Kunning birinchi yarmidagi asosiy mashg‘ulot
|
Kunning ikkinchi yarmidagi asosiy mashg‘ulot
|
Nonushta
|
25
|
35
|
Tushlik
|
40
|
30
|
Yarim kunlik
|
10
|
5
|
Kechki ovqat
|
25
|
30
|
Nonushtaga to’g‘rab yoki dimlab pishirilgan go’sht, tovuq, pishloq, tuxum, smetana, suli bo’tqasi, kartoshka, sabzavotlar, mevalar, kofe, kakao, choy tavsiya qilinadi. Tushlikka – gazak (tuzlangan baliq, salat, venegret va boshq.), turli xil sho’rvalar, ikkinchi taom va shirin taom. Tushlikka qiyin hazm bo’ladigan asosiy mahsulotlar kiritiladi: qovurilgan go’sht, karam va dukkaklilar. Kechki ovqatga – baliqli taomlar, tvorog, turli xil bo’tqalar, sabzavotlar, mevalar, kefir, qatiq.
Bir kunda ikki marta mashg‘ulot o’tkazilganda ratsionning umumiy kaloriyasi bir oz ko’paytiriladi, bu energiyaning ko’p sarflanishi bilan bog‘liq.
Musobaqalar paytida odatiy ovqatlanish tartibini keskin o’zgartirish mumkin emas. Shunday taomlarni tanlash lozimki, hajmi va vazni kam bo’la turib, u juda yuqori kaloriyali, oson hazm bo’ladigan va singadigan bo’lishi zarur. Musobaqalardan keyin yog‘lar miqdorini kamaytirish va ratsionga sut, tvorog, pishloq, sabzavotlarni kiritish tavsiya qilinadi.
Suvni to’g‘ri iste’mol qilish – bokschining yuqori ish qobiliyati garovidir. Ortiqcha va betartib suv iste’mol qilish chanqoqni nafaqat yomon qondiradi, balki ko’p suv ichish odatini rivojlantiradi va organizmga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun “suv intizomiga” qat’iy amal qilish lozim.
Yuqori haroratda, ayniqsa issiq iqlimda, asosiy ichimlik sifatida choydan, yaxshirog‘i ko’k choydan foydalanish maqsadga muvofiq. U nafaqat chanqoqni yaxshi qondiradi, balki asab va yurak-qon tomir tizimiga quvvatni oshiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Nondan tayyorlangan kvas, gazli va daqeral suv, tomat sharbati, na’matak damlamasi, olcha va boshqa mevali hamda sabzavotli qaynatmalardan ham foydalanish mumkin.
Issiq paytida sabzavot va mevalarni ko’proq iste’mol qilish lozim. Ularda mavjud bo’lgan suv asta-sekin so’riladi, shuning evaziga ter ajralish bezlarining ishi yaxshilanadi. Bundan tashqari, organizm sabzavotlar va mevalar bilan ko’p miqdorda vitadaqlar va daqeral tuzlarni qabul qiladi. Shuningdek, sut va sut-qatiq mahsulotlarini (kefir, qatiq, qimiz) ichish tavsiya qilinadi. Ular chanqoqni yaxshi qondiradi va ko’p miqdorda daqeral tuzlar va vitadaqlarga boy.
Organizm ter bilan birga nafaqat suvni, balki daqeral tuzlar, ko’proq osh tuzini yo’qotadi, bu organizmning umumiy holatiga va uning ish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli issiq paytda nafaqat yo’qotilgan suvni, balki osh tuzini ham qoplash zarur bo’ladi. Buning uchun ratsionga turli xil tuzlamali taomlarni kiritish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |