Mavzu: bolalarni maktabgacha ta'lim tizimiga qabul qilish tartibi reja: 1



Download 122,62 Kb.
bet1/4
Sana29.12.2021
Hajmi122,62 Kb.
#77283
  1   2   3   4
Bog'liq
BOLALARNI MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIGA QABUL QILISH TARTIBI


MAVZU: bolalarni maktabgacha ta'lim tizimiga qabul qilish TARTIBI

reja:

1.Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.

2.Bolalarni maktabgacha ta'lim tizimiga qabul qilish

3.O‘zbekiston respublikasi prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

BOLALARNI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIGA QABUL QILISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING MA’MURIY REGLAMENTINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.

2. Belgilansinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab, davlat xizmatlari olish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali murojaat qiladilar.

3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi quyidagilarni ta’minlasin:

o‘n kun muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan namunaviy shakllarni, hujjatlar blankalarini hamda boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

bir hafta muddatda — tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari rasmiy veb-saytlari (sahifalari)ni takomillashtirish, ularda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish;

2018-yil mobaynida har chorakda kamida bir marta O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda, Davlat xizmatlari markazlari, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari ishtirokida, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentni amalda qo‘llanish samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari o‘tkazish.

4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda:

tuman (shahar) davlat maktabgacha ta’lim bo‘limlari, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda davlat xizmatlari ko‘rsatishda ishtirok etuvchi boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini ta’minlasin;

YIDXPda bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning har bir bosqichida jismoniy shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning belgilangan tartibini amalga oshirishga doir faoliyati yuzasidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;

ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament talablari buzilganligi uchun tuman (shahar) davlat maktabgacha ta’lim bo‘limlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo choralarini belgilangan tartibda qo‘llasin.

6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 732-modda) bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi nizomga 2018-yilning 1-aprelidan boshlab 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

8. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.

9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.




Download 122,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish