8-variant
1-TOPSHIRIQ. NAZARIY SAVOLLARGA JAVOB YOZING.
Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devning o’limi” romanini g’oyaviy jihatdan tahlil qiling.
Men bu romanni tahlilidan oldin bolalar yozuvchisi adibning hayoti va ijodiga to'xtalib o'tmoqchiman. Xudoyberdi To‘xtaboyev - o‘zbek adabiyotining zamonaviy bolalar yozuvchisi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932 yil 17 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Katta Tag‘ob tumanida dunyoga kelgan. Xudoyberdi erta yetim qolib, bobosi va buvisining qo‘lida tarbiyalanadi.
1949 yil Qo‘qon pedagogika institutini, 1955 yil Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetini) tamomlaydi.
Ijodiy faoliyatini Farg‘ona viloyatidagi maktabda dars berishdan boshlagan, keyinroq o‘quv ishlari mudiri va maktab direktori lavozimlarida ishlaydi.
1958 yildan Xudoyberdi To‘xtaboyev keyingi 14 yil mobaynida “Toshkent oqshomi”, “Sovet O‘zbekistoni” gazetalarida 300 dan ortiq feletonlarini chop etadi. Shuningdek, “Guliston”, “Sharq yulduzi”, “Gulxan”, “G‘uncha”, “Yosh kuch” jurnallarida, “Yosh gvardiya” va “Kamalak” bosma nashrlarida ijod namunalari bilan ishtirok etadi.
1958 yil qisqa vaqt mobaynida “Yosh gvardiya”, “Sir fosh etildi”, “Sehrli qalpoqa” kabi kitoblari omma e’tiboriga havola qilindi.
Keyingroq “Omonboy va Davronboy”, “Sariq devni minib”, “Yillar va yo‘llar”, “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida”, “Jannati odamlar” kabi kitoblari chop etiladi.
Xorijiy kitobxonlar orasida Xudoyberdi To‘xtaboyev “Sehrli qalpoqcha” ertak-qissasining rus tiliga tarjimasi (shuningdek, ukrain, fransuzs va bir qator boshqa tillar) bilan tanilgan.
“Sehrli qalpoqcha” ertak-qissasi - yozuvchining rus tiliga tarjima qilingan birinchi kitobi. Mazkur asar kitobxonga olam quvonch va xursandchilik onlarini had’ya qiladi, degan umiddamiz.
Ertak-qissa 1970 yilgi Butun ittifoq tanlovida eng yaxshi bolalar kitobi mukofotiga loyiq topilgan.
Endi esa, Sariq devni minib romaniga to'xtalsam, bu roman mening sevimli asarim desam mubolag'a bo'lmaydi. Kitobini ham o'qiganman, kinosini ham ko'rganman. Bu asar ko'plab jahon tillariga tarjima qilinib, sevib o'qilgan. Italyan yozuvchisi Janni Rodari va o'zbek yozuvchisi Said ahmad e'tiroflariga sazovor bo'lgan.
Hoshimjon – bu mening o‘zim, bolalikdagi orzularim, shodliklarim, shumliklarim, armonlarim deydi yozuvchi.
«Sariq devni minib» romanining yaxshi fazilatlaridan biri tilining shiradorligi va o'ynoqiligidadir. Muallif bosh qahramon Hoshimjonning tilini alohida e'tibor bilan ishlagan. Bu til nozik qochirimlarga boyligi va jonliligi, shu bilan birga bolalar tiliga mos holda soddaligi bilan ajralib turadi. Qahramonning xarakteri uning so'zlaridan shundoqqina bilinib turadi.
Bu asarning g'oyaviy tahlili shundan iboratki, asarning mazmuni-har bir inson oldiga maqsad qo'yib va unga intilib yashaydi. Bu asarda maqsadga osonlik bilan misol uchun hech qanday ish qilmay, sehrli qalpoqcha orqali erishib bo'lmasligi, har bir ishga o'z mehnati, bilimi bilan yetishish kerakligi, fantastika, yumor va shu yoshdagi bolaning o'zgacha dunyoqarashi bilan ochib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |