Mavzu: bmt ning ming yillik barqaror rivojlanish dasturlari



Download 21,77 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi21,77 Kb.
#297866
  1   2
Bog'liq
BMT ning ming yillik barqaror rivojlanish dasturi.


Mavzu:BMT ning ming yillik barqaror rivojlanish dasturlari.

Mening o'rganishlarim shuni ko'rsatadiki:

Butun dunyo insoniyati qashshoqlik, tengsizlik va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning yechimini talab qilmoqda. 2015 yil 25 sentabr kuni barcha mamlakatlarning yetakchilari 2030 yilgacha bo‘lgan davrga bo‘ljallangan barqaror taraqqiyot dasturini qabul qilib, talablardan aniq harakatlarga o‘tish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida yig‘ilishadi.

BMTTDning 2015 yildan keyingi davrga mo‘ljallangan taraqqiyot dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh rahbari 2015 yilda butun dunyo mamlakatlarining vakillari yig‘ilishib, yangi taraqqiyot dasturini qabul qilishi hamda iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilishda yagona bir kelishuv tuzishi haqida gapiradi.

Barqaror taraqqiyot 2030 dasturi yangi 17 ta Barqaror taraqqiyot maqsadlari (BTM)dan, yoki Global maqsadlardan iborat bo‘lib, keyingi 15 yillik davrdagi umumjahon siyosati va sarmoyalar yo‘nalishlarini belgilab beruvchi dasturdir. Unda dunyo mamlakatlarining yetakchilari qashshoqlikka – dunyoning barcha nuqtalarida, batamom – barham berishga va’da qilishi kutiladi.

Barqaror taraqqiyot maqsadlari konsepsiyasi 2015 yilda bo‘lib o‘tgan BMTning Barqaror taraqqiyot mavzusidagi Rio+20 konferensiyasida dunyoga kelgan. Mazkur konferensiya davomida barqaror taraqqiyot konsepsiyasining uchta tamoyili, xususan, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash tamoillarini qamrab oluvchi vazifalar ham belgilab olingan.

Global maqsadlar 2000 yilda qabul qilingan va qashshoqlikka qarshi kurashish masalalarini yechishni ko‘zda tutgan 15 yillik dastur – Mingyillik taraqqiyot maqsadlari (MTM)ning davomi bo‘lib hisoblanadi.

Mingyillik taraqqiyot maqsadlari doirasida qashshoqlik va ochlikka barham berish, o‘limga olib keluvchi, lekin davolasa bo‘ladigan kasalliklarning oldini olish, barcha bolalar uchun ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash va rivojlanish sohasidagi shu kabi boshqa yo‘nalishlardagi o‘lchab bo‘ladigan, barcha tomonlar bilan kelishilgan vazifalar va maqsadlar belgilab olingan edi.

Mingyillik taraqqiyot maqsadlari quyidagi kabi yo‘nalishlarda “yo‘l ko‘rsatgich” bo‘lib xizmat qilgan:

  • Daromad bo‘yicha qashshoqlik

  • Yaxshilangan suv manbalaridan foydalanish imkoniyati

  • Bolalarning boshlang‘ich ta’lim muassasalarida o‘qishi

  • Bolalar orasidagi o‘lim darajasi

Yuqoridagi vazifalar millionlab insonlar uchun hali to‘laqonli bajarilmay qolganligini inobatga olganda, biz tanlangan yo‘limizning oxirgi qismini bosib o‘tib, qashshoqlikka batamom barham berishimiz, to‘liq gender tenglikka erishishimiz, sog‘liqni saqlash sohasining sifatini oshirishimiz, har bir bola maktab ta’limini olish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlashimiz lozimdir. Endi biz dunyoni barqaror taraqqiyot yo‘liga yo‘naltirishimiz kerak. Va Global maqsadlar aynan shu vazifalarning yechimini 2030 yilga qadar topishimizni nazarda tutadi.

Mazkur dastur barcha mamlakatlarda joriy etilib, tinchliksevar, ochiq jamiyatni yaratish, inson turmushi va mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda dolzarb bo‘lgan iqlim muammolari, jumladan, iqlim o‘zgarishi muammosini hal etish kabi maqsadlarga qaratilgan. Joriy yilda Iqlim masalalariga bag‘ishlangan Parij konferensiyasi davomida butun jahon mamlakatlarining yetakchilari iqlim o‘zgarishi muammosi yuzasidan yagona bir kelishuvga erishishi kutilmoqda.

Global maqsadlar Mingyillik taraqqiyot maqsadlari dasturi tomonidan boshlab qo‘yilgan ishlarni oxiriga yetkazib, hech bir inson taraqqiyot jarayonidan chetta qolib ketmasligini ta’minlashni nazarda tutadi.

BMT agentliklari O‘zbekistonni Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni moliyalashtirishda qo‘llab-quvvatlash uchun yangi Qo‘shma Dasturni boshlamoqda.

Qo‘shma jamg‘arma Daniya, Evropa Ittifoqi, Germaniya, Irlandiya, Lyuksemburg, Monako, Gollandiya, Norvegiya, Portugaliya, Ispaniya, Shvetsiya va Shveytsariya davlatlarining mablag‘lari hisobiga tuzilgan.

O‘zbekistonning barqaror rivojlanish tomon sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun BMTning bir qator agentliklari Hukumatga davlat va xususiy moliyalashtirishning yangi shakllari bilan mavjud resurslardan foydalanadigan keng qamrovli moliyalashtirish tuzilmasini ishlab chiqishda yordam berish uchun o‘z kuchlarini birlashtiradilar. Ishga tushirilayotgan yangi Qo‘shma dastur O‘zbekiston hukumatiga qashshoqlikni kamaytirish, sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, gender tengligini targ‘ib qilish va samarali boshqaruvni ta’minlashga qaratilgan milliy rivojlanish strategiyasini moliyalashtirishning umumiy tuzilmasini mustahkamlashda yordam beradi.

Bugun boshlangan "O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirishning birlashtirilgan milliy mexanizmi (MBMM)" loyihasi dastlab 2022 yil oxirigacha davom etadi va O‘zbekiston Moliya vazirligi binosida joylashadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi ushbu Qo‘shma dasturga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICYeF), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) bilan hamkorlikda rahbarlik qiladi.

BMTning doimiy koordinatori Helena Freyzerning aytishicha, BMTning hukumatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ushbu Qo‘shma dasturi uchun vaqt juda to‘g‘ri tanlangan, chunki mamlakat Kovid-19 pandemiyasidan qutilishga intilmoqda.




Download 21,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish