Mavzu: Biznes faoliyatining mulkiy asoslari. Reja: Mulk huquqi biznes huquqining asosi sifatida



Download 130,24 Kb.
bet3/5
Sana16.02.2023
Hajmi130,24 Kb.
#911900
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 мавзу матни (1)

FKning 58-moddasida belgilangan asosiy koidaga binoan, xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari ularni tashkil qilishda katnashgan muassislari (ishtirokchilari)ning mol-mulkidan ajratilgan va ularning xissalaridan tashkil topgan ustav kapitaliga (fondiga, mulkiy jamgarmasiga) ega bulgan tijoratchi yuridik shaxs xisoblanadi.

Xo’jalik shirkatlari va jamiyatlarning muassislari (ishtirokchilari) muayyan huquqlar va majburiyatlarga ega. Ular shirkat va jamiyatning ishlarini bajarishda katnashish, faoliyati tugrisida axborot olish, foydani taksimlashda katnashish, shirkat yoki jamiyat tugatilgan takdirda kreditorlar bilan xisob-kitob kilingandan keyin kolgan mol-mulkning bir kismini yoki uning kiymatini olish va qonun xujjatlarida, shuningdek shirkat yoki jamiyatning ta’sis xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ega bulishlari mumkin.


Xo’jalik shirkatlari va jamiyatlariga ikkita asosiy malakalash belgilarini ajratish mumkin.
Birinchidan, ular tijorat tashkilotlari, ya’ni o’z faoliyatining asosiy maksadi sifatida ishtirokchilar urtasida taksimlanishi mumkin bulgan foydani olishni ko’zlovchi shaxslar buladi.
Ikkinchidan, ular ishtirokchilarining ulushlariga yoki ta’sischilarning aksiyalariga bulingan ustav fondiga yoki ustav kapitaliga ega buladi.
Umuman olganda, shirkat va jamiyat ishtirokchilari xo’jalik soxasida o’z oldilariga kuygan yagona maksadga erishish uchun mol- mulklarini kushib, birgalikda xarakat kiladilar. Lekin ular bir- birlaridan kisman fark xam kiladilar. Masalan, sheriklik fakat natijaga erishish uchun emas, balki ishtirokchilarning bir-birlariga yakin shaxsiy munosabatlariga asoslanadi. Bunda ishtirokchilarning kim ekanligiga axamiyat beriladi. Jamiyatda esa uning ishtirokchilari kimlardan iborat bulishi xal kiluvchi axamiyatga ega emas, u birinchi navbatda maksadga erishish nuktai nazaridan tashkil etiladi.
Xo’jalik shirkatlari va jamiyatlarning muassislari (ishtirokchilari) fuqarolardan va yuridik shaxslardan iborat bulishi mumkin. Tadbirkorlik sub’ekti sifatida xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari tashkil etilayotganda shakllantirilgan ustav fondi, kapitali yoki uning balansidagi o’ziga tegishli bulgan mol-mulklariga nisbatan xususiy mulk huquqiga ega.
Xo’jalik shirkatining yoki jamiyatining mulkiga kushiladigan xissa xar xil mulkdan, jumladan mulkiy huquqdan va shuning bilan birga pul bilan baxolanishi mumkin bulgan boshqa huquqlardan iborat bulishi mumkin. Xissaning asosiy belgisi uning pul bilan baxolanishi mumkinligidadir. Masalan, muallifning mulkiy huquqi, ixtiroga bulgan huquq, nou-xau, sanoat namunalari, tovar belgisi va shunga uxshashlar xam shirkat yoki jamiyat mulkiga kushilgan xissa bulishi mumkin. Kreditorning shaxsi bilan boglik bulmagan, majburiyat buyicha talab qilish huquqi xam xissa sifatida tan olinishi mumkin. Muassislar (ishtirokchilar) tomonidan kushiladigan xissani pul bilan baxolashda vujudga kelgan nizoni ekspertlar xulosasiga kura sud tomonidan belgilangan tartibda xal kilinadi.
Xo’jalik shirkatining yoki jamiyatining xar bir ishtirokchisi uning faoliyatini boshqarishda katnashish huquqiga ega. SHirkat va jamiyatning kaysi turdan iborat bulishiga karab, uning ishtirokchilari shirkat yoki jamiyat faoliyatini boshqarishga oid karorlarni kabul qilishda yoki boshqaruv va tekshiruv organlarini to’zishda katnashishlari mumkin. Kommandit shirkatning ishtirokchisi uning faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega emas Xo’jalik shirkati va jamiyati ishtirokchilarining majburiyatlari ta’sis xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, mikdorda, usullarda va muddatlarda xissa kushishdan, maxfiy axborotni oshkor kilmaslikdan, shirkat va jamiyatning ta’sis xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlardan iborat bulishi mumkin. Ushbu huquq va majburiyatlar barcha shakldagi jamiyat va shirkat katnashchilariga taalluklidir. SHuning bilan birga xar bir shakldagi shirkat va jamiyat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari o’zlariga xos xususiyatlari bilan ifodalanadi. Masalan, “tulik shirkat” ishtirokchilari o’z urtalarida to’zilgan shartnomaga muvofik tadbirkorlik faoliyati bilan shutullanadilar. Ular o’z shirkat majburiyatlari buyicha o’zlariga karashli butun mol-mulk bilan javob beradilar. SHaxs fakat bitta tulik shirkatning ishtirokchisi bulishi mumkin (FKning 60-moddasi). Kommandit shirkati - shirkatning karzlari buyicha o’zining shirkat fondiga kushgan xissasi mikyosida javob beradigan ishtirokchilardan (kommanditlardan) iborat (FKning 61-modda). Kommandit shirkati iborasi franso’z huquqidan olingan bulib, savdo soxasidagi shirkatlardan biri xisoblanadi. Kommandit shirkati “ishonchga asoslangan shirkat” degan nom bilan xam ataladi. Xo’jalik shirkatlari. Tulik shirkat ishtirokchilari urtasida to’zilgan shartnoma bu turdagi shirkatning ta’sis xujjati xisoblanadi. Fuqarolik kodeksida ta’sis shartnomasining yoltiz o’zi taraflarning erkini va ular urtasidagi munosabatlarning xususiyatlarini tulik ifoda etadigan xujjat sifatida tan olinadi. Ta’sis shartnomasining mazmuni FK 43-moddasining 4-sismidagi shartlar bilan belgilanadi. Ayni paytda qonun boshqa shartlarni nazarda tutishni man etmaydi.
Tulik shirkatni tavsiflovchi asosiy belgi ishtirokchilar shirkatning majburiyatlari buyicha cheklanmagan solidar javobgar bulishidan iborat. SHirkat ishtirokchilari bir-birlariga ishongan xolda faoliyat yuritadilar.
Tulik shirkat faoliyatini boshqarishda shirkat ishtirokchilarining umumiy roziligi talab kilinadi. Ta’sis shartnomasida kupchilik ovoz bilan karor kabul qilish mumkinligi nazarda tutilgan bulishi mumkin. Bunday xolda shartnomada kaysi muammolar buyicha kupchilik ovozning bulishi zarurligi, shuningdek bu kupchilik oddiy yoki murakkab (malakali) kupchilikdan iborat ekanligi (masalan, ishtirokchilarning umumiy sonidan turtdan bir yoki uchdan bir kismining ovozi) anik kursatilgan bulishi kerak. Umumiy koidaga binoan, xar bir ishtirokchi bitta ovozga ega buladi. Lekin tulik shirkatning ta’sis shartnomasida ovozlar boshqa tartibda, masalan, kushilgan xissaning mikdoriga nisbatan karra sifatida xam belgilanishi mumkin.
Xo’jalik shirkati faoliyati bilan boglik shirkat ishtirokchisining burchi xar xil shaklda amalga oshirilishi mumkin. SHirkat faoliyatini amalga oshirishda ishtirokchining shaxsan o’zi katnashishi zarurligi qonunda nazarda tutilmagan. Tulik shirkat faoliyatini amalga oshirish natijasida kulga kiritilgan daromadlar, shuningdek, kurilgan zararlarni ishtirokchilar urtasida taksimlash ular xar birining kushgan xissasiga nisbatan mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Ishtirokchilarning kelishuvi bilan zararlar boshqa tartibda taksimlanishi xam mumkin. Lekin qonun buyicha ishtirokchilardan birortasini daromad olishdan tulik maxrum qilishga yoki etkazilgan zararni koplashdan mutlak ozod qilishga yul kuyilmaydi.
Tulik shirkat ishtirokchisining shaxsiy majburiyatlari buyicha karzni undirish birinchi galda uning o’ziga tegishli va ixtiyorida bulgan mol-mulkka nisbatan karatiladi. Agar uning bu mol-mulki etarli bulmasa, undiruv shirkatning yigindi kapitalidagi uning xissasiga karatilishi mumkin. Ishtirokchining xissasi tula xajmda karzni undirishga karatilgan takdirda, u shirkat tarkibidan chikib ketadi.
Tulik shirkatning tugatilishi yuridik shaxslarga xos bulgan umumiy koidaga asosan amalga oshirilsada, birmuncha o’ziga xos farkli jixatlari xam bor. Agar shirkat ishtirokchilarining tarkibiy kismida o’zgarish yo’z berib, shirkat faoliyatini davom ettirish xakida o’zaro kelishishga erishilmasa, shirkat tugatilgan, deb xisoblanadi. Agar shirkatda uning bitta ishtirokchisi kolgan bulsa-da, u shirkatni ma’lum muddatda xo’jalik jamiyatiga aylantirmagan xolatda xam shirkat tugatilgan deb xisoblanadi.
Kommandit shirkati ularga tegishli huquq va burchlarining farki bilan ikki xil turkumga bulinadigan ishtirokchilardan tashkil topadi. Ular tulik sheriklardan va ishonchga asoslangan sheriklardan iborat. Bunday shirkat faoliyatini va uning doirasini tulik sheriklar belgilaydi. Ishonchga asoslanganlarning shirkat faoliyatidagi ishtiroki shirkat fondiga xissa kushish bilan cheklanadi. Ular shirkat faoliyati bilan boglik zarar uchun o’zlari kushgan xissa doirasida javobgar buladilar.
Kommandit shirkatning ta’sis shartnomasiga fakat uning tulik sheriklari imzo chekadilar. Ishonchga asoslangan ishtirokchilar ta’sis shartnomasini ishlab chikishda va muxokama qilishda katnashishlari, ularning bu huquqi ta’sis shartnomasida xam nazarda tutilgan bulishi mumkin.
Kommandit shirkatning faoliyatini tulik shirkatlar uchun belgilangan tartibda tulik sheriklar boshqaradi. Ishonchga asoslanganlar shirkatning faoliyatini amalga oshirishda va boshqarishda ishtirok etmaydilar. Ular shirkatning ishonchnomasiga asosan bitimlarni to’zishda va bajarishda ishtirok etishlari mumkin.
Ishonchga asoslangan ishtirokchi xo’jalik yili tugashi bilan shirkatning yigindi kapitalidan o’z xissasini olib yoki bu xissani boshqa shaxsga utkazib shirkatdan chikib ketish huquqiga ega. Xissani utkazishda boshqa uchinchi shaxslarga nisbatan shirkatdagi ishonchga asoslangan ishtirokchilar ustun huquqka ega. Bunday paytda shirkatdagi tulik ishtirokchilar xam uchinchi shaxs sifatida kabul kilinadilar.
Kommandit shirkati nochor (bankrot) deb topilganida, uning mulkidan birinchi galda kreditorlarining talablari kanoatlantiriladi (FKning 56-moddasi), sungra ishonchga asoslangan ishtirokchilarning xissalari ajratib beriladi va binobarin shirkatning yigindi kapitalidan kolgan mol-mulk tulik sheriklar urtasida taksimlanadi.
Eslatma!!!

Download 130,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish