Mavzu: Bola huquqlari


Yuvenal adliya tushunchasi



Download 1,86 Mb.
bet2/7
Sana25.06.2022
Hajmi1,86 Mb.
#704036
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bola huquqlari

Yuvenal adliya tushunchasi. Yuvenal yustitsiya (Juvenile Justice) bolalar huquqbuzarligi, bolalar sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkin jinoyat turlari va sud, huquqbuzar bolalar uchun mo‘ljallangan muassasalar tomonidan bolalarga qilinadigan muomala usullari va huquqbuzarlikning oldini olish yo‘llari kabi mavzular qamrab olinadigan keng tushunchadir1.
Yuvenal yustitsiya masalalariga oid har qanday yondashuv zamirida quyidagi tamoyillar yotadi:

  • aybsizlik prezumpsiyasi;

  • voyaga yetmagan shaxs qo‘lga olingan zahotiyoq uning ota-onalarining hozir bo‘lish huquqini ta’minlash maqsadida ota-ona yoki vasiyni zudlik bilan xabardor qilish;

  • imkoni bo‘lsa, sud jarayoni boshlanmasdan turib ularni ushlab turishdan saqlanish va bunday ushlab turish eng qisqa muddatlardagina amalga oshirilishini ta’minlash;

  • inson salomatligi va qadr-qimmatining ta’minlanishi uchun barcha talablarga javob beradigan muassasalar barpo etilishi va ham davolash, ham oldini olishga mo‘ljallangan yetarli, lozim darajadagi tibbiy xizmatning ko‘rsatilishi;

  • tegishli voyaga yetmagan shaxsning jismoniy va mhiy sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan jismoniy jazolash usullaridan iborat qattiq, shafqatsiz, g‘ayriinsoniy va inson qadr-qimmatini oyoqosti qiladigan barcha tarbiyaviy usullarning taqiqlanishi;

  • yaqinlar bilan uchrashish, shaxsiy daxlsizlik, tashqi dunyo bilan aloqa va kundalik yumushlarni bajarish uchun yetarlicha vaqtga ega bo‘lish kabi huquqlar, odil va insoniy muomalaga bo‘lgan huquqlar;

  • ozodlikdan mahrum qilish muassasasidan tashqarida malakali o‘qituvchilar tomonidan ta’lim berilishi bolalarning ehtiyojlariga mos bo‘lishi va ularni jamiyatga qaytishga tayyorlashi;

  • bolalarning katta yoshdagi mahbuslardan alohida saqlanishini ta’minlash, ular bolaning oila a’zosi hisoblangan hollar, bundan mustasno.

Yuvenal yustitsiya masalalariga doir maqsadga muvofiq yondashuvning mavjudligi, birinchi navbatda, bolalarning qonun bilan ziddiyatga borishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rishni talab etadi. Bu hukumatdan tortib to jamoalar va oilalargacha barcha darajalarda amal qilinishi lozim bo‘lgan majburiyatdir2.
Jahon parlamentlarining tashkiloti hisoblangan Parlamentlararo Ittifoq turli mamlakatlar parlamentlariga yuvenal yustitsiyaga aloqador qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ilgari surgan. Ushbu takliflarda quyidagilar ta’minlanishi maqsadga muvofiqligi ko‘rsatib o‘tilgan:

  • balog‘atga yetmagan bolalarning jinoyat sifatida baholanmaydigan harakatlari (harakatsizligi) uchun ularga jinoyatchidek muomala qilinmasligi;

  • jinoyat sodir etishda ayblanayotgan balog‘ atga yetmagan bolalar sud jarayoniga taalluqli Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiyaning 40-moddasi 2-qismida ko‘zda tutilgan barcha kafolatlardan foydalana olishga qodir bo‘lishi;

  • jinoyat sodir etishda ayblanayotgan balog‘atga yetmagan bolalarning huquqiy yordam olishga bo‘lgan huquqlari;

  • ishni ko‘rib chiqishning barcha bosqichlarida maxfiylikning huquqiy tan olinishi.

Yuvenal yustitsiyaga dahldor qonun hujjatlari, lozim topilganda, Bola huquqlari Qo‘mitasining quyidagi takliflariga muvofiqlashtirilishini ta’minlash maqsadida qayta ko‘rib chiqilishi zarur:

  • balog‘atga yetmagan bolalarni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha minimal yosh 15 yosh yoxud shu yoshga imkon qadar yaqinroq qilib belgilanishi lozim;

  • jinoiy javobgarlikka tortishning muqobillari tan olinishi va javobgarlikka tortishga daxldor tegishli standartlar qonunchilikka kiritilishi lozim;

  • jinoyat sodir etishda ayblanayotgan 18 yoshga to‘lmagan barcha shaxslarga balog‘atga yetmaganlardek muomala qilish zarur.

Balog‘atga yetmagan bolalarning ushlab turilishiga tegishli qonun hujjatlarida quyidagilar ta’minlanishi maqsadida qayta ko‘rib chiqilishi shart:

  • milliy qonunchilikning tegishli qoidalariga “oxirgi zarurat” tamoyilining inkorporatsiya qilinishi;

  • ota-ona yoki vasiyni xabardor qilish majburiyatining tan olinishi;

  • balog‘atga yetmagan shaxslarning eng yaxshi manfaatlari amalga oshirilgan taqdirda uning katta yoshdagilar bilan birga saqlanishiga yo‘l qo‘yish yoxud, aksincha, uning eng yaxshi manfaatlaridan kelib chiqib, ularning katta yoshdagilar bilan birgalikda saqlanishini taqiqlash.

Jinoyat sodir etishda ayblangan o‘smirlarni hukm qilishga doir qonun hujjatlarida quyidagilar ta’minlanishi uchun ish qayta ko‘rib chiqilishi lozim:

  • “oxirgi zarurat” va “imkon qadar eng qisqa muddatlarga” tamoyillarining oshkora tan olinishi;

  • o‘lim jazosining qo‘llanilmasligi yoxud jismoniy jazolash usullaridan foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi’.

Yuvenal yustitsiyaga oid xalqaro huquqiy hujjatlar va ularning mazmuni to‘g‘risida quyida yanada batafsilroq to‘xtalib o‘tiladi.


  1. Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy qonunchilik

Bola huquqlariga oid milliy qonunchilik deganda, avvalambor, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-, 65-moddalariga e’tibor qaratish lozimdir. Jumladan, 64-moddada, “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarini rag‘batlantiradi” deb ko‘rsatib o‘tilgan. 65-moddada esa, “Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi” deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyada ko‘rsatilgan onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari bilan tartibga solinadi. 1994-yil 16-iyundagi “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordam tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi va 1994-yil 23-avgustdagi “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi va boshqa farmonlar mamlakatimizda va bolalikni muhofaza qilish, bolalarning jismoniy, axloqiy va ma’naviy kamol topishi uchun qulay shart-sharoit yaratish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga ham alohida e’tibor berilmoqda.

  1. Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro-huquqiy normalar

Bolalar saodati va ularning huquqlari doimo xalqaro hamjamiyatning diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. 1924-yildayoq Millatlar ligasi tomonidan Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Shu davrda bolalar huquqlari asosan qullik, bolalar mehnati, bolalar bilan savdo qilish va voyaga yetmaganlarning pomografiyasiga qarshi choralar ko‘rish bilan cheklangan.

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish