Mavzu: Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanining tashkil topishi va rivojlanishi. Bolalar nutqini o`stirishga oid nazariy ishlar. Maktabgacha ta'lim me'yoriy hujjatlari asosida bolalarni tarbiyalash



Download 79,45 Kb.
bet1/3
Sana21.07.2022
Hajmi79,45 Kb.
#832938
  1   2   3
Bog'liq
1-MAVZU (2) (1)


Mavzu:
Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanining tashkil topishi va rivojlanishi. Bolalar nutqini o`stirishga oid nazariy ishlar. Maktabgacha ta'lim me'yoriy hujjatlari asosida bolalarni tarbiyalash. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy- pedagogik shart-sharoitlari. Sharq va g’arb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari.

Reja: 1.Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanining tashkil topishi va rivojlanishi haqida. 2.Maktabgacha ta'lim me'yoriy hujjatlari asosida bolalarni tarbiyalash haqida tushuncha. 3.Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy- pedagogik shart-sharoitlari haqida. 4.Sharq mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari haqida. 5. G‘arb pedagoglarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari haqida.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish O‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asrning 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha ta’lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o‘qitish zarurligi masalasini ko‘tarib chiqdi. U tomonidan o‘tkazilgan sinov tadqiqotlari (1958—1960-yillar) natijasida maktabgacha katta yoshli o‘zbek bolalariga ruscha og‘zaki nutqni o‘rgatish metodikasining asosiy mazmuni belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan.

XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida E.M.Razbayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o‘qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. S.O.G‘oziyeva tomonidan (E.M.Razbayevaning ilmiy rahbarligi ostida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan (xalq ertaklari, o'yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda bo‘lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi.

Ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachisining bolalarga ularning o’z ona tilini o’rgata olish qobiliyati uning kasbiy tayyorgarligining muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Bolaga tabiat ato qilgan barcha aqliy qobiliyatlar ona tilini o’zlashtirish, ayniqsa uni maktabgacha yoshda o’rganib olish tufayli yuzaga chiqadi hamda rivojlanadi. Nutqni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo’nalti­rilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.


Metodikaning asosiy vazifasi – ilmiy-pedagogik asosda nutqni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ishlab chiqish xamda bolalarda zarur nutqiy ko’nikmalarni muvaffaqiyatli ravishda rivojlantirishlari uchun bolalar bog’chalari tarbiyachilarini ular bilan qurollantirishdan iboratdir.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni – bolalarda og’zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko’nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o’qitish (bolalarda qanday nutqiy ko’nikmani tarbiyalash), qanday o’qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega aynan shunday o’qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslanmoqda).
E.I.Tixeyevaning ko’rsatishicha: «Ona tili, uni xech qanday to’siqsiz va har tamonlama rivojlantirish tarbiyaning asosini tashkil etmog’i lozim». Nutqni o’z vaqtida egallash bolada to’laqonli psixika paydo bo’lishi hamda uni keyinchalik to’g’ri rivojlan­tirishning eng muxim va birinchi shartidir. O’z vaqtida degani – demakki, bola tug’ilganidan keyingi dastlabki kunlarda boshlanadigan, to’laqonli degani – til materiali bo’yicha yetarli bo’lgan va bolaning xar bir yosh bosqichida o’z imkoniyatlarini to’liq ishga solgan xolda nutqni egallashga undovchi mashg’ulotlar demakdir.

Download 79,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish