XULOSA VA TAVSIYALAR
Badiiy adabiyot bolalami har tomonlama tarbiyalashning ta'sirchan vositasi bo‘lib, u ular nutqini rivojlantirish va boyitishga o‘lkan hissa qo‘shadi. Badiiy adabiyot she’riy obrazlar orqali bolaga jamiyat, tabiat hayoti, insoniy his-tuyg‘ular va munosabatlarni tushunishga yordam beradi, emotsiyani boyitadi. Badiiy adabiyot maktabgacha yoshdagi bolalarda insonparvarlik histuyg‘ularini - amdarlik, yaxshilik, kichiklar, ota-onalar va oilaning katta a'zolari nisbatan g‘amxo‘rlik ko‘rsatish kabi hissiyotlarni shakllantirishga yordam beradi.
Bolalar badiiy asarlardan estetik va axloqiy tasavvur oladilar. Nozik yumor, sanoq she’rlar, hazil-huzullarni o‘zida jamlagan xalq asarlari dangasalik, qo‘rqoqlik, o‘jarlik, injiqlik, faqat o‘zini o‘ylash (egoizm) kabi sifatlarga nisbatan pedagogik ta'sir ko‘rsatishning ob'yektiv vositasi hisoblanadi.
Bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirishni ularning yosh imkoniyatlari, nutqiy rivojlanish va adabiy asarlarni qabul qila olish darajasini hisobga olgan holda o‘tkazish zarur.
Ilk yoshdagi bolalarning (1-3 yosh) badiiy asarlarni qabul qilishlarining asosini ularning badiiy asarlarga nisbatan emotsional munosabati, turli xil ohanglarni ilg‘ab olish, ularga munosabat bildirish, qahramonlarni tanish va ular haqida qayg‘urish qobiliyatlari tashkil etadi.
Ushbu yosh bosqichida bolalar bog‘chasi va oilaning vazifasi - bolalarni adabiy rivojlantirish poydevorini hozirlash, ularni bodajak o‘quvchilar sifatida shakllantirishdan iboratdir.
Kattalarning (pedagoglar, ota-onalar va boshq.) badiiy asarni o‘qish yoki hikoya qilib berish jarayoniga emotsional qo‘shilishlari ilk yoshdagi bolalar bilan pedagogik ishlarni olib borishning eng muhim sharti hisoblanadi.
Ilk yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish jarayonida ularda bilish va nutqiy qobiliyatlarni hamda unga nisbatan munosabatni rivojlantirish zarur.
Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bola (3-5 yosh) san'atga, uning badiiy obrazlariga oshno bodish, badiiy faoliyatni egallash borasida keng imkoniyatlarga ega bodadi. Bu yoshda emotsional munosabat bildirish va syensorlik qobiliyatlari bilan bir qatorda badiiy fikrlash ham qaror topadi.
Besh yoshlarga kelib badiiy asarni emotsional-yaxlit qabul qilish shunga olib keladiki, bola syujyetning ayrim obrazlari va elementlarini ajratgani holda ular bilan «o‘ynashni» boshlaydi. Ayni paytda u uni to‘qib toddiradi, ayrim lavhalarni takomillashtiradi, o‘z ertaklarini to‘qiydi, adabiy janrlami (ertak, hikoya, she’r) farqlay boshlaydi, tilning ayrim ifodali vositalarini kodishga qodir.
Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirishga oid pedagogik ishlarni ikki yo‘nalishda olib borish lozim. 1-badiiy asarni yaxlit va tugallangan estetik ob'yekt sifatida qabul qilishni tashkil etish bilan. 2 - ayrim badiiy obrazlarni o‘zgartirish va bir nyechta obrazlarni sintez qilish jarayonida bolalarda tasavvurni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning (5-7 yosh) adabiy asarlarni qabul qilishlarida va tushunishlarida ularda qahramonlarga qayg‘urish va hamdard bodish; voqealar zanjirini tiklash va asar ichida hamda asarlar o‘rtasida turi xil mazmunli aloqalar o‘rnatish; qahramonlar xulq-atvoridagi ochiq motivlarni kodish va tushunish qobiliyatlari paydo bodadi.
Maktabgacha bosqichdagi katta yoshli bolalarning ruhiy rivojlanishidagi ikki qarama-qarshi tamoyilning ziddiyatli birikuvi ularning o‘ziga xos xususiyatlari hisoblanadi: 1-yuqori ijodiy salohiyat, 2-taqlidchilik va me'riylikka intilish.
Maktabgacha bosqichdagi katta yoshli bolaning badiiy asar bilan o‘zaro hamkorligi uning estetik, bilish, ijtimoiy va nutqiy rivojlanish potentsialini amalga oshirish imkonini beradi.
Dialog - maktabgacha bosqichdagi katta yoshli bolalar bilan pedagogic ishlarning yetakchi vositasi bodishi lozim.
Badiiy adabiyot bilan tanishuv nutqni har tomonlama rivojlantirishga, ya'ni: tovush madaniyatiga, grammatik tuzilishiga, lug‘atga, ravon nutqqa ta'sir ko‘rsatadi.
Respublikamiz ahaolisining yarmini yoshlar tashkil etish, tariximiz milliy an’analarimiz, qadriyatlarimizning tiklanishi, yoshlarda o‘zlishini bilishga bodgan hissiyotning kuchayishi xilma -xil axborotlarga bodgan ehtiyojning kuchligiga, jamiyatning davrning tezkor rivojlanishiga munosib, hozirjavob b odishida axborotvositalari va matbuotning o‘rni beqiyos.
Tavsiyalar
Kitobni mashg‘ulotlar orqali avaylashga odgatish;
Ertaklar va hikoyalar orqali kitobsevarlikka odgatish;
Kutubxonalar va kitob do‘konlariga ekurskursiya uyushtirish;
Tadbir va tanlovlar orqali kitobxonlikka odgatish;
Turli didaktik o‘yinlar orqali kitobxonlikka odgatish;
Maktabgacha ta’lim muassasalari oila hamkorligini tashkil etish;
Televedeniya ko‘rsatuv va eshitirishlardan foydalanish;
Maqollar va tez aytishlar orqali kitobsevarlikga o‘rgatish;
Kitobxonlikka o‘rgatishda rasmli kitoblardan unumli foydalanish
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Узбекистан давлатини мард ва олижаноб халкимиз билан бирга курамиз. Халк сузи.// 2016 йил 16 декабр
Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizaev.Sh. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. 2-qism. - T.: Sharq, 2015.
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti va folklor. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jam g ‘armasi nashriyoti. Toshkent-2006
Nosir Fozilov. Ijod zahmati. Kitobda: Topdimu yo'qotmadim. Toshkent,
“Sharq”, 2010.
Rashidova M., Yo‘ldoshev E.Kitoblar olami uslubiy qo‘llanma. Toshkent.: 1987y
Yo‘ldoshev E. Kutubxonada bolalar o‘qishiga rahbarlik qilish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent.: O‘zbekiston nashriyoti, 2002y
Qodirova F.R.. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o‘zbekcha so‘zlashishga o‘rgatish (metodik qodlanma). Toshkent, «O‘qituvchi», 1997.
Qodirova F.R.. Qodirova R.M. «Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o‘rgatish metodikasi». T., «Sano-Standart», 2004.
To‘xliev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T.: Yangi asr avlodi, 2006.
To‘xliyev B., Isayeva Sh., Shermurodov T. Adabiyot. Majmua. 3 kitob. - T.: Chodpon, 2016
Куронов Д., Мамажонов С., Шералиева М. Адабиётшунослик луFати. - Т.: Akademnashr, 2010
Rasulov A. G‘aroyib saltanat. T.: Adib, 2012
Z.Sh. Berdiyeva. Kutubxonashunoslik. Toshkent — «ILM ZIYO» — 2013
www.ziyonet.uz
www.edu.uz
www.o‘zbek adabiyoti.com.
www.ziyo.uz
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida
1.Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta’lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan bolalarning hayoti, sog’lig’i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o’tkazilishi, sanitariya-gigiena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi doimiy ravishda nazorat qilib borilishi lozim.
2.Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar ular bilan maktabgacha ta’lim muassasasi o’rtasida o’zaro munosabatlar bo’yicha shartnoma tuzilayotgan vaqtda ushbu Nizom talablari bilan tanishtirilishi lozim.
barcha telefon apparatlari oldida hamda maktabgacha ta’lim muassasasining markazida yong’in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez yordam xizmatlari, ichki ishlar idoralarining telefon raqamlari va ularga bog’lanish tartibi ko’rsatilgan peshlavhalar mavjud bo’lishi;
maktabgacha ta’lim muassasasining barcha xodimlarida muassasa mudiri hamda o’z guruhidagi tarbiyalanuvchilarning yashash manzili, ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning telefon raqamlari mavjud bo’lishi shart.
3.Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bola to’satdan kasal bo’lib qolsa yoki noxush holat yuzaga kelgan taqdirda, birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga tayyor turishi lozim. Har bir guruhda bolalar tomonidan olishning imkoniyati bo’lmagan joyda kerakli dori-darmonlari bo’lgan aptechka bo’lishi shart.
4.Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengashlar, kasaba uyushmasi yig’ilishlari va boshqa tadbirlarni bolalarning uyqu soatlarida tashkil etish lozim. Bunda albatta guruhda tarbiyachi yordamchisi qolishi shart.
5.Maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi va taomlarning tayyorlanishi O’zbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6.Bolalar sayr va ekskursiyaga olib chiqilganda, tarbiyachi tomonidan ularning hech qanday meva va o’simliklarni iste’mol qilmasliklari nazorat qilinishi lozim.
7.Maktabgacha ta’lim muassasasi hududidan uzoqroqqa sayr yoki ekskursiyaga chiqayotgan guruh kamida ikki nafar xodim bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Bunda xodimlarning biri safning oldida, ikkinchisi safning orqasida harakatlanib borishi lozi
8.Bolalarning tartibli ravishda sayr yoki ekskursiyaga olib chiqilishi ichki ishlar idoralari bilan kelishilgan holda o’rnatilgan tartibda yo’l-patrul xizmati xodimlari kuzatuvida amalga oshirilishi kerak.
9.Yayov holda sayr yoki ekskursiyaga chiqishdan oldin tarbiyachi:
o’tkaziladigan tadbir haqida maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyatini oldindan ogohlantirishi;
o’zi bilan olib ketadigan bolalarning sonini bilishi;
bolalar olib boriladigan joyni avvaldan rejalashtirib olishi va harakatlanish yo’nalishiga aniqlik kiritishi lozim.
10.Kunning issiq paytlarida bolalarga issiqlab ketmasligi uchun yengil bosh kiyimlari kiydirilishi lozim. Bolalarning quyosh vannalarini qabul qilishi hamda maktabgacha ta’lim muassasasi hududidagi suv havzalarida cho’milishlari tibbiyot xodimlari va tarbiyachining nazorati ostida olib borilishi zarur.
11.Maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari va boshqa mutaxassislari tomonidan ish vaqti davomida bolalarni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi. Tarbiyachi yoki boshqa mutaxassislar bo’lmaganda tegishli guruhga mudira tomonidan boshqa javobgar shaxs tayinlanishi lozim.
12.Maktabgacha ta’lim muassasasi hududiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo’lmagan kishilarning kiritilishi taqiqlanadi.
13.Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar o’z bolalarini maktabgacha ta’lim muassasasiga olib kelganda tarbiyachining shaxsan o’ziga topshirishi, shuningdek bolani maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketish vaqtida tarbiyachilar bolani shaxsan ota-onalarga yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga topshirishi shart.
14.Bolalarning maktabgacha ta’lim muassasasidan yaqin qarindoshlari tomonidan olib ketilishiga yo’l qo’yiladi. Bunda bolalarni olib ketuvchi shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari ko’rsatilishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasidan bolalarning boshlang’ich maktab yoshidagi (1 - 4-sinflar) hamda mast holatdagi shaxslar tomonidan olib ketilishi man etiladi.
15.Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar o’z bolasini maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketishga kelmay qolganda, tarbiyachi ish vaqtidan so’ng bolani uyiga kuzatib qo’yishi lozim. Bunday vaqtda tarbiyachi tomonidan bolani bir o’zini guruhda yolg’iz qoldirish yoki boshqa xodimlarga tashlab ketishi qat’iyan taqiqlanadi.
16.Tarbiyachi tomonidan bolani uyiga kuzatib borish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar bolaning ota-onasi yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslari tomonidan qoplanadi.
17.Maktabgacha ta’lim muassasasining ikki qavatli binolarida joylashgan xonalarning zinapoya va o’tish joylarida oralig’i bir-biriga zich bo’lgan vertikalь panjaralar bilan jihozlangan baland to’siqlar o’rnatilishi lozim.
18.Maktabgacha ta’lim muassasasining ikkinchi qavatidagi balkon to’siqlarining balandligi bir metrdan ortiq bo’lishi kerak.
19.Guruh va foydalanilayotgan xonalardagi barcha derazalar ichkariga ochilishi va fiksatorlar bilan mustahkamlanishi lozim, ochiladigan derazalarda to’rlar bo’lishi kerak. Ikkinchi qavat derazalarini bolalar xonada bo’lgan vaqtda ochish man etiladi.
20.Maktabgacha ta’lim muassasasiga kirishdagi eshiklarga qo’ng’iroq o’rnatilgan bo’lishi hamda oson ochiladigan bo’lishi kerak.
21.Maktabgacha ta’lim muassasasidagi shift panellari, bloklar, pollar, yuvinish xonalaridagi santexnik jihozlar va shu kabilar muntazam ravishda texnik ko’rikdan o’tkazib turilishi lozim.
22.Maktabgacha ta’lim muassasasida vodoprovod va kanalizatsiya tizimlari, mebelь, jismoniy tarbiya jihozlari, deraza darchalari va framugalarning mustahkamligi hamda sozligi doimiy nazorat qilinishi kerak.
23.Bolalarning o’yinchoqlari uchun mo’ljallangan shkaflar, xo’jalik shkaflari, sochiq va kiyimlar uchun ilgichlar, rasm va portretlar devor yoki polga mustahkam qoqilgan holda bo’lishi kerak.
24.Gullar uchun ishlatiladigan moslamalar mustahkam o’rnatilgan bo’lishi kerak. Xona gullari tikansiz bo’lib, barglari inson organizmi uchun bezarar bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |