Tadqiqotnig ilmiy yangiligi:
Bolalarni badiiy adabiyotga mehr uyg‘otishning mazmuni va tizimini ishlab chiqildi.
Tadqiqotning tarkibiy qismi: Kirish, 2 bob, 4 - fasl, umumiy xulosa, adabiyotlar ro‘xatidan iborat.
2.1. Bolalami badiy adabiyot bilan tanishtirishga qo‘yilgan davlat talablari
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari ta’lim tizimining eng asosiy va zarur bo‘lgan ajralmas bir bo‘lagi ekanligi tushunib yetildi.
Xalq - bolalarning betakror o‘qituvchisidir. Xalq asarlaridan boshqa hech qaysi asarlarda qiyin talaffuz qilinadigan tovushlarning bunday qoyilmaqom qilib joylashtirilishini, jarangiga ko‘ra bir-biridan zo‘rg‘a farq qiladigan so‘zlarni hayron qolarli darajada yonma-yon terilishini uchratish qiyin. Beozor hazillar, nozik yumor, sanoq she’rlar - pedagogik ta'sir ko‘rsatishning samarali vositasi, dangasalik, qo‘rqoqlik, o‘jarlik, injiqlik, faqat o‘zini o‘ylash (egoizm)kabi xislatlarga qarshi yaxshigina «malhamdir».
Bugungi kunda qudratli qurol b o 'lg an adabiyotdan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas.
Bolalar kitobxonligini o‘quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
Maktabgacha ta ’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha).
Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11-12yoshgacha).
0‘rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13-14 yoshdan 15-17 yoshgacha)
Ertaklar olamiga sayohat bolalar tasavvurini, ularning hayvonot olamini, fantaziyasini rivojlantiradi. Eng yaxshi adabiy namunalar asosida insonparvarlik ruhida tarbiyalangan bolalar o‘z hikoyalarida va ertaklarida mazlumlar va zaiflarni himoya qilish, yomonlarni jazolash orqali o‘zlarining adolatparvarligini namoyon 2 qiladilar. Va albatta bolalar estetik, ayniqsa axloqiy tasavvurlami kattalaming (ota- onalar, pedagoglar) o‘qib chiqilgan asarlar bo‘yicha nasihatnamo mulohazalaridan, tayyorlangan savollarga javob berishdan emas, balki aynan badiiy asarlardan olishlari lozim. O‘qib chiqilgan asar bo‘yicha haddan tashqari ko‘p nasihat qilish katta, ko‘pincha esa tuzatib bo‘lmas ziyon yetkazadi: mayda-chuyda savollar bilan «sochib tashlangan» asar bolalar ko‘z o‘ngida o‘zining barcha jozibadorligini yo‘qotadi, oqibatda unga nisbatan bolalarning ham qiziqishi yo‘qoladi. Shuning uchun badiiy matning tarbiya imkoniyatlariga to‘liq tayanish zarur.
K.D.Ushinskiy shunday yozadi: «Bola ona tilini o‘rganar ekan, u faqat shartli tovushlarnigina o‘rganmaydi. Balki ona tilining ona ko‘kragidan ma'naviy hayot va kuchni ham emadi. U bolaga tabiatni shunday tushuntiradiki, boshqa hech bir tabiatshunos bunga qodir emas, u atrofdagi odamlar xarakteri, u yashayotgan jamiyat, uning tarixi va intilishlarini shunday tanishtiradiki, boshqa hech qanday tarixchi bunga qodir emas; U bolani xalq udumlari, xalq she’riyatiga shunday olib kiradiki, boshqa hech bir estetik bunga qodir emas, nihoyat u bolaga shunday mantiqiy tushunchalar va falsafiy qarashlarni beradiki, albatta, boshqa biron-bir faylasuf bunga qodir emas». Buyuk pedagogning ushbu so‘zlarida nafaqat ona tilini o‘zlashtirish natijalari, balki uni o‘rganish metodi: «nafaqat ko‘p narsani o‘rgatadigan, balki hayron qolarli darajada oson, qandaydir yetishib bo‘lmaydigan metod asosida o‘qitadigan» o‘qituvchi tiliga ishonch ko‘rsatib berilgan.
Shunday qilib, ona tilidagi muayyan badiiy asarni egallashda bolalarga yordam berar ekan, o‘qituvchi har tomonlama tarbiyalash vazifasini ham bajaradi.
Maktabgacha davrdagi har bir yosh bosqichi o‘zining nutqiy rivojlantirish vazifalarini qo‘yadi. Yosh o‘sib borishi bilan adabiy asarlarni qabul qilish darajasi ham ortib borishi tufayli ular asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Bolalarda she’r tinglay olish qobiliyati rivqjlanadi. Shundan kelib chiqqan holda kattalar bolalarning yosh imkoniyatlarini bilishlari zarur.
Bolalaming yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ulami har bir yosh bosqichida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirib borish masalalarini ko‘rib chiqamiz.
Ilk yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish. Ilk yoshdagi bolalarning badiiy asarlarni qabul qilishining asosi - bu ularga nisbatan emotsional javob, turli xil ohanglarni ilg‘ab olish, ularga munosabat bildirish, imkoniyat darajasidagi adabiy asarlar qahramonlarini tanib olish va ular haqida qayg‘urishdir.
Ushbu yoshdagi bolalar uchun kichik shakldagi she’riyat, ya'ni: folklor va mualliflik she’riyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bolalarga bosh qahramonlari bolalar, hayvonlar bodgan, o‘yinli va maishiy vaziyatlar bayon qilingan asarlar juda qiziqarlidir. Bola kattalar bilan birgalikda matallar va sanoq she’rlar syujyetlari asosida ishtiyoq bilan o‘yinlar tashkil qiladi, u tovush taqlidiga va folklor yo‘nalishidagi bir maromdagi takrorlashlarga quloq tutadi hamda ularga taqlid qiladi.Bola adabiy asarlarda bayon qilingan voqealarni juda jiddiy qabul qiladi. O‘ziga yoqib qolgan ertakni bir necha marta eshitishga ham tayyor. Uning qahramonlarini illyustratsiyalar va o‘yinchoqlarda xursand bodib tanib oladi, har gal ertakning baxtli yakunini berilib kutgani holda syujyet harakatlarining odatdagi ketma-ketligini sinchkovlik bilan kuzatib boradi.Kichkintoylarga modjallangan badiiy asarlar soni unchalik ko‘p emas. Shuning uchun ular ko‘p martalab takror jaranglashi, bolaning kundalik hayotiga kirib borishi va unda badiiy asarni his qilishning birlamchi asoslarini rivojlantirishi lozim.
2.2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola har tomonlama maktab ta’limiga tayyorlanadi. Ular orasida bola nutqini rivqjlantirish eng asosiylaridan hisoblanadi. Ularning so‘z boyligi oshishi ravon gapirishi va o‘z fikrini to‘liq ifoda etib, aytib bera olishi juda muhim. Shu sababli maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tiladigan mashg‘ulotlar orasida nutq o‘stirish mashg‘uloti eng asosiy mashg‘ulotlardan hisoblanadi.Badiiy adabiyot bolalarni aqlan, axloqan va estetik tarbiyalashning qudratli, ta'sirchan quroli sifatida xizmat qiladi, u bola nutqining rivojlantirish va boyitishga ulkan ta'sir ko‘rsatadi. She’riy obrazlarda badiiy adabiyot jamiyat va tabiat hayotini, insoniy his-tuyg‘ular va o‘zaro munosabatlar olamini ochib beradi hamda tushuntiradi. Bu namunalar o‘z tas'ir kuchiga ko‘ra turlicha bo‘ladi: hikoyalarda bolalar so‘zlarning lo‘ndaligi va aniqligini bilib oladilar; she’rlarda o‘zbekcha nutqning musiqiyligini, ohangdorligini ilg‘aydilar; xalq ertaklari ular oldida tilning aniqligi va ifodaliligini namoyon qiladi, ona tilidagi nutqning yumor, jonli va obrazli taqqoslashlar, ifodalarga qanchalik boyligini ko‘rsatadi.
Badiiy asarlar voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar misolida xarakterlarni ochib berishi bilan bolalarda eng yaxshi insoniy va axloqiy
Bolalar badiiy asarlar qahramonlariga qayg‘urishni o‘rganganlaridan so‘ng ular yaqinlari va atrofdagi odamlar kayfiyatini payqay boshlaydilar. Ularda insonparvarlik his-tuyg‘ulari - birovning dardiga sherik bo‘lish, yaxshilik qilish, adolatsizlikka nisbatan qarshilik ko‘rsatish qobiliyati uyg‘ona boshlaydi. Bu printsipiallik, halollik, haqiqiy fuqarolik hislari tarbiyalanadigan poydevordir. 3
Bu mashg‘ulotda har bir yosh guruh bolalarining yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda davlat talablari q o‘yiladi.
Ikkinchi kichik guruhda - bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak:
Tevarak atrof bilan tanishtirish, nutq o‘stirish lug‘atini boyitish;
-Nutqning grammatik tomonini shakllantirish;
Nutqning tovush ma’daniyatini tarbiyalash;
So‘zlashuv nutqini shakllantirish;
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish;
K ichik guruh - bolalari tarbiyachining hikoyasini eshitib, uning savollariga javob bera olishi, mavzulardagi rasm yuzasidan suhbatlarda ishtirok etishi bilan birga, avval eshitgan ertak va hikoyani xotirasida tiklab , uning mazmunini buzmasdan aytib bera olishlari lozim.
O‘rta va katta guruhlarda bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak:
Tevarak atrof bilan tanishtirish, nutq o‘stirish lug‘utini boyitish;
-Nutqning gramatik tomonini shakllantirish;
-Nutqning tovush ma’daniyatini tarbiyalash;
So‘zlashuv nutqini shakllantirish;
-Badiiy adabiyot bilan tanishtirish;
-Hikoya qilishga o‘rgatish;
Tayyorlov guruhda - bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak:
Tevarak atrof bilan tanishtirish, nutq o‘stirish lug‘utini boyitish;
Nutqning gramatik tomonini shakllantirish;
-Nutqning tovush ma’daniyatini tarbiyalash;
So‘zlashuv nutqini shakllantirish;
-Hikoya qilishga o‘rgatish;
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish;
-Bolalarni savodga o‘rgatishga tayyorlash;
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar so‘z zaxirasida 15 tagacha so‘z bo‘lib, foiz jixatidan olganda ot so‘z turkumiga oid bo‘ladi. Birinchi yilning oxiriga kelib bolaning so‘z zaxirasida sifat so‘z turkumiga oid so‘zlar qo‘shladi. Bir yoshdan keyin bola ot, sifat, narsa va xodisani ifodalovchi so‘zlar fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlarni bog‘lashni o‘rganadi. Bu yoshda muloqotga bo‘lgan ehtiyoj nutq asosida umumlashtirish, so‘zlarning o‘rnini almashtira olish, ma’lum predmetni boshqa so‘zga almashtirish, til belgilari bilan amallar bajarish qobiliyati rivojlanadi.
Bir yoshdan bir yosh olti oylikkacha bo‘lgan bolalarda xar oyda 30-40 ta so‘z o‘zlashtiriladi.
Ilk yoshdagi bolalarga o‘rgatish jarayonida ko‘rsatib nomini aytish, yo‘qlama usullaridan foydalaniladi, shuningdek takrorlash usuli ham foyda beradi. Yo‘qlama va takrorlash usuli birgalikda olib borilsa, ko‘proq natijaga erishiladi.
Bu davr bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Hali o‘qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan butunlay bexabar bo‘ladilar. Shunga qaramay, kichkintoylar o ‘zlarini qurgan olamni tezroq bilib olishga, uni o ‘rganishga intiladiiar. Bunda ota-onalar, bog‘chalaida esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari, ya’ni ulaiga badiiy asarlardan parchalar o ‘qib berishlari lozim.4
Xar bir mashg‘ulot bolalarning bilishi va tafakkuri, ahloqiy malakalarini shakllantirishga yordam berishi lozim. Nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalar nutqini rivojlantirish vositalari juda ko‘p va hilma-xil. Ulardan eng asosiysi badiiy adabiyot. Badiiy adabiyot bu- turli yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan so‘z san’ati bo‘lib, voqealikni bolalarcha idrok etish, bolalarga tasavvur va tafakkur obrazlarida gavdalantiruvchi badiiy asarlar majmuasi hisoblanadi. Barcha xalqlarda bolalarga mo‘ljallangan ijod etish an’anasi uzoq tarixga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |