• barchaning teng farovonligini ximoya qilish bilan birga, bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi
xizmati va huquqiga qarab har bir inson oʻz ulushini olishga imkon yaratishdan iborat.
Bu kabi davr va hayot tajribasida tasdiqlangan fikrlar oradan sakkiz asr chamasi oʻtib,
Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatida oʻziga xos tarzda ifoda topmoqda.
Bunga
ishonch hosil qilmoq uchun yurtboshimizning maʻruzalaridan biridagi ushbu taʻkidga diqqat
qilaylik:“Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga - oshib-toshib ketgan boylaru kambagʻal,
qashshoqlarga boʻlinib ketishga yoʻl qoʻymasligi kerak”.Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, har
turli qingʻir yoʻllar bilan haddan tashqari katta boylik orttirib oʻzini qoʻyarga
joy topolmay,
“toʻqlikka shoʻxlik” qiladigan kimsalarning jilovini tortib qoʻyish bilan birga,
halol mehnat
kishilariga imkoniyat yaratib berish, ularni qoʻllab-quvvatlash, zurur boʻlsa, ragʻbatlantirib borish
davlat siyosatining muhim yoʻnalishlariga aylanishi kerak. Adolatning ikkinchi talabi sifatida
Prezident jamiyat taraqqiyoti va uning siyosiy muhitini belgilashda
rahbar kadrlarni tanlash va
ularni joy-joyiga qoʻyishga katta ahamiyat beradi va bu masalaga hal qiluvchi maʻnaviy-siyosiy
omil, tub islohotlarning tayanchi va bosh yoʻnaltiruvchi kuchi, deb qaraydi:
“Xalqning dardiga befarq qaraydigan, oʻz manfaatidan boshqa narsani oʻylamaydigan, xudbin
va tamagir rahbarlar mamlakatimiz ravnaqiga, xalqimiz farovonligiga toʻsiq boʻlmoqda. Endi ular
bilan murosa qilib boʻlmaydi. Bizga shunday rahbarlar kerakki, toki ular elim deb,
yurtim deb
kuyib-yonib, oʻz halovatlaridan kechib mehnat qilsinlar!
Barcha boʻgʻinlarda insofli, diyonatli,
bilimdon, tajribali rahbarlar boshchilik qilmas ekan,
mustaqil mamlakatimizning obroʻsi, uning
manfaati uchun mardlik, jonkuyarlik bilan ishlamas
ekan ishlarimiz koʻngildagidek boʻlmaydi”.
Iqtidorli
deganda, biror soha boʻyicha layoqatini ongli
ravishda sezgan, oʻzidagi qobiliyatni toʻla namoyon qilish uchun qatʻiyat koʻrsata oladigan kishilar
tushuniladi. Iqtidorli odamlar kuch-quvvatini ayamaydi va kutiladigan natijasiga - maqsadiga
yetadi.Ular ishda mardlik, chidamlilik, oʻz-oʻzini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi hislat va
fazilatlarga ega boʻlishadi, oʻz xatti-harakatlariga hamisha tanqidiy koʻz bilan qaraydilar, doimo
olgʻa
qarab intiladilar, erishgan samaralari bilan hech qachon cheklanib qolmaydilar. Iqtidorli
insonlar oʻz faoliyatlari bilan hatto baʻzi bir kamharakat katta isteʻdod egalariga qaraganda ham
koʻproq jamiyatga foyda yetkazadilar. Qayd qilingan fazilatlar
mujassamlanmagan rahbar
rahbarlik lavozimiga yoki tanish-bilish, yoki qarindosh-urugʻchilik, yoinki pora berib erishgan. Bu
nafaqat davlatning, balki butun xalqniig turgan-bitgan shoʻridir.
Do'stlaringiz bilan baham: