MAVZU: BOLALARNI BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISHDA MTT TARBIYACHISI OLDIDA TURGAN VAZIFALARI.
Reja
Kirish.
2. Asosiy qisim.
2.1. Bolalami badiy adabiyot bilan tanishtirishga qo‘yilgan davlat talablari
2.2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
2.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o’stirish usullari va vazifalari
2.4 Bolalar nutqini o’stirishda badiiy adabiyotdan foydalanish bo’yicha namunaviy mashg’ulotlar
3.Xulosa va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillikka erishgan mamlakatimizda yoshlar ta’limini va tarbiyasiga nihoyatda katta ahamiyat berilmoqda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilindi. Kitobxonlikka mehr uyg‘otish bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bodgan jarayondir. Shuning uchun ham respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda. Zero yoshlar bizning kelajagimiz biz ularga qanchalik farovon, mamlakatimiz tinch osoyishta bodadi.
Respublikamiz prezidenti Sh. Mirziyoev 2016 yil 14 dekabr kuni bodib odgan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bodib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bodib kamol topishi, baxtli bodishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” 1. degan edilar. Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 32 foizi, ya’ni 10 millionini 30 yoshgacha bodgan yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizda ta’lim tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturning hayotga tadbiq etilishi samarasi odaroq, yoshlarimiz Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bodgan, bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchiga aylanib bormoqda.
Shubhasiz, yosh avlodning zamon talablariga munosib, mustaqil fikr- qarashiga ega, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyat sohibi va dunyoning har bir burchagidagi tengdoshi bilan erkin muloqotga kirisha oladigan shaxs bodib kamol topishida adabiyot va san’atning roli beqiyosdir. Bolalik davridan kitobga mehr qo‘yish, mutolaa madaniyatini shakillantirish zarurdir.
Ayniqsa bolalarga atalmish vaqtni matbuot, bolalar kitobi, kitobxonlikka mehr uyg‘otish ta’lim - tarbiya berishda juda katta ahamiyat va odinni egallaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitobxonlikka mehr uyg‘otish, badiiy adabiyot bilan tanishtirish maqsadida biz bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini “Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish metodikasi” deb nomladik.
Tadqiqotning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Bolalarning ma'naviy va axloqiy rivojlanishi uchun sharoit yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |