Mavzu: Bolalarda infeksiyon kasallik sabablari Reja: Qizamiq Tepki



Download 45,97 Kb.
bet1/13
Sana28.06.2022
Hajmi45,97 Kb.
#714702
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bolalarda infeksiyon kasallik sabablari


Mavzu:Bolalarda infeksiyon kasallik sabablari


Reja:

1.Qizamiq
2.Tepki
3.Suvchechak davolash usullari

Qizamiq — oʻtkir yuqumli kasallik; gavda trasining koʻtarilishi, umumiy intoksikatsiya, yuqori nafas yoʻllari va koʻz shilliq pardasining yalligʻlanishi hamda badanga qizil, yirik dogʻli toshmalar toshishi bilan kechadi. Q. yer yuzida eng keng tarqalgan infeksiyalardan, unga barcha yoshdagi kishilar, asosan, yosh bolalar beriluvchan boʻladi. Kasallik mavsumiy boʻlib, kuzqish va bahorda koʻproq uchraydi. Infeksiya manbai faqat kasallangan odam hisoblanadi, sogʻlom kishi organizmiga virus nafas yoʻllari orqali tushadi. Kasallikdan keyin umr boʻyi saqlanadigan immunitet qoladi. Chaqaloqlar (passiv immunitet tufayli) Q. bilan ogʻrimaydi. Organizmga yuqori nafas yoʻllari shilliq pardalari, koʻz konʼyunktivasi va boshqalar orqali kirgan Q. virusi u yerda koʻpayib, keyin qonga tushadi. Kasallik bosqichmabosqich kechadi, inkubatsion (yashirin) davri 9—11 kun; undan soʻng prodromal (boshlangʻich, kataral) davr 3—4 kun davom etadi. Kasallik boshlanishida gavda temperaturasi 39° gacha koʻtariladi, yuqori nafas yoʻllari va koʻz konʼyunktivasi qizaradi, bemor quruq yoʻtaladi, tumov boʻladi, qoʻzi qizarib yoshlanadi, yorugʻlikka qaray olmaydi, tovushi boʻgʻilib qoladi, yuzi kerikadi. Bola bezovta boʻladi, uyqusi buziladi, ishtahasi yoʻqoladi, holsizlanadi, baʼzan ich ketishi, qorinda ogʻriq, ogʻirroq hollarda umumiy intoksikatsiya, talvasalar, eshushni yoʻqotish alomatlari roʻy berishi mumkin. Prodromal davrning 2 — 3 kuni lunj shilliq qavatida qizil gardish bilan oʻralgan mayda, nuqtasimon, oq dogʻlar paydo boʻladi, bu Q.qa xos belgi (BelskiyFilatovKoplik dogʻlari). Ular toshma toshishidan 2—3 kun oldin koʻrinib, toshma toshganidan 1 — 2 kun oʻtgach yoʻqoladi. Yumshoq va qattiq tanglayning shilliq pardasida mayda qizil dogʻlar — enantema paydo boʻladi. Toshma toshish davrida (bu davr 3—4 kun davom etadi) bemor qattiq isitmalaydi, tomogʻi qizaradi, keyin oʻziga xos qizil, yirik toshmalar toshadi; u dastlab quloq orqasi, lunj, peshona va burunga toshadi, keyin yuz, badanga, qoʻloyoqqa tarqaladi. Toshmalarning bosqichmabosqich toshishi Q.da muhim diagnostik ahamiyatga ega. Yuzdagi toshmalar qoraya boshlaydi va jigarrang dogʻlarga aylanadi, ular 7—10 kun saqlanadi. Teri, ayniqsa, yuz, qoʻl kafti va oyoq tagi quruqshay boshlaydi; toshma oʻrni qovjirab, mayda poʻst tashlashi mumkin, gavda temperaturasi pasayib, bola asta-sekin tetiklanadi. Kasallik bilinarbilinmas yengil kechishi zotiljam, ichki kasalliklar, oʻrta quloqning yalligʻlanishi (otit) va boshqalar asoratlar yuzaga kelishi ham mumkin, bunda darhol vrachga murojaat qilish kerak. Oddini olish uchun bemorni sogʻlom bolalardan ajratib qoʻyish zarur. Q.ka qarshi emlash muhim ahamiyatga ega (qarang Emlash). 1967-yildan boshlab respublikada Qqa qarshi yoppasiga emlash joriy etilgan, shu bois kasallik ahyonda bir kuzatiladi. Q. bilan ogʻrigan bolalar uyda, ogʻirroq hollarda, asorat qolganida kasalxonada davolanadi. Asosiy ahamiyat kompleks davolash choratadbirlariga qaratiladi. Sanitariyagigiyena sharoitlarini yaxshilash, bemor boʻlgan xonaning havosini tez-tez almashtirib turish va toʻlatoʻkis ovqatlanishiga eʼtibor berish zarur.[1]
Qizamiq (lot. Morbili) — o’tkir infektsion virusli infektsiya bo’lib, o’ta yuqumli hisoblanadi. Kasallik belgilari yuqori isitma, xarakterli toshma, tomoq og’rig’i, yo’tal, organizmning jiddiy intoksikatsiyasi bilan namoyon bo’ladi. Qizamiq bilan har qanday bola, hatto kattalar ham xastalanishi mumkin. Bunda kasallik og’ir kechishi, asoratlar chaqirishi va ba’zan o’limga olib kelishi ehtimoli mavjud.

Download 45,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish