Mavzu: biz buyuk ajdodlarning avlodlarimiz


Tabrik uchun so`z maktab direktori …



Download 22,13 Kb.
bet3/3
Sana12.01.2022
Hajmi22,13 Kb.
#337792
1   2   3
Bog'liq
1 Sеntyabr O‘zbekiston mening Vatanim ssenariy 25 000 so'mlik

Tabrik uchun so`z maktab direktori …..

Ma’naviyat tushunchasini prezidentimiz I.A.Karimov o’zlarining “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch “ asarida quyidagicha ta’riflaydilar:

Ma`naviyat insonni ruhan poklanish ,qalban ulg`ayishga chorlaydigan ,odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat iymon e`tiqodini butun qiladigan,vijdonini uyg`otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.

1. Hammamizga ma’lumki, muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimov chuqur mulohazalar yuritib, xalqimiz ozodligi, hur va farovon yashashi uchun odil qarorlar chiqarmoqdalar.

2.To’g’ri aytasiz, Oqila Shulardan biri prezidentimizning 2010-yil 12-noyabrda qabul qilgan konsepsiya haqidagi qarorlaridir.

1.Keling shu konsepsiya haqida maktabimiz o’quvchilaridan ma’lumot eshitsak!.

2.Neki ezgulik bor jahonda poydor

Joylab ola bildik, barchasin qonga.

Asrlar so’ngida tole kelib yor

Farzand bo’la bildik o’tli zamonga


1.Singdi ruhimizga mangu barhayot

Alisher she’ri-yu Pushkin bayoti

Singdi ruhimizga g’olib hissiyot

Jasur bobolarning tengsiz saboti

2.Xalqimiz uzoq va boy tarixga ega. Bizning yurtimizdan buyuk allomalar , mashhur mutafakkir olimlar yetishib chiqqan. Biz ularni doim xotirlab yashaymiz!.

1.Zero, prezidentimiz ta’biri bilan aytganda: “Biz hamisha ulug’ ajdodlarimiz bilan iftixor qilamiz. Ularning xotirasi hozir ham ona zaminimizni sharafga burkab turibdi.”

2. Mana shunday ulug’ bobolarimizdan biri she’riyat mulkining sultoni , davlat arbobi Hazrat Alisher Navoiy bobomizning yaqindagina tavallud ayyomlarini katta tantanalar bilan kutib oldik .

1.Ming yillarkim nazmiy saroyni,

Titratadi zanjirband bir sher.

Temur tig`i yetmagan joyni

Qalam bilan oldi Alisher!

2.Hazrat Alisher Navoiy haqida buyuk siymolarimizdan Abdurahmon Jomiy, Husayn Boyqaro va Z.M.Boburlarning fikri.

1. Endigi navbat “Barkamol avlod!”raqsiga

2.O’zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan ulug’ zotlardan biri bu- A. Navoiy bobomizdir.

1.Biz uning mo’tabar nomi, ijodiy me’rosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so’z yuritamiz. Hozir navbat raqs to’garagi a’zosi Shokirova Z. ijrosidagi “Tanovar” raqsiga .

2. Hazrat A.Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs , milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi , millatimizning g’ururi , shan-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir.

1. Zero yurtboshimiz aytganlaridek, agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir.Inson qalbining quvonch-u qayg’usini , ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam uchraydi .

1.Ona tiliga muhabbat uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi bizning ongu – shuurimiz, yurtimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib kelgan

2.Biz bu bebaho me’rosdan xalqimizni , ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsak , milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu , insoniy fazilatlarni kamol toptirishda Navoiy bobomizning meroslaridan , g’azal, ash’orlaridan foydalanishimiz mumkin .

1. Hozir davraga Hazrat Navoiy asarlaridagi qahramonlarni taklif qilamiz .

2. “Xotirasi bo’lmagan , tarixini unutgan , o’z ajdodlarining qadriga yetmaydigan millatning istiqboli yo’q” . O’zbekiston respublikasi prezidenti I.A.Karimov.

1. To’g’ri , hurmatli yurtboshimiz bu borada hech ham yanglishmaganlar. Zero, tarixsiz kelajak yo’q!

2. Keling azizlar , chiroyli g’azal, she’r va ko’rinishlardan so’ng bir ajoyib raqs tomosha qilaylik-a!

1.Juda yaxshi bo’lardi Mahliyo.

1. Hazrat A. Navoiy bobomiz haqida o’zbek adabiyotining yirik namoyondalari ajoyib she’rlar yozganlar .

2.Shunday she’rlardan biri M. Yusuf she’rini 9-sinf qizlari ijrosida tinglaymiz .



  1. Biz bir haqiqatni yaxshi anglashimiz kerak . Ya’ni faqat o’tmish , ajdodlar merosiga mahliyo bo’lib qolmaslik kerak .

  2. Haqiqatdan ham bobolarimiz ulug’ . Biz esa ularga munosib farzandlar bo’lib yetishishimiz kerak .

  1. XXI asr texnika asri . Bu asrda biz yoshlarga juda katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

  2. San’at , madaniyat va sport soxalarida ham katta yutuqlarga erishmoqda shunday emasmi?!

1.Maktabimizda san’at sohasida ham yutuqlarga erishgan o’quvchilarimiz bor . Ular xalq cholg’ularidan bo’lgan rubob hamda doira chaluvchi Qahhorov Shahboz va Toirov Nusratlardir. Marhamat, navbatni ularga beramiz . Endi maktabimiz qizlari ijrosida “Vatan” qo’shig’iga tayyorlangan raqsni tomosha qilamiz.

  1. 1. Mahliyo, hozir yurtimizda ko’pgina yomon illatlarni yo’qotish, ularni bartaraf etish borasida ko’p ishlar olib borilayapti .

  2. Boq bir yorug’ olamga

Kimlar zo’rg’a kun ko’rar

Odamlar bor bog’dagi

Bulbuldan ham pul so’rar


  1. Keling,shu sahna ko’rinishidan keyin bir ajoyib raqs tomosha qilsak-a Mahliyo.

  2. Ha, to’g’ri bizning har bir viloyatimizning o’z kuy va qo’shiqlari bir biridan ajralib turadi .

  1. Marhamat “Lazgi” qo’shig’iga tayyorlangan raqsni tomosha qilamiz.

  2. Ko’ringanni duolar

Qilar bizda momolar

G’animga ham omonlik

Tilar bizda momolar

Momolar har joyda bor

Bizda bori qayda bor


  1. Bizning bo’ston qayda bor ,

Shohimardon qayda bor.

So’lim surxon qayda bor,

Samarqand non qayda bor.

O’zbekiston qayda bor.



  1. Endi o`quvchilarimiz ijrosida “Barkamol avlod” raqsini tomosha qilamiz.



  1. Shuning bilan “Taqdirimsan,baxtimsan,erkin va obod Vatan!“ deb nomlangan bayram tadbiri o’z nihoyasiga yetdi .




Download 22,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish