Mavzu:
Biznes huquqi tushunchasi va manbalari
REJA: - 1. “Biznes huquqi” fanining vazifalari.
- “Biznes huquqi” fanining maqsadi.
- “Biznes huquqi” fanining turlari
- Biznes nima:
- BIZNES — daromad keltiradigan yoki boshqa naf beradigan xo‘jalik faoliyati bo`lib u milliy (davlat) qonunlar va xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi; Biznes xo‘jalik yuritish ko‘lamiga qarab, yirik, o‘rta va kichik turlarga bo‘linadi. Yirik Biznes ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band bo‘lsa, o‘rta biznesda esa 500 kishi va undan kam kishi ishlaydigan korxonalar hisoblansa korxona (firma) lar, kichik biznesda 20 - 10 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik va o‘rta Biznesga asosan yirik ishlab chiqarish, ko‘p sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik Biznes qishloq xo‘jaligi, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik Biznes sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan
- Biznes nima:
- BIZNES - tavakkalchilik va o‘zining javobgarligi ostida xususiy yoki qarzga olingan vositalari hisobidan amalga oshiriladigan, asosiy maqsadi foyda olish va o‘z faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuskor iqtisodiy faoliyatdir.
BIZNES VA TADBIRKORLIKNING FARQI
Biznesmen va tadbirkor o'rtasidagi farq juda tor bo'lsada, ikkalasini farq qiladigan jihatlar mavjud. Agar biz hali ham o'rta asrlarda yashaganimizda, biznesmen savdogar, tadbirkor esa ixtirochi bo'lar edi. Savdogarlar tovarlar, oziq-ovqat, qal'alar va hokazolarni sotdilar. Ixtirochilar hosilni yaxshilash uchun agrar tizim kabi yangi ixtirolarni yaratdilar va, albatta, o'zlarining ixtirolaridan pul ishlab oldilar.
- Biznes huquqi nima:
- Biznes masalalari bo`yicha yuridik shaxslar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar to`plami. Bu milliy yoki xalqaro qonunchiligi asosida tartibga solinadi.
- Biznes huquqi - tadbirkorlik huquqi, tijorat huquqi deb ham ataladi, konventsiya, kelishuv yoki milliy yoki xalqaro qonunchilik asosida, tijorat masalalari bo'yicha yuridik shaxslar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar to'plami.
Biznes huquqi sub`ekti.
Biznes huquqining subyektlaridan biri bo‘lib, biznes huquqiy layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar (jismoniy shaxslar) hisoblanadi. Biznes faoliyati subyektlaridan biri sifatida belgilangan tartibda bunday faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan (jismoniy shaxs) fuqarolarning huquq layoqati mohiyati va mazmunini tushunib olish muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqaroning biznes huquqi subyekti ekanligi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ular belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, bunday maqomni olgandan so‘ng ularning biznes huquqi subyekti vujudga keladi. Biznes huquq subyektligi bevosita fuqaroning huquq layoqati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Biznes huquqi manbalari “Manba” soʻzi arab tilidan kirib kelgan soʻz boʻlib, ilmiy tadqiqot ishlari uchun asos boʻlgan asar, hujjat va shu kabilarni anglatadi. Huquq manbai deganda, huquqiy normalarning mustahkamlanish, yaʼni tashqi ifodalanish shakli tushuniladi. Oʻzbekiston Respublikasidagi huquq tizimining manbai – bu vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadigan qonunlar va chiqariladigan huquqiy hujjatlardir. Har bir huquqiy fan uchun ana shu qonunlar va huquqiy hujjatlarning qaysi biri yoki uning qaysi huquqiy normasi manba ekanligini ajratib olish kerak boʻladi. Bu masala, ayniqsa, biznes huquqi uchun muhimdir. Biznes huquqi manbai deb, xoʻjalik subyektlari oʻrtasida kelib chiqadigan xoʻjalik faoliyatiga doir munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi qonun normalarining yigʻindisiga aytiladi. - Biznes huquqi manbai deb, xoʻjalik subyektlari oʻrtasida kelib chiqadigan xoʻjalik faoliyatiga doir munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi qonun normalarining yigʻindisiga aytiladi.
- OʻzR Konstitutsiyasi huquqning barcha sohalarida boʻlgani kabi xoʻjalik huquqining ham asosiy manbaidir. Konstitutsiyaning 36-moddasida belgilanganidek, “har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli. Banka qoʻyilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi”.
E”TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! 2i-21 guruh talabasi: Hakimov Quvonchbek
Do'stlaringiz bilan baham: |