Baholash maqsadi va baholash uchun foydalaniladigan qiymat turlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik5
Baholash maqsadi
|
Qiymat turlari
|
Imkoniyatli sotuvchi(xaridor)ga ehtimol tutilayotgan narxni aniqlash uchun yordam berish
|
Bozor
|
Investitsiyalarning maqsadga muvofiqligini aniqlash
|
Investitsiya
|
Ssuda lish uchun talabnomalarni ta’minlash
|
Garov
|
Mulkni baholash
|
Bozor qiymati
|
Sug’urta shartnomasiga muvofiq qoplash summasini aniqlash
|
Sug’urta
|
Ishlab turgan korxonani qisman yoki to’liq tugatish ehtimoli
|
Tugatish
|
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, biznes qiymatini baholashda iqtisodiy konsepsiyadan foydalanadigan bo’lsak, u bizga eng ehtimol tutilgan bozor qiymatiga erishishimizga yordam beradi.
3. Biznes qiymatini baholash maqsadlari va uni amalga oshirish bosqichlari.
Korxona qiymatini baholash quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lgan murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan jarayon:
Muammolami aniqlash.
Korxonani oldindan ko‘zdan kechirish va baholash uchun shartnoma tuzish.
Axborot yig‘ish va tahlil qilish.
Bozor konyunkturasini tahlil qilish.
Baholash usullarini tanlash va ulami tahlil etilayotgan korxonani baholash uchun qo‘llash.
Turli yondashuvlar yordamida olingan natijalami muvofiqlashtirish.
Biznes qiymatini baholash bo'yicha hisobotlami tayyorlash.
I bosqich. Muammolami aniqlash. Baholashning mazkur bosqichi quyidagi kichik bosqichlardan iborat: korxonani identifikatsiyalash, baholash predmetini aniqlash, baholash sanasini belgilash, baholash maqsadlari va funksiyalarini ifodalash, qiymat turini aniqlash, buyurtmachini chegaralovchi shartlar bilan tanishtirish.
Korxonani identifikatsiyalashda uning to‘liq va qisqartirilgan nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, u ro‘yxatga olingan joy, joylashgan joyi, ishlab chiqarish tarmog‘i, ishlab chiqariladigan mahsulotning asosiy turlari va boshqalar ko‘rsatiladi.
Baholash predmeti — bu baholanadigan mulkiy huquqlar turi: korxona uchun huquq; korxonaning moddiy aktivlari uchun huquq; aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlik sarmoyasi uchun huquq; korxona ustav sarmoyasida ishtirokchining ulushi; korxona aksiyalarining paketi uchun huquq yoki qandaydir boshqa manfaat.
Baholash sanasini belgilash — bu korxonani sotish sanasi, uni ko‘zdan kechirish sanasi, mulkiy majmua bilan bog‘liq sudda ko‘rib chiqish sanasi va boshqa holatlar bo‘lishi mumkin.
Baholash maqsadlarini beligilash (qiymatning qanday turini aniqlash talab etiladi) muhim bosqich bo‘lib, baholashni o‘tkazish uslubiyatini tanlash ana shunga bog‘liq. Soliq solish maqsadida korxonani baholash uchun foydalaniladigan usullar uni tugatish maqsadida qo‘llaniladigan usullardan katta farq qilishi mumkin.
II bosqich. Korxonani oldindan ko‘zdan kechirish va baholash uchun shartnoma tuzish. Quyidagi kichik bosqichlami o‘z ichiga oladi: korxonani oldindan ko‘zdan kechirish, dastlabki axborotni va axborot manbalarini aniqlash, baholash uchun topshiriq va taqvim rejasini tuzish, baholash uchun shartnoma tayyorlash va tuzish.
III bosqich. Axborot yig’ish va tahlil qilish. Baholashning mazkur bosqichini quyidagi kichik bosqichlaiga ajratish mumkin: umumiy ma’lumotlami yig‘ish va tartibga solish, maxsus ma’lumotlami yig‘ish va tahlil qilish, eng yaxshi va eng samarali foydalanishni tahlil qilish. Umumiy ma’lumotlami berishning eng keng tarqalgan usuli ulami korxona faoliyat ko‘rsatayotgan bozor sektori, mahsulot turi, uning narxi, korxona joylashgan joy (koixona joylashgan shahar, tuman haqida ma’lumotlar), baholanayotgan korxonaning iqtisodiy holati va h.k.ga taalluqli kichik bo'laklarga bo‘lish hisoblanadi. Yig‘ilgan ma’lumotlami berishni ushbu usulining ustunligi shundan iboratki, axborotni bir marta yig‘ib va tartibga solib, keyinchalik undan boshqa korxonalami baholashda foydalanish mumkin.
Umumiy ma’lumotlardan tashqari maxsus ma’lumotlami ham yig‘ish zarur, ularga korxona va qiyoslanadigan sotuvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlami kiritish mumkin. Korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlar mulkchilik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, korxona muassislarining tarkibi, ulaming ustav sarmoyasidagi ulushi haqidagi axborotni, mazkur hududda joylashgan yer uchastkasi, binolar va inshootlardan foydalanish, shu jumladan, korxonaning moliyaviy-iqtisodiy va texnik xususiyatlari, binolar va inshootlaming jismoniy holatlari haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |