Mavzu: Bo'lajak maktabgacha talim mutaxasislarining pedagogik, psixologik tayyorgarligini tarkib toptirsh paradigmi.
Reja:
1)Bo'lajak maktabgacha talim mutaxasislarining pedagogik tayyorgarligi.
2)Bo'lajak maktabgacha talim mutaxasislarining pedagogik tayyorgarligi.
3)Bo'lajak maktabgacha talim mutaxasislarining metodik. tayyorgarligi.
Bo'lajak maktabgacha ta'lim mutaxasislarining tayyorgarligi quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi:
1. Bolalar bilan ishlashda har bir yosh va har bir bolaning rivojlanish imkoniyatlarini anglash;
2. Bolaning individual xususiyatlarini rivojlantirish, ya'ni. mutaxassisning e'tiborini bolaning qiziqishlari, qobiliyati, moyilligi, his-tuyg'ulari, sevimli mashg'ulotlari, munosabatlari va boshqalar jalb qilishi kerak;
3. Bolalar bog'chasida bolaning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish;
4. Bolalarga ham, ularning ota-onalariga ham, tarbiyachilarga ham o'z vaqtida psixologik yordam ko'rsatish.
Psixologik tayyorgarlik tushunchasi - maktab ta’limi nuqtayi nazaridan 1-sinfga qadam qo'yayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko'rsatkichlarining majmuasi bo'lib hisoblanadi. Bu tayyorgarlik bolaning o'qishga intilishi, o'quvchi bo'lish ishtiyoqida bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi, bolaning o'quv faoliyati elementlarini egallash, iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo'luvchi asoslangan tayyorgarlikni o'z ichiga oladi.
Pedagogik-psixologik tayyorgarlik
Mutaxassisning ta’lim-tarbiya jarayonining qonun-qoidalarini
o’zlashtirishi, pedagogikpsixologik bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi, ta’lim oluvchi shaxsiningyosh va individual xususiyatlarini bilishi hamda ularning psixologikholatini boshqara olish, ta’lim jarayoni, uning mazmuni, tamoyillari,ta’limni tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqidagidastlabki nazariy ma’lumotlarga egalik darajasidir.
innovasion tayyorgarlik – ta’lim jarayoni ishtirokchilarining o’zaro hamkorliklariga tayangan holda o'itishning innovasion g’oyalari, shakl, metod va vositalaridan samarali foydalanish, o’quv va ma'aviy ma’rifiy ishlarni tashkil etishga ijodiy yondashish,yangiliklar yaratishga, innovasion kasbiy faoliyatga intilish qobiliyati bilan izohlanadi. Yuqorida qayd etilganlardan ko’rinib turibdiki, pedagogika oliygohlarida mutaxassislar kasbiy tayyorgarligi,pedagogikmahoratini shaklantirish dolzarb ijtimoiy ahamiyatli muammo hisoblanadi. Pedagogik mahorat tug’ma talant yoki nasldan-naslga o’tadigan xususiyat emas, balki tinimsiz izlanish, ham ilmiy, ham amaliy shakldagi ijodiy mehnat mahsulidir. Bu ko’p qirrali pedagogik faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi.
Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma o’qituvchilar uchun standart, ya’ni bir qolip shaklida qolib ketadigan ish
usuli emas, balki u har bir o’qituvchining o’z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi.
Maxsus - metodik tayyorgarlik
– mutaxassisning ta’lim mazmuni, o’quv jarayoni va uning mazmunini yorituvchi hujjatlar, ta’lim shakllari, ilg’or metodlar,shuningdek
didaktik va texnik vositalardan maqsadga muvofiq, o’rinli foydalana olish borasidagi nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi,o’quv-tarbiyaviy jarayonini tashkil qilish va boshqarish malakalariga egalik, ta’lim jarayonining mohiyatini to’g’ri tushunish, o’qituvchi va o’quvchifaoliyatini tashkil qilish hamda boshqarish, jamoada sog’lom psixologik muhit va samimiylik.
-o’zaro yordam va qo’llab quvvatlashga asoslangan shaxslararo munosabatlarni qaror toptira olish qobiliyatini namoyon bo’lishi bilan tavsiflanadi.
Shunday qilib, pedagogik tayyorgarlik maktabgacha ta'limning zarur kasbiy fazilati bo'lib, uning faoliyatini samaraliroq bo'lishiga sabab bo'ladi:
1)bolalar bog'chasi tarbiyachilarining ijodiy salohiyatini rivojlantirish;
2) tarbiyachi va tarbiyalanuvchining birgalikda ijod qilishi;
3)pedagogik badiiylik orqali bolalarning muloqot qobiliyatini rivojlantirish.
Zamonaviy mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi fundamental umumiy ta'lim, psixologik, pedagogik va maxsus bilimlarni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'rganish, yangilik va ijodkorlik munosabatini shakllantirishni o'z ichiga oladi. Shu munosabat bilan o'qituvchi (tarbiyachi) ning kasbiy rivojlanishining eng muhim jihati pedagogik tayyorgarligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |