tanishtirish masalasini qanday tahlili qilishimiz mumkin?.
5. MTTda geometrik shakllarni har xil belgilar (alomatlar) bo’yicha qanday guruhlashtiramiz?.
6. Maktabgacha yoshdagi bolalarda geometrik shakllarni qayta tiklashga o’rgatish usullari qanday amalga oshiriladi?.
7. Har xil yosh guruhlarda bolalarni shakl bilan tanishtirish uchun qanday didaktik o’yinlardan foydalanamiz?.
Do'stlaringiz bilan baham: |