Mavzu: Bolalar uchun yaratilgan badiiy asar she’rlar va ularning mualliflari haqida ma’lumot



Download 20,23 Kb.
Sana01.02.2022
Hajmi20,23 Kb.
#424109
Bog'liq
badiiy asarlar


Reja:



  1. Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar

  2. Bolalar uchun yaratilgan badiiy asar she’rlar va ularning mualliflari haqida ma’lumot



Mavzu: Bolalar uchun yaratilgan badiiy asar she’rlar va ularning mualliflari haqida ma’lumot

Kichkintoylar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo'lishi, ular qalbida chuqur o'y-fikrlar uyg'otishi, yorkin obraz- lar va yuksak g'oyalarga boy bo'lishi, ularni ulkan va por- loq ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muximi mavzu- lar tushunarli, sodda va qiziqarli tilda yoritilishi lo- zim. Bolalar adabiyoti yoshlarni iymon-e'tiqodli kishilar sifatida va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mus- taqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta'sir ko'rsatib, ana shu yuksak talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik va psixo¬logik nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g'oyaviy mazmunini anik, va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, anik,, ra- von, obrazli,


boy til bilan yozilgan asar yozuvchining mak- sad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. Buni mutafakkir Alisher Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida tilni «ko'ngil xazinasining kulfi», deb ta'- riflaydi. Buyuk shoir kishilarni kiska va mazmunli, chuqur mantiq bilan so'zlashga chaqiradi. Bu talab, shub- hasiz, bolalar yozuvchilariga xam taalluqlidir. Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, kiziqarli va mazmun- dor kilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalk tilini puxta bilishi lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar yosh kitob- xonning nutqiga ham katta ta'sir ko'rsatadi, so'z boyli- gini oshiradi. Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh av- lodni hayotga to'g'ri munosabatda bo'lishga o'rgatadi, ona- diyorimizga, mehnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ru- hida tarbiyalaydi, ularni yurtimizning munosib farzand- lari bo'lishga chaqiradi. Kitob bolaning dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi, xarakterniy tarbiyalay¬di, ilm-fanga muhabbatini oshiradi. Kitob xalqimiz- ning o'tmishi, ilg'or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg'ulari- ni o'stiradi. Bugungi kunda qudratli qurol bo'lgan adabiyotdan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini xar to- monlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas. Bolalar kitobxonligini o'quvchilarning pedagogik- psixologik xususiyatlariga ko'ra kuyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
1. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha).
2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan I —12 yoshgacha).
3. O'rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13— 14 yoshdan 15—17 yoshgacha). Maktabgacha ta'lim yeshidagi bolalar kitobxonligi maydigan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar dunyo sir- laridan bexabar bo'ladilar. Shunga
karamay, bizni kur- shagan olamni tezroq bilib olishga, uni o'rganishga intiladilar. Bunda oilada ota-onalar, bog'chalarda esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari, ya'ni ularga badiiy asarlardan parchalar o'qib berishlari la¬zim. Bolalarga o'qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo'lishi talab etiladi. Shu- ningdek, bunday kitoblarning rasmlari rang-barang, harflari esa yirik-yirik bo'lishi maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning ko'pchiligini ertak, qo'shiq, topishmoq, Ma- kol, tez aytish kabi xalq og'zaki ijodi asarlari tashkil etadi. Bundan tashqari, yozuvchilar yaratgan va yukoridagi talablarga to'la-to'kis javob beradigan asarlar xam maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar uchun qo'l keladi. Ammo shu narsani ham ta'kidlab o'tish
kerakki, bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim, xarakter- li voqea va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bola¬lar nutqiga xos tilda, ularning yoshi, ruhiyati va saviya- siga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim. Bolalar shoiri Anvar Obidjon «Suhbat» deb nom- langan she'rida bolalar yaxshi ko'radigan g'ozlar
to'g'risi- da so'z yuritadi. Ma'lumki, bolalar go'daklik chog'larida- noq, jonivorlar, xususan, qushlarga qiziqadilar. Shu jihatdan qaraydigan bo'lsak, «Suhbat» bola hayotida mu- him rol o'ynaydi. Voqea juda oddiy va sodda. O'zaro suh- batdan ma'lum bo'ladiki, g'ozlarning qorni och, ularni boqish kerak. Buni shoir o'yin vositasida ifoda etadi;
— G'ozlar, bir so'z deysizmi?
— G'a, g'a-g'a!
— Totli suli yeysizmi?
— Ha, ha-ha,
— Nega patni silaysiz?
— G'oq, g'oq-g'oq.
— Mendan nima tilaysiz?
— Boq, boq, boq!
Bu xildagi she'rlar kichkintoylarni mustaqil fikr- lashga, turmush taassurotlarini to'plab, ulardan xulosa chiqarishga o'rgatadi. Bolalarning, ayniqsa, jajji qizchalarning sevimli mashg'ulotlaridan biri qo'g'irchoq o'ynashdir. Yo'losh Su- laymonning «Qo'g'irchoq» she'rida qo'g'irchokdarni asrab- avaylash, oddiy bir o'yinchoq vositasida kattalarning mehnatini e'zozlash masalasi o'rtaga tashlanadi.
Quyosh bilan teng turib, Ozoda kiyintirib,
Senga taqamiz marjon,
Qo'g'irchoq, qo'g'irchoqjon.
Qo'ldan qo'ymaymiz sira,
Yuqtirmaymiz gard, shira.
¦ Ovunchoqsan bizlarga,
Qo'g'irchoqsan bizlarga.
Har qanday yozuvchi maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga o'qib beriladigan asar tilining badiiy jihatdan puxta-pishikdigiga, tushunarli, aniq va ravonligiga alo- hida e'tibor beradi. Bu yoshdagi bolalarga tavsiya etila- digan asarlar hayot haqida muayyan tasavvur berishi bi¬lan birga ularga zavq-shavq bag'ishlaydi. Masalan, Shu- kur Sa'dullaning «Lola va mushuk» she'rini olib ko'raylik. Bu asar juda oddiy. Misralari ham sodda, ammo u bir o'qishdayoq kichkintoy mehrini o'ziga tortadi, uni uyqudan barvaqt turishga, yuvinib-taranishga, ozoda, pokiza bo'lishga o'rgatadi. Uning uy hayvonlariga, joni- vorlarga mehribon, g'amxo'rligini oshiradi. Mana she'r- ni o'qib ko'ring: Men Lolaman, Lolaman, Ozoda qiz bolaman. Erta bilan turaman, Yuz-ko'limni yuvaman. Mushugim bor qora mosh, O'zi judayam yuvvosh. Mendan oldin turadi, Yuz-qo'lini yuvadi. Xulosa qilib aytganda, budavr bolalari o'zlari ting- lagan asarlari yordamida asta-sekin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona yurtga mehr-oqibatli bo'lishni, tabiat- ni asrashni, mehnatni sevishni o'rganadilar.
Bu yoshdagi bolalar kitobxonligi avvalgisidan bir farq qiladi. Bu farq bolalarning yoshi va bilimi, sa’viyasi bilan bog'liq. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bola¬lar asosan tarbiyachilari, ota-onalari yordamida badiiy asarlar bilan tanishsalar, boshlang'ich sinf o'quvchilari bu ishni mustaqil bajaradilar. Mustaqillik ularga ishonch va zavq-shavq bag'ishlaydi. Bu yoshdagi bolalarni tevarak-atrofdagi turli vokea- hodisalar nihoyatda qiziqtiradi. Ularning bizni qur- shagan olam haqidagi savollariga badiiy asarlarda mu- fassal javob berilgan.
I —12 yoshdagi bolalar sexrli-fantastik ertak, sar- guzasht, hikoya, qissa va dostonlarni sevib o'qiydilar. Olloyorning «Fazogir chumoli» (ertak-qissa), Anvar Obid- jonning «Dahshatli Meshpolvon» (ertak-qissa), Quddus Muhammadiyning «Erkinjon oyga chiqibdi» (doston), Yusuf Shomansurning «Oydan kelgan bolalar» (doston) kabi asarlari shu yoshdagi bolalarga mo'ljallab yozilgan. O'rta va katta yoshdagi Bu yoshdagi bolalar o'zlari bolalar kitobxonligi mustaqil ravishda kitob
o'qib qolmay, balki o'qigan kitob- laridagi qahramonlarning xatti-harakatlarini baholash- ga o'rganadilar, zarurat bo'lsa ular ko'rsatgan mardlik va jasoratlarni takrorlashga hozirlanadilar. Bu yoshdagi bolalarga xalqimizning shonli tarixi, bugungi xayoti haqida yozilgan turli janrdagi asarlarni tavsiya etish mumkin. «Shirok», «To'maris» kabi afsona- lar bilan birga Oybek, G'afur G'ulom, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Hakim Nazir, SH. Sa'dulla, A. Obid- jon va boshqalarning zamonaviy mavzudagi eng yaxshi asar¬lari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Download 20,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish