Mavzu: Bola huquqlari


Bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro huquqiy normalar



Download 1,86 Mb.
bet6/7
Sana25.06.2022
Hajmi1,86 Mb.
#704036
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bola huquqlari

Bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro huquqiy normalar. Bola huquqlari bo‘yicha Qo‘mita. Bu Qo‘mitaning birinchi sessiyasi 1991-yilda bo‘lib o‘tgan. Qo‘mita o‘n nafar ekspertdan iborat. Uning zimmasiga bola huquqlarini rag‘batlantirish uchun kurashayotgan, Konvensiya qatnashchisi bo‘lgan barcha davlatlar o‘rtasida muntazam muloqot yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash vazifasi topshirilgan3.
Qo‘mita jahon bolalarining tinchligi va farovonligiga tahdid soluvchi omillarni aniqlab, muayyan muammolarning amaliy yechimini izlamoqda va ularni hal qilish uchun odamlarni va moliya resurslarini safarbar etish choralarini ko‘rmoqda hamda jamoatchilikning xabardorlik darajasini oshirishga, shuningdek, bola huquqlarini himoya etish va rag‘batlantirishdagi ishtirokini kengaytirishga ko‘maklashmoqda. Qo‘mita ana shu maqsadda mazkur sohada jo‘shqin faoliyat olib borayotgan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kehnoqda.
Qo‘mita 1989-yilgi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qo‘shilgan davlatlar o‘zlarining bu boradagi majburiyatlarini qay tarzda bajarayotganliklarini kuzatib boradi. Konvensiya qatnashchisi bo‘lgan davlatlar Konvensiya bajarilishiga qaratilgan tadbirlar haqidagi va bola huquqlarini amalga oshirish sohasidagi taraqqiyot to‘g‘risidagi ma’ruzalarni muntazam ravishda shu Qo‘mitaning o‘ziga taqdim etadilar. Bu ma’ruzalarning milliy darajada oshkor etilishi va keng ommalashtirilishi ta’minlanadi.
BMTning Bolalar fondi (UNICEF). Ikkinchi jahon umshidan keyingi Yevropada va Xitoyda bolalarning oziq-ovqat, dori-darmon va kiyimkechakka bo‘lgan kundalik zarur ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida 1946-yilda BMT Bosh Assambleyasining birinchi sessiyasida UNICEF ta’sis etilgan edi. 1950-yilda BMT Bosh Assambleyasi mazkur Fond faoliyatining asosiy yo‘nalishi rivojlanayotgan mamlakatlar bolalarining manfaatlari ko‘zlangan dastumi amalga oshirishdan iborat, deya qaror qabul qildi. Uch yildan keyin BMT Bosh Assambleyasi UNICEFning faoliyatini nomuayyan muddatga uzaytirishga qaror qilgan.
UNICEF insonparvarlik, mumvvat yordami ko‘rsatgan holda rivojlanishga hamkorlik qilar ekan, bolalarni himoya etish va ularning barcha qobiliyatlarini o‘stirish maqsadida rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik doirasini kengaytirishga harakat qilib kelmoqda. Bunday hamkorlik bolalarni kamol toptirish sohasidagi milliy dasturlar doirasida amalga oshirihnoqda. Ana shu hamkorlik mohiyatan jahondagi har bir bolaga uning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada e’lon qilingan tayanch huquqlari hamda imtiyozlari imkon qadar ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan. Markaziy va Sharqiy Yevropada, shuningdek sobiq Sovet Ittifoqi hududida bolalarning eng zarur talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida UNICEF ba’zi davlatlarga yaqindan yordam ko‘rsatib kelmoqda. UNICEF bola huquqlarini rag‘batlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi Bola huquqlari Qo‘mitasi bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ayni bir vaqtda Konvensiyaning amalga oshirilishini kuzatish hamda Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki bu hujjatga qo‘shilgan davlatlarga zimmalaridagi vazifalarini bajarishlarida har tomonlama yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanmoqda. UNICEF o‘z faoliyatida bolalarning omon qolishini ta’minlash, ularni himoya etish va kamol toptirish to‘g‘risidagi Umumjahon deklaratsiyasini amalga oshirishga qaratilgan harakatlar rejasiga amal qiladi. Mazkur Deklaratsiya bolalar manfaatlarini ko‘zlab 1990-yilning sentabrida Nyu-Yorkda ko‘pgina davlatlar va hukumatlarning rahbarlari hamda oliy martabali boshqa shaxslar ishtirokida o‘tkazilgan oliy darajadagi umumjahon uchrashuvida qabul qilingan.
“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi UNICEFning bolalar huquqlari hamda ularning xavfsizligi, salomatligi va ta’lim masalalarini ilgari surishdagi faoliyatida dasturilamal vazifasini bajaradi.
Bu jarayonda bolalarning o‘zlari faol ishtirok etishlari muhimdir. 2002-yil may oyida bo‘lib o‘tgan BMTning Bolalar masalalari bo‘yicha maxsus sessiyasida bolalarning dunyoqarashlari ifoda etildi. Unda 7000 ishtirokchidan 600 nafarini bolalar tashkil etgan bo‘lib, bolalar forumini ifoda etish imkoniyatini berdi. Buning natijasida davlat rahbarlari “Bolalarga maqbul dunyo” yaratish majburiyatini oldilar.
“Bolalarga maqbul dunyo” bolalar salomatligi, ta’limi va himoyasini bolalar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha maqsad-vazifalarni hamda ularni amalga oshirish vaqtini belgilaydi.
UNICEFning O‘zbekistondagi faoliyati bolalar va ularning oilalari hayotini yaxshilashga qaratigan bo‘lib, quyidagi huquqlarni amalga oshirishga yordam beradi:

  • yuqori sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi, xususan, onalar salomatligi, bolalar oTimini qisqartirish hamda OITV/OITS to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega boTish huquqi;

  • yuqori sifatli va bepul bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim olish hamda yuqori sifatli va imkon qadar bepul bo‘lgan o‘rta ta’lim olish huquqi;

  • bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va hordiq chiqarish huquqi;

  • o‘z fikr-mulohazalarini erkin ifoda etish huquqi;

  • jinsi, dini yoki irqidan qat’i nazar, hamma uchun teng imkoniyatga ega bo‘lish huquqi.

Bolalar huquqlariga tayziq o‘tkazish ehtimoli hamma yerda ham bo‘lishi mumkin.
UNICEF o‘zining O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik dasturi doirasida ana shu masalalarga e’tibor beradi. 2005-yil avgustda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va UNICEF tashkiloti o‘rtasidagi 2005-2009-yillarga mo‘ljallangan Mamlakat Harakat Rejasi dasturi imzolandi. Ushbu Rejada bola huquqlarini kafolatlash va himoya qilishga qaratilgan yagona (umumlashtirilgan) huquqiy hujjat ishlab chiqish va qabul qilish borasidagi Hukumat tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, ularga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq institutsional tizimni yanada takomillashtirish, jumladan, bolalarning oila hayoti muhitiga bo‘lgan huquqlarini keng targ‘ib qilish, bolalarga moTjallangan muassasalarning muqobil ko‘rinishlarini yaratish va ular bilan bog‘liq bir qator masalalarga oid qoidalar o‘z aksini topgandi.
UNICEF ushbu maqsadlarga erishish yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, fuqarolik jamiyati instituti vakillari va bevosita bolalarning o‘zlari bilan ham yuqorida qayd etib o‘tilgan muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida hamkorlik qilib kelayotir4. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, jabrdiyda guvohlar himoyasi, shuningdek, ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyaga topshirishning muqobil ko‘rinishlari bo‘yicha ko‘plab aniq tadbirlar ushbu hamkorlikning muayyan natijalaridandir.
Umuman, bola huquqlari, ularning kafolatlari to‘g‘risida xulosa qilib aytish mumkinki, aholisining katta qismi yoshlarni tashkil etuvchi mamlakatimiz uchun bola huquqlarini ta’minlash va ularni himoya qilish masalasi mamlakatda demokratik, huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurishning eng muhim shartlaridan biri bo‘lib qohnoqda. Zero, Prezident I. Karimov ta’kidlaganidek, “Oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog'liqdir”5.
Barchamizga ma'lumki, 1 iyun` kuni dunyo davlatlarida “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi. Ayrim davlatlarda esa, “Xalqaro bolalar huquqlarini himoya qilish kuni” sifatida ham e'tirof etiladi. Oila bor ekan, uning asosi baxtli bola, tarbiyali o'sib kelayotgan farzand bilan belgilanadi. Bola quvonchi, uning beg'ubor kulgusi nafaqat ota-onaning, balki dunyo quvonchi sifatida e'tirof etiladi.
Qaysi bir mamlakat bo'lmasin, agar unda bolalarning shodon kulgulari yangrab tursa, bu yurtning buguni ham, ertasi ham, albatta, porloq bo'ladi. Axir, bola beg'ubor va samimiy bo'ladi. Bunday beg'ubor bolalik uchun bolaga mehr va e'tibor kerak. Zero, bugun dunyoning deyarli barcha hududlarida siyosiy tanglik, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik hamda pandemiyaga qarshi kurash ketayotgan karantin davom etayotgan bir vaziyatda u erdagi bolalarning taqdiri, huquq va erkinliklari haqida chuqurroq o'ylasak, bugungi kunda bola huquqlari himoyasi masalasining dolzarbligini va ahamiyatini his etish mumkin bo'ladi.
Bola huquqlarini himoya qilish haqida gap ketganda eng avvalo mazkur bayram tarixi hammani qiziqtirishini bilamiz. Bu bayram 1949 yilda Parijda ayollarning Xalqaro demokratik federatsiyasi kongressida bolalarning bardamligi va baxt-saodatining kafolati bo'lgan mustahkam tinchlikni ta'minlash uchun doimiy kurashishi hamda bola huquqlarini himoya qilish masalasi talab etilgan. CHunki 2-jahon urushidan keyingi davrda barcha e'tibor urushda etim qolgan bolalarning taqdiri hamda barcha uchun bolajonlarning sog'liq va xotirjamligini saqlash dolzarb muammoga aylangan muhim masala edi.
Kongress harakati va talabi oqibatida 1950 yildan e'tiboran 1 iyun` Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlana boshlangan. N`yu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi qarori bilan bolalar huquqlari to'g'risida Konventsiya qabul qilingani esa, bola huquqlarining qonuniy kafolati bo'lib, unda butun dunyo mamlakatlari uchun bolalar huquqlarini himoya qilishni ta'minlashni joriy qilish to'g'risida yozilgan. Mazkur xalqaro hujjat 54 moddani o'z ichiga olgan. Bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qo'shilgan har bir mamlakat o'z milliy qonunchiligini uning qoidalariga muvofiq qayta ko'rib chiqishi lozimligi qat'iy belgilangan. Jumladan, Konventsiyada ilk bor bola tushunchasi ochib berilgan bo'lib, bolaning huquq va erkinliklar doirasi kengaytirilgan. Hujjatda shafqatsiz qiynoq va qurolli to'qnashuvlar qurboni bo'lgan, shuningdek, qonunni buzgan va muomalaga layoqatsiz bolalarning yuridik himoyasi ham nazarda tutilgan. Demak, Konventsiya qabul qilinishi bola huquqlarini himoya qilishning mutlaqo yangi kontseptsiyasini belgilagan, desak to'g'ri bo'ladi. CHunki Konventsiyaning 20-moddasida ta'kidlanganidek: “O'zining oila g'amxo'rligidan vaqtincha yoki doimiy mahrum bo'lgan yoki o'zining eng yaxshi manfaatlari yo'lida bunday g'amxo'rlikda qola olmaydigan bola davlat tomonidan ko'rsatiladigan alohida himoya va yordamni olish huquqiga egadir.Ishtirokchi-davlatlar o'z milliy qonunlariga muvofiq ravishda bolani parvarish qilishning almashtirilishini ta'minlaydilar. Bolani bunday parvarishlash, jumladan, islom shariati bo'yicha «kafola»ga tarbiyaga berishni, asrab olishni yoki zarurat tug'ilgan taqdirda, bolalar boqiladigan tegishli muassasalarga joylashtirishni o'z ichiga oladi. Parvarishni almashtirish turlari qarab chiqilayotganda bola tarbiyasidagi vorislikning maqsadga muvofiqligi hamda uning etnik kelib chiqishi, diniy va madaniy mansubligi, ona tili etarli darajada hisobga olinishi lozim”-deyiladi. Qarangki, bola huquqini himoya qilishning tarixiy-huquqiy-ma'naviy asosi o'z ifodasini topgan. SHu bois ham, Konventsiya kuchga kirishi bilan, u bolalar uchun asosiy ijtimoiy va huquqiy mezonlar, tartib va qoidalar qat'iy belgilangan huquqiy kafolatga aylangan.
Darhaqiqat, bola huquqlari himoyasi kafolati butun dunyoda ta'minlanmoqda, bu borada xalqaro mexanizm vujudga kelgan. Konventsiya mubolag'asiz bola huquqlarini himoya qilishning kafolatlari mustahkamlangan muhim xalqaro huquqiy hujjat bo'lib, ishtirok etuvchi mamlakatlar uning qoidalarini qat'iy bajarishi shartligi belgilangan. Respublikamiz ham mazkur Konventsiyaga O'zbekiston Respublikasi YUqori Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi Qaroriga muvofiq qo'shilgan. Bundan tashqari, Konventsiya qoidalariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining bola huquqlari bo'yicha Qo'mitasiga Konventsiyaning bajarilishi to'g'risida doimiy ravishda hisobotlar ham taqdim etib turadi. Bola huquqlari sohasida qonunchilikning asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga ko'ra bolalar ota-onalarining kelib chiqishi va fuqarolik holatidan qat'iy nazar qonun oldida tengdirlar. Ayni chog'da mamlakatimiz bolalar manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga doir barcha asosiy xalqaro hujjatlarga qo'shilgan. BMTning Balog'atga etmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (Pekin qoidalari, 1985 yil) hamda Voyaga etmaganlar o'rtasida jinoyatlarning oldini olish uchun bosh tamoyillari (Ar-Riyod bosh tamoyillari, 1990 yil) shular jumlasidandir. Konventsiya talablariga muvofiq bola huquqlarini mustahkamlagan va ularning himoya kilinish shakllarini takomillashtirgan Fuqarolik va Oila Kodekslarining qabul qilingan. Bola huquqlari to'g'risida konventsiya BMTning bolalikni muhofazalashga qaratilgan bzlsa, unga hamohang ravishda Konventsiya qoida va me'yorlarini yanada kengroq amalga oshirish borasida 2008 yilda «Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida»gi qonun qabul qilingan. Konventsiyaning 28-moddasi bolalarning ilm olish huquqiga qaratilgan bo'lib: unda qayd etilganidek, ishtirokchi-davlatlar bolaning ilm olish huquqini e'tirof etadilar hamda ana shu huquq teng imkoniyatlar asosida amalga oshishiga asta-sekin erishish maqsadida ular, jumladan:bepul va majburiy boshlang'ich ta'limni joriy etishi; ham umumiy, ham kasb-hunar bo'yicha o'rta ta'limning turli shakllari rivojlanishini rag'batlantirishi, bunday ta'limdan hamma bolalar bahramand bo'lishlarini ta'minlashi hamda bepul ta'lim joriy etish va zarurat tug'ilgan hollarda moliyaviy yordam ko'rsatish singari zarur chora-tadbirlarni ko'rishi belgilangan. O'zbekistonda bu bolalarning mazkur huquqi hatto karantin davrida ham masaofaviy ta'lim6 Onlayn rejimda ta'minlandi. Prezident maktablari, ijod va Temurbeklar maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan bola tarbiyasi va ilm olish huquqi davlat siyosatining bosh masalasi sifatida hamisha e'tibordaligi diqqatga sazovordir. Mazkur masalaning dolzarbligi haqida : “Maktabgacha ta'lim tizimiga alohida e'tibor qaratayotganimiz bejiz emas, — deb ta'kidlagandi davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev. — YOshlar tarbiyasiga bugundan e'tibor bermasak, ertaga kech bo'lishi mumkin”-degandi.
Yillar o'tgan sayin bola huquqlarini himoya qilishga bo'lgan e'tibor kuchayishi natijasida bugungi kunda bolalar Ombudsmani instituti tashkil etildi. Jumladan, bunday ombudsmanlik instituti Rossiya, Boliviya,Bel`giya, Avstriya, Serbiya, estoniya, Niderlandiya, Tojikiston va boshqa qator mamlakatlarda mavjud. Uning paydo bo'lishi asosan dunyo mamlakatlari Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyani ratifikatsiya qilishgani bo'lsa, yana bir sabablardan bir jahonda bolalarning ijtimoiy himoyalanmaganligidir. Masalan, Buyuk Britaniyada Bolalar Ombudsmani mustaqil institut bo'lib, Buyuk Britaniyada hech bir davlat organ, hattoki Parlamentga ham bo'ysunmaydi. Bu kabi xalqaro tajriba mamlakatimizda unib o'sib kelayotgan bolalar huquqini himoya qilishda mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida 2019 yil 22 aprel` kuni O'zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4296-sonli qarori qabul qilingan hamda unga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman)ga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) to'g'risida»gi Qonuni muhim qadam bo'ldi. Bolalar Ombudsmani avvalo bolalar huquqlari himoyasining parlament nazoratini ta'minlaydi. Voyaga etmaganlarning yashash sharoitlari o'rganib, bolalarning individual shikoyatlari bo'yicha surishtiruv olib boradi, hamda mamlakatdagi mavjud bola huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar faoliyati bilan hamohang mazkur kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. e'tiborli tomoni bolalar Ombudsmani parlamentga doimo hisobot berib, O'zbekistonda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan bolalarning huquqlarini himoyasi qanday amalga oshirilayotganini nazorat qilib boradi. 2019 yil 29 mayda qabul qilingan "Ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi qaror ana shu dolzarb vazifalar ijrosiga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya talablari hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlangan tegishli normalarga tayangan holda aytish mumkinki, bugungi O'zbekiston bolalari yangilanayotgan O'zbekistonning baxtiyor farzandlaridir. CHunki ularning barcha huquq va erkinliklarining huquqiy kafolati mavjud bo'lib, har bir bolaga davlat tomonidan alohida g'amxo'rlik va e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi o'zlari yashab turgan turar joylarni ular Mehribonlik uylari oila muhittiga mos ravishda ta'minlanmoqda, vasiylik yoki homiylik organining roziligiga ko'ra vasiylikka yoki homiylikka oluvchi bilan birga yashayotgan butun vaqt mobaynida, o'n sakkiz yoshga to'lgunga qadar ana shunday sharoitda tarbiyalanish huquqiga ega bo'lishgani tahsinga sazovrdir.
Zero, bolalarni himoya qilish kuni bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini barcha o'sib kelayotgan bolajonlarga ayniqsa, muammoli bolalarga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega bo'lishlariga va o'z mamlakatining to'la-to'kis va xotirjam fuqarosi bo'lib o'sishlariga ishonch uyg'otishdir.



Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish