IV bosqich. Bozor konyunkturasini tahlil qilish. Bozor konyunkturasi — bu shart-sharoitlar yig‘indisi ta’siri ostida ushbu lahzada yoki qandaydir vaqt oralig‘ida yuzaga kelgan bozordagi vaziyat.
Konyunkturaning doimiy amal qiluvchi omillari quyidagilardan iborat: fan-texnika taraqqiyoti, monopoliyaning ta’siri, davlatning aralashuvi, inflatsiya, mavsumiylik va b. Konyunkturaning o‘zgaruvchan omillari quyidagilar: ijtimoiy vaziyat, tabiiy ofatlar, siyosiy tangliklar va b.
Bozor konyunkturasini tahlil va bashorat qilish metodologiyasining muhim elementi bo‘lib faollik va siklik omillar ta’sirining xususiyatini belgilash, sikl fazasini, siklning keyingi fazaga o'tish muddatlarini va uning kelajakdagi dinamikasini aniqlash hisoblanadi.
Bozor konyunkturasini o‘rganish bozorda ro‘y berayotgan o‘zgarishlami miqdoriy baholash va konyunkturalar rivojlanishidagi tendensiyalami aniqlash, ya’ni bashorat qihsh imkonini bemvchi ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshiriladi.
Korxonaning ta ’rifi, uning moliyaviy va texnik-iqtisodiy ahvoliga bag‘ishlangan bo‘limning asosiy maqsadi — korxonaning asosiy xususiyatlari va ulaming bozor qiymatiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Bo'limda ko'rib chiqiladigan asosiy masalalar quyidagilar: korxonaning oldingi tarixi, ishlab chiqariladigan tovarlar va ko'rsatiladigan xizmatlar ro'yxati, sotish shartlari, yetkazib beruvchilar, xodimlar, menejment, koixona aksiyalari bilan tuzilgan awalgi bitimlar. Mazkur bo‘limda, shuningdek, korxonaning joriy faoliyatiga taalluqli masalalar guruhi ham ochib beriladi: qanday mahsulot ishlab chiqariladi (qanaqa xizmatlar ko'rsatiladi), mahsulot yoki xizmatlaming yetakchi turlari ajratiladi va ulaming foizli nisbati ko‘rsatiladi; sotish bozoilari qanaqa va ularda korxona qanday o'rin tutadi; ta’minot tizimi va asosiy yetkazib beruvchilar; korxonani boshqarish xususiyati; koixona kelajakda duch kelishi mumkin bo‘lgan asosiy muammolar ajratiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish va uning kelajakdagi sof daromadini bashorat qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish va uning o‘zgarishini bashorat qilishda moliyaviy ko‘ reatkichlaming bir necha guruhi hisoblab chiqiladi: likvidlilik, sarmoya tarkibi, aylanuvchanlik va rentabellik. Hisobotda baholanayotgan korxonaning u yoki bu moliyaviy ko‘rsatkichlarining uning bozor qiymatiga ta’siri darajasiga izoh berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qiyoslanadigan korxonalar bo’yicha mа’lumotlami tadqiq etish bo‘limida qiyoslash uchun korxonalami tanlab olish mezonlari tahlil etiladi; axborot manbalari sanab o'tiladi; qiyoslash uchun tanlab olingan koixonalarga qisqacha ta’rif beriladi va ular moliyaviy-iqtisodiy tahlil qilinadi.
Baholash usullarini tanlash va qo ‘llash bo‘limida baholashning tanlangan u yoki bu usullari asoslanadi; hisob-kitoblar o'tkaziladi; tanlangan usullar yordamida olingan baholash natijalari yoritiladi. Aksiyalaming nazorat paketlariga tuzatishlar, likvidlilikka tuzatishlar kiritish ham asoslanadi. Hisobot baholanayotgan korxonani baholash bo yicha xulosa bilan yakunlanadi. Odatda, bu yerda turli yondashuvlar bilan olingan ko‘rsatkichlar jadval shaklida jamlanadi va ulaming korxonaning yakuniy qiymati aniqlanadi. Xulosada baholash haqidagi hisobotga qisqacha ta’rif va korxonani baholash natijalari keltiriladi.
Baholash to‘g‘risidagi hisobot, asosiy qismdan tashqari, ilovalarga ham ega bo'lishi kerak. Ularda, xususan, baholovchining shaxsiy manfaatdorligi yo‘qligi haqidagi arizasi; hisobot yozishda ishtirok etuvchi baholovchilaming ma’lumoti va kasbiy tayyorgarligini tavsiflovchi hujjatlardan nusxalar; hisobotda u yoki bu miqdordan foydalanilganlikni asoslovchi jadval shaklidagi axborot keltiriladi.
V bosqich. Baholash usullarini tanlash va ularni tahlil etilayotgan korxonani baholash uchun qo‘llash. Baholash ishlarining ushbu bosqichi baholash jarayonidagi muhim bosqichlardan bin hisoblanadi. Shu munosabat bilan turli yo'nalishdagi korxonalami baholashdagi turli yondashuvlar va usullardan foydalanish masalalari «Biznesni baholashda qo‘Uaniladigan asosiy yondashuvlar va usullar» bobida batafsil ko‘rib chiqilgan.
VI bosqich. Turli yondashuvlar yordamida olingan natijalarni muvofiqlashtirish. Qiymatni baholashdagi har bir yondashuv chog‘ida foydalanilgan ma’lumotlaming ishonchliligi, ulaming bozor sharoitlariga moslashuvchanligini tahlil qilish asosida har bir qo‘llaniladigan yondashuvning salmog‘i belgilanadi va korxona qiymatining yakuniy bahosi aniqlanadi. Ushbu usul mualliflaming “Ko‘chmas mulkni baholash” nomli o‘quv qo‘llanmasida batafsil yoritilgan1.
VII bosqich. Biznes qiymatini baholash bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash. Biznes qiymatini baholash bo‘yicha hisobot yozma shaklda tayyorlanadi. Odatda, bir vaqtning o‘zida ikkita shakldan foydalaniladi — to‘liq hisobot va xulosa.
Biznes qiymatini baholash bo‘yicha hisobotga nisbatan qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
1. Barcha mantiqiy jumlalar va ulardan kelib chiqadigan xulosalar aniq ifodalanishi lozim.
2. Hisobotning barcha faktlari hujjatlar bilan tasdiqlanishi zarur.
3. Hisobot baholashning maqsad va funksiyasi, baholanayotgan obyektning aniq ta’rifi, baholanayotgan qiymat turi, xarajatlar hisob-kitobi, korxonaning bo‘lajak sof daromadlari bashorati, foydalanilayotgan faktlaming hujjatli tasdig‘i, xulosani o‘zida mujassamlantirishi kerak.
4. Hisobot foydalanilayotgan baholash usullarini asoslab berishi lozim.
5. Hisobotga ilovada baholashda ishtirok etgan shaxslar ular baholanayotgan mulk obyektidan qandaydir manfaatdorlikka ega emasliklarini va baholash natijasidan manfaatdor emasliklarini tasdiqlashlari lozim.
6. Hisobot standart shaklda rasmiylashtirilgan va baholashda ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
7. Hisobotda baholovchining ma’lumoti haqidagi hujjatning nusxasi, baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya nusxasi, baholovchining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash to ‘g‘risidagi sug'urta polisi nusxasi o‘zida mujassamlantirigan bo‘lishi lozim.
Hisobot shakli, o‘lchamlari va mazmuni baholanayotgan obyektning xususiyati, baholash maqsadlari va funksiyalariga qarab farq qilishi mumkin. Agar hisobot tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lsa, korxonani batafsil ta’riflash lozim, lekin hisobot ichki foydalanish uchun tayyorlangan bo‘lsa, bu shart emas.
Hisobotning asosiy bo‘limlari quyidagilardan iborat:
1. Kirish.
2. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ta’rifi.
3. Tarmoq xususiyati.
4. Korxonaning ta’rifi, uning moliyaviy va texnik-iqtisodiy ahvoli.
5. Qiyoslanadigan korxonalar bo‘yicha ma’lumotlami tadqiq etish.
6. Baholash usullarini tanlash va qo‘llash.
7. Baholash bo‘yicha xulosa.
8. Ilovalar.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, biznes qiymatini baholashni amalga oshirish bosqichlarini aniq va to’g’ri bajarish orqali samarali va ishonchli yakuniy qiymatga kelishimiz mumkin.