Mavzu: Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanining tashkil topishi va rivojlanishi. Bolalar nutqini o`stirishga oid nazariy ishlar. Maktabgacha ta'lim me'yoriy hujjatlari asosida bolalarni tarbiyalash



Download 79,45 Kb.
bet3/3
Sana21.07.2022
Hajmi79,45 Kb.
#832938
1   2   3
Bog'liq
1-MAVZU (2) (1)

Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi savollarga javob beradi: nimani o’rgatish lozim (bolalarda qanday nutqiy qobiliyatlarni tarbiyalash lozim), qanday o’qitish zarur (bolalar nutqini shakllantirishda qaysi metodlar va usullarni qo’llash lozim, ularni qanday sharoitlarda qo’llash zarur), nega endi aynan shunday o’qitish kerak (taklif etilayotgan usullar nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlari bilan asoslanmoqda).

Ta’lim va tarbiya muammosi juda qadimdan mavjud. U o‘rta asrlardagi g‘arb va sharq mutafakkirlarining asarlarida ko‘rib chiqilgan. 0 ‘sha davrlaming buyuk mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar jahon fani, madaniyati, maorifiga beqiyos hissa qo'shdilar.

Sharqning qomusiy mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873-950) insonni har tomonlama takomillashtirish, ularni umumiy baxt-saodatga yetaklash yo‘llari va usullarini o‘zining ijtimoiy-siyosiy ta’limoti markaziga qo‘yadi, bu esa uning dunyoqarashlarning umuminsoniy asosga egaligidan dalolat beradi. Aynan shunday maqsadlar Forobiyning shaxsni tarbiyalash va ta’lim berish, uni takomillashtirish hamda uning ijtimoiy muammolami hal etishdagi faol roliga nisbatan dunyoqarashlarining bosh mazmunini tashkil etadi.Uning fikriga ko‘ra, ta’lim va tarbiya oilada, o‘qituvchi yordamida maktabda va yaxshilikka asoslangan jamiyatda uning rahbari yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Buyuk slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) G‘arbning buyuk olimlaridan biri hisoblanadi. Uning pedagogik tizimi o‘sib kelayotgan avlodni insoniylik, tinchliksevarlik, tenglik va birodarlik ruhida tarbiyalash g'oyalari bilan yo‘g‘rilgan.Yan Komenskiyning pedagogik merosi ulkan va ko‘p qirralidir.Olimning chop etilgan falsafiy va pedagogik asarlari uning tarixiy ahamiyatini belgilab berdi. ≪Onalar maktabi≫da qayd etilgan bolani dastlab oilada tarbiyalash va rivojlantirish g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Hajmi kichik, biroq mazmuni juda ehuqur bo‘lgan mazkur asarni unda qo‘yilgan muammolaming dolzarbligi va ahamiyatliligi, ularmi amalga oshirish uchun taklif qilinayotgan yo‘llar va vositalaming soddaligi hamda ishonchliligi, nihoyat oila, ayollar, bolalar va ulami tarbiyalashga bo‘lgan munosabatning insoniy yo‘nalishga egaligi bo‘yicha uni mumtoz asarlar sirasiga kiritish mumkin. ≪Inson zotini himoyalash eng awalo beshikdan boshlanishi lozim≫. Bundan ortiq sodda va dono fikr bo‘lmaydi. Uddaburon olimlar qaysi bir ijtimoiy tarbiya tizimini kashf qilmasinlar, baribir bolalar hayot kechiradigan, ular jismonan va ma’nan rivojlanadigan muhit sifatida oila eng samarali tarbiya tizimi hisoblanadi.

Rus pedagogi K.D.Ushinskiy (1824-1870) rus burjuademokratik pedagogikasi, xususan, maktabgacha pedagogikaning asoschisi hisoblanadi. U bolalami maktabgacha tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti masalalarini boshlang‘ich ta’lim muammosi bilan bog‘lagan.

K.D.Ushinskiy ona tilini birlamchi o‘qitishning uchta asosiy maqsadlarini shakllantirgan: I. So‘z imkoniyatlarini rivojlantirish; II. Bolaga fikmi ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan foydalanishni o‘rgatish, bolalami ona tilining boyliklarini egallashga jalb qilish. III. Til qonunlarini, uning grammatikasini o‘rganish.


Download 79,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish