-
intellektual mulkni himoya qilishning huquqiy asoslari, shu jumladan
texnologiyalarni transfertlash (oʻtqazish) masalalari.
3. Operatsion yoki investitsiyadan keyingi risklar:
-
operatsion (harakat) qarorlarni qabul qilish jarayoni tartib-qoidalari va davomiyligi;
-
foyda va uni taqsimlash masalalari boʻyicha qaror qabul qilish jarayonida taʻsir
koʻrsatish
darajasi;
-
menejmentni tashkil etish masalalari, shu jumladan investitsiya loyihasi
infratuzilmasini, xodimlarni boshqarish, moliyaviy menejmentni tashkil etish;
-
mahalliy xom ashyodan foydalanish imkoniyatlari va
uni olish tartiblarini hal
qilishning davomiyligi;
-
mahalliy bozor marketingi;
-
malakali mahalliy ish kuchining topilishi;
-
jamoat xavfsizligi, shu jumladan ushbu mamlakatda ishlayotgan xorijlik xodimlar
uchun xavf-xatarsiz ishlash sharoitlari.
Har bir kompaniya oʻzining investitsiyalash strategiyasi, raqobat kurashidagi oʻz oʻrnidan
kelib chiqqan holda investitsiya riski majmuini mustaqil baholaydi
va u yoki bu mamlakatga
investitsiya kiritadi. Keyingi oʻn yillarda rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalar bilan sanoat
jihatidan jadal rivojlanayotgan mamlakatlarning kompaniyalari oʻrtasidagi farqlar yaqqol koʻzga
tashlana boshladi. Rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalar gʻoyat sinchkov va pishiqligi bilan
ajralib turadilar. Ular mamlakatdagi siyosiy–iqtisodiy vaziyatni uzoq oʻrganadi, tahlil etadi va
shundan keyingina bu mamlakatga investitsiyalar kiritish yoki kiritmaslik haqida bir qarorga
keladi. Yangi sanoati rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalar ularga qaraganda faolroq.
Ularning strategiyasi hujumkorligi va tezkorligi bilan ajralib turadi. Bu kompaniyalar uchun yangi
bozorlarga tez kirish hamda u yerda yetakchi mavqeni egallash asosiy masala hisoblanadi.
Bozorga kirishning ham birinchi, ham ikkinchi strategiyasiga koʻplab misollar keltirish mumkin.
Ammo
ularning qaysi biri yaxshi, qaysi biri yomon degan savolga javob berish qiyin. Bu
strategiyalar umuman boshqa-boshqa, har biri mazkur mamlakatlarning tarixiy tajribasi,
biznes
olami anʻanalari, kishilarning mentaliteti (dunyoqarashi) asosida shakllangan. Oʻzbekiston
mustaqillikka erishgandan soʻng xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish tizimini
yaratishga kirishildi. Bu borada bir qator qonunlar va Prezident farmonlari chiqarildi. "Tashqi
iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida", "Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining
kafolatlarini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi qonun va farmonlari shular jumlasidandir. Bu qonun
va farmonlar maʻlum maʻnoda xorijiy investitsiyalarni jalb etishning huquqiy asosini tashkil etadi.
Investitsiya muhitiga bir qator omillar taʻsir koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: