Gap tuz. So‘zlar ketma-ketligi (shakli) o‘zgargan gap ustida ishlash.
Esyapti, kuzda, shamol, salqin.
Sarg‘aymoqda, barglar, daraxtlarda.
Yerda, o‘tlar, so‘limoqda.
Uchib ketadilar, janubga, qushlar.
Yomg‘ir, yog‘moqda, kuzda.
• So‘zni top. Nutqda birlik va ko‘plikdagi fe’llarni qo‘llash. Fe’llardagi ko‘plik qo‘shimchasi ovoz bilan ajratiladi.
Gul so‘liydi, gullar esa …
Qush uchadi, qushlar esa …
Odam kiyinadi, odamlar esa …
Barg sarg‘ayadi, barglar esa …
Meva pishadi, mevalar esa …
Bog‘langan nutqni rivojlantirish.
• Yuqorida berilgan gaplardagi so‘zlardan foydalanib “Kuz” mavzusida bog‘langan hikoya tuzish.
Yoz tugadi va … boshlandi. Kunlar …, odamlar … kiyina boshladilar. Daraxtlar, o‘tlar …, … maydalab yog‘moqda. Qushlar … … uchib ketmoqdalar. Odamlar … yig‘ib olmoqdalar. Tez kunda … ham boshlanadi.
Bolalar hikoyani kattalar yordamisiz takrorlaydilar.
Jismoniy daqiqa – logoritmika.
• “Kuz” she’ri vazni (takti)ga mos bo‘lgan harakatlarni bajarish. O‘yin mashg‘ulot o‘rtasida takrorlanadi.
Sarg‘ayadi ko‘katlar,
(qo‘llar belda, shahdam qadamlar bilan yurish)
Barg to‘kadi daraxtlar.
(qo‘llarni tepadan pastga tushirish)
Hosil yig‘ib olinar,
(terib, etakka solish harakati)
Bu kuz faslida bo‘lar.
(ikki qo‘lni oldinga cho‘zish)
“A” tovushining artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlashtirish.
• Logoped bolalarga atrof-olamdagi turli-tuman tovushlar haqida gapirib beradi, ularning ayrimlari (qo‘ng‘iroqcha, childirma, bolg‘acha, kalitlar, suv, shamol, qo‘ng‘iz, yo‘lbars va h.k.) qanday ovoz chiqarishini ko‘rsatadi.
• Logoped har bir so‘zda bir nechta tovushlar bo‘lishini bolalarga tushuntira borib, doskaga qo‘yilgan rasmlarni nomlaydi. Nomlash chog‘ida har bir tovushni cho‘zib talaffuz qiladi. Masalan: A-a-yiq.
Sahifalar 1 2 3
• “A” tovushi bilan tanishish (unli, cho‘zib aytish mumkin, og‘iz ochiq holatda bo‘ladi, ovoz bilan talaffuz qilamiz).
Bolalar logoped bilan birga rasmlarni nomlaydilar: a – a – avtobus, a – a – ananas, a – a – apelsin, A – A – Anora, A – A – Alisher, a – a – asalari va h.k. Ushbu so‘zlar “A” tovushi bilan boshlanishini ta’kidlab o‘tadilar.
Keyin doskada so‘zlar chizmasi tuziladi. A _____ ________.
• “A bilan do‘stlashamiz” nomli sanoq koptok bilan aytiladi.
“A” bilan do‘stlashamiz.
A – A – A deb uni aytamiz.
Anora, Alisherni,
Akbar hamda Anvarni,
Safimizga olamiz.
• “A” harfi bilan tanishuv. Logoped bolalarga harflar biz talaffuz qilayotgan tovushlarning yozuvdagi ifodasi ekanligini gapirib beradi.
• “Tovush va harflar” qoidasini o‘rganish (qoidani aytish jarayonida bolalar ko‘rsatkich barmoqlari bilan og‘iz, quloq, ko‘z va havoni ko‘rsatadilar).
Tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz.
Harflarni ko‘ramiz va yozamiz.
• Barmoq bilan “A” harfi chetidan (konturidan) yurgizib chiqiladi, “A” harfi parta ustiga barmoq bilan yoziladi, bolalar uni alifbodan topishadi, tayoqchalar yordamida “A” harfi hosil qilinadi.
• Rasmlarni nomlash jarayonida talaffuz qilinayotgan so‘z oxiridagi “A” unlisini ajratish: piyola, maysa, kosa, somsa, deraza, ko‘za. Bunda “A” tovushi cho‘zib talaffuz qilinadi.
• “Tovush qayerda”. So‘zdagi tovush o‘rnini yaqqol tasavvur qilishga, shuningdek o‘rganilayotgan harfni eslab qolishga imkon beruvchi chizmalar bilan ishlash (chizmalar – kartonli tasmalar).
• “Do‘st bo‘lgan so‘zlarni top”. Bolalarga jaranglashi bo‘yicha so‘zlarni o‘zaro taqqoslashni o‘rgatish (so‘zlar turlicha va o‘xshash jaranglaydi).
Doskada juft rasmlar: sarpa – sharpa, sho‘rva – jo‘va, shamol – Jamol, sanoq – chanoq, usta – uchta, paxta – taxta. So‘ng rasmlarning o‘rni almashtirilib, aralashtiriladi, har birining jufti topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |